59
burjuazivaning mustahkam hokimiyatga bo'lgan zaruriyati va dehqonlarning
qo'llab-quvvatlashi natijasida Napoleon 1 hokimiyatga kelishi bilan yuz bergan
edi.Shundan so'ng bo'lib o'tgan tiklanish davriga qaramasdan Fransiyaning
mustamlakalardan mahrum bo'lishi va Angliya tomonidan raqobatning kuchayishi
uning taraqqiyotini to'xtatib qo'ydi. Ammo XVIII asr fransuz burjua inqilobining
ahamiyati shu qadar buyuk ediki, u juda qisqa vaqt ichida mamlakatni Yevropa
qit'asidagi ilg'or mamlakatlar qatoriga olib chiqdi va shuning uchun ham
Fransiyada kapitalizmning ziddiyatlari boshqa mamlakatlarga qaraganda kuchliroq
namoyon bo'ldi. 1848 yil iyun voqealarida ushbu vaziyat yaqqol ko'zga tashlanadi.
1848 yil inqilobi mag’lubiyatga uchragandan so'ng fransuz burjuaziyasi o'zining
hukmronligini saqlab qolish uchun davlat mashinasini yangidan kuchaytirishga
harakat qilib, juda ayyor va shu bilan birga katta ta'sirga ega bo'lgan Napoleon III
nomzodini ko'tarib chiqdilar. Napoleon Bonapart davridagi kabi dehqonlar yana
ushbu nomzodni qo'lladilar. Napoleon I ning jiyani Lui Napoleon III nomi bilan
Fransiya taxtiga o'tirdi.Napoleon III burjuaziya hukumronligini ta'minlagan holda,
uning har qanday talab va istaklarini bajarishga harakat qildi. O'z navbatida
burjuaziyaning yuqori doiralari- bankirlar, sudxo’rlar, yirik yer egalari, sanoat
burjuaziyasi
Napoleon
III
ning
asosiy
tayanchlari
edi.Kapitalning
kontsentratsiyalanish jarayoni juda tez borib, XIX asrninig 60- yillarida bankir
Rotshild va zavodchi Shneyder kabi arximillionerlar paydo bo'ldi. Ular
Fransiyaboyliklarining aksariyat qismini o'z qo'llarida jamlab olgan edilar. Krezo
shahrida Shneyderning butun Fransiyadagi eng yirik to'p ishlab chiqaruvchi va
temir quyuvchi zavodlari mavjud edi. Napoleon I I I davrida Shneyder Qonun
chiqaruvchi korpus deb ataluvchi Quyi palataning raisi edi. Xuddi shunday, yirik
bankirlar Fuid va Rotshildlar ham juda katta tasirga ega edilar.Napoleon III va uning
davlat apparati yirik bankirlar, temir yo'l egalari va sanoat qirollariga tobe edi.
Imperator muhim davlat lavozimlariga Fransiyaning boshqarish organlariga
ministrlar, senatorlar, davlat kengashi a'zolari, merlar, kommuna,
kengashlarining raislarini va boshqa davlat arboblarini tayinlar edi. 1852 yil
konstitutsiyasiga muvofiq quyi palata umumiy saylov asosida saylanardi. Quyi
palata -Qonun chiqaruvchi korpusning mavjudligi ikkinchi imperiya davrida
parlament tizimining borligiga asos bo'la olmaydi. U Napoleon III ga bo'ysunuvchi
va hech qanday qonun chiqaruvchi tashabbusga ega bo'lmagan oddiy palata edi.
Barcha deputatlar va deputatlikka nomzodlardan imperiyaga sodiqlik to'g'risida
qasamyod talab qilinar edi. 1848-1849 yillardagi Fransiyadagi inqilobiy
voqealardan vahimaga tushgan burjuaziya Napoleon III davrida politsiya-byurokratik
va harbiy apparatni kengaytirdi. Fransuz armiyasi tarkibidagi askarlar va zobitlarning
soni 400 ming kishiga, ma'muriy apparatdagi amaldorlarning soni esa 500 ming
kishiga yetdi. Napoleon III nafaqat armiya va politsiyaning, balki 40ming kishilik
katolik ruhoniylar va 50 ming kishidan iborat monarxiyachilarning kuchiga ham
tayandi.
Do'stlaringiz bilan baham: