51
Fransiyaga qo'shib olindi. Venosiya, Istriya, Dalmatsiya Avstriyaga,Reynning o'ng
qirg'og'i, Belgiya va Lonik orollari Fransiya ixtiyoriga o'tdi.Fransiyaning asosiy
raqibi bo'lib hamon Angliya qolaverdi. Uning mustamlakachilik qudratiga zarba
berish uchun Direkloriya Hindistonga ekspedisiya yuborish maqsadida Misrni
bosib olishga kirishdi. Misr ekspedisiyasiga Napoleon Bonapart qo'mondonlik
qildi. 1798 yil 20 iyunda Misr qo'shinlari ustidan fransuz armiyasi g'alaba qildi. 1
avgustda Nelson qo'mondonligidagi ingliz floti Abukir ostonasida fransuz
eskadreyasini tor-mor qildi. Bu fransuzlarga qarshi 1-koalisiyaning tuzilishini
tezlashtirdi. Koalisiya tarkibiga Angliya, Rossiya, Turkiya, Neapolitan qirollogi va
Avstriya kirdi. 1799 yil bahorida Yevropada urush yangidan boshlandi.
Germaniyada fransuz armiyasi tor-mor qilindi. Italiyadan fransuz armiyasini
feldmarshal
Suvorov
qo'mondonligidagi
rus
qo'shinlari
siqib
chiqaraboshladi.Harbiy muvaffaqiyatsizliklar va tashqi kuchlarning harbiy yurishi,
shuningdek,
Direktoriya
siyosatidagi
ziddiyatlar
Fransiyaning
mulkdor
qatlamlarini tashvishga soldi. Mamlakatda qonuniy tartibning yo'qligi ma'lum
bo'lib, xalq ommasining aksariyati hokimiyatni mustahkam qo'lga o'tishi
lozimligini tushunib etdi. Napoleon Bonapart atrofidagi yuqori lavozimli
harbiylarning bir qismi harbiy diktatura o'rnatishga harakat qildilar. Ular Misrda
qo'mondonlik qilayotgan Napoleon Bonapart bilan Direkloriyaning hukumat
doiralariga yaqin bo'igan ukasi Lyusen Bonapart orqali aloqada bo'idilar. Napoleon
Misrdagi fransuz qo'shinini general Kleberga topshirib, 500 ta grenaderlari bilan
Fransiyaga qaytdi.18-bryumer (1799 yil 9 noyabr) kuni qonun chiqaruvchi korpus
majlisi shahar yaqinidagi Sen-Klu saroyiga ko'chirildi, majlisga Napoleon ham etib
keldi. Parij safari davomida Napoleon yangi hukumatdagi lavozimlarni egallash
to'g'risida ikkita nomzod: konstitusiyachilarning rahbari -- Emmanuel Jozef Siyes
va moliyachi Roje-Dyuko bilan keiishib oldi. Direktoriyaning 5 ta vakili ham
istefo berish to'g'risida Napoleonga va'da berdilar. Shu kuni Lyusen Bonapart Besh
yuzlar kengashiga raislik qilayotgan edi. Napoleon kengash a'zosi bo'lmasa ham
majlisda paydo bo'ldi va Napoleonning majlisda ishtirok etayotganligidan norozi
bo'lganlarni uning grenadyorlari haydab chiqardi. Besh yuzlar kengashi a'zolari
majlisda qolgan oqsoqollar kengashining bir nechta a'zolari bilan birgalikda
hokimiyatni uch konsulga berish to'g'risidagi dekretni qabul qilishga majbur
ho'ldilar. Napoleon birinchi konsul lavozimini egallab amalda barcha hokimiyat
uning qo'ligato'plandi.
Do'stlaringiz bilan baham: