149
quvg’in qilishi targ’ib qilingan. Bob shaxs va mulkchilik huquqi bilan birga
savdogorlarning manfaatlariga mos keluvchi sudxo’rlik foizini oshirish,
qarzlarini o'z
vaqtida uzish, savdoga oid yozishmalarning sir saqlanishi kabi
shartlarini savdogorlar uchun boshqa bir qator imtiyozlar va yengilliklarni talab
qildi.1847 yilda Bob hibsga olindi. 1848 yil yozida Bobning izdoshlari Bedasht
shahrida majlis chaqirib, bunda mavjud qonun va tartiblarini, soliq
majburiyatlar
va xususiy
mulkchilikni bekor qilinganligi umumiy
mulkchilikni esa joriy qilinganligi, ayollarning erkaklar bilan teng ekanligi
e'lon qilindi. Bobiylarning Bedashtdagi majlisi hukumat tomonidan tarqatib
yuborilgach bobiylar butun mamlakat bo’ylab ularning g’oyalarini targ’ib qilish
bilan mashg’ul bo'ldilar.Bobiylar 1848 yil Mozondaronda o'zlarining dastlabki
qo'zg'olonini ko’tardilar ammo u 1849 yilda bostirildi. 1850 yil Zenzondaham
bobiylar qo'zg'oloni ko’tarildi, mamlakatda bobiylarning ta'siri
tobora oshib
boraverdi, 1850 yil o'rtalarida Eronda bobiylarning soni 100 ming kishiga
yetgan. Shunday bir vaziyatda Nasriddin shoh (1848-1896) birinchi vaziri
bo'lgan Mirzo Tagxonning maslahati bilan 1850 yil Bobni Tabrizda qatl
ettirdi.Bobning o’limidan keyin ham Bobiylar harakatidavom etdi. 1850 yil
iyunida Fors viloyatining Neris shahrida Bobiylarning uchinchi qo'zg'oloni
ko’tarildi, biroq qo'zg'olon bir necha kundan keyin bostirildi. Zenzon
qo'zg'olonchilari 1850 yilning oxirlarigacha qarshilik ko’rsatdilar va faqat
dekabr oyida shoh qo’shinlari shavqatsiz ravishda qo'zg'olonni bostirishga
muvaffaq bo'ldilar.Zenzon va Neris qo'zg'olonlari bostirilgandan so’ng bobiylar
harakati asta-sekin so’na boshladi. Dehqonlar
va hunarmandlar harakatdan
chiqdilar, bobiylarning ko’pi ruhoniylar va savdogorlardan iborat
targ’ibotchilari teror yo’liga o’tdilar. 1852 yil avgustida Nasriddinshohga
qilingan muvaffaqiyatsiz suyuqasddan so’ng butun mamlakat bo’ylab
Bobiylar ommaviy tarzda taqib va qirgin qilindi.Shunday qilib Eronda feodal
zulm va chet el kapitallarining asoratga qarshi ko’tarilgan hunarmandlar,
dehqonlar, savdogorlar, ruhoniylar kabi ijtimoiy qatlam
vakillari ishtirokida
xalq qo'zg'oloni mag’lubiyatga uchradi.Hukmron doiraning bozor va
dehqonchilik bilan bog’liq bir qismi mamlakatdagi mavjud inqirozli ahvoldan
islohotlar yo’li bilan chiqmoqchi bo'ldi. Ularning manfaatlarinishohning
birinchi vaziri Mirzo Tagixon ifoda etdi. Mirzo Tagixon bir vaqtda shox
qo’shinlarining qo’mondoni bo'lganligi sababli u Amur Nizom unvoniga ega edi.
Amir Nizom mamlakatda markaziy hokimiyatni mustahkamlash,
harbiy-
moliyaviy tizimini qayta tashkil qilish maqsadida islohotlar boshladilar. U
viloyatlar noiblarining o'zboshimchaligi,poraxo’rligiga qarshi kurashdi, oliy
ruhoniylarning davlat ishlariga aralashuvini chetlashgaharakat qildi. Amir
Nizom amaldorlarning sonini va ularning maoshlarini qisqartirdi, ko’pgina
shahzodalarni
nafaqalaridan
mahrum
qildi.
Uning
Eron
milliy
mustaqilligini mustahkamlash, chet davlatlar, ayniqsa Angliyaning mamlakat
ichki ishlariga aralashuvini cheklash
siyosati feodal aslzodalar, oliy ruhoniylar
va inglizlarning qarshi harakatiga sabab bo'ldi. Qarshi kuchlar o'z tarafiga
Nasriddinshohni ham jalb etdi. Nihoyat, 1851 yil Amir Nizom lavozimidan
olinib
qatl
etildi.
Uning
islohotlari
bekor
qilindi.Amir
Nizom
muvaffaqiyatsizligi va bobiylar qo'zg'olonining mag’lubiyatiga Eronda qoloq
feodal tartiblarning hukmronligini saqlab qoldi. Bu esa Eronning zaiflashuviga
va mamlakatni kelgusida chet davlatlar tomonidan
asoratga solinishiga olib