301
YOSHLARNI G’OYAVIY XURUJLARDAN HIMOYA QILISHDA AJDODLAR
MA’NAVIY MEROSINING O’RNI
Shukurov Nusratillo Narzullaevich
NavDPI katta o‘qituvchisi
Betakror o’zbek zamini o‘ziga xos go‘zal tabiati, iqlim sharoiti, madaniy – ma’naviy
hayoti, hunarmandchiligi, dehqonchiligi, chorvachiligi hamda sanoati bilan qadimda ham,
hozirda ham mashhur bo‘lgan hudud hisoblanadi. Bu go‘shani manbalarga tayanib, jamiyat
taraqqiyotiga ulkan hissa qo‘sha olgan zamin desa bo‘ladi. Birgina Quyi Zarafshon
vohasining qadimiy maskanlaridan bo‘lgan Navoiy viloyati qishloq va shaharlaridan topilgan
osori atiqalar ushbu zaminda o‘z aqlu zakovati, ilmu ma’rifati va o‘lmas ma’naviyati
bilan
nom qoldirgan buyuk zotlar yashaganligidan dalolat beradi. Ajdodlardan qolgan ilmiy va
ma’naviy merosni, tarixiy va madaniy yodgorliklarni o‘rganib, uni kelajak avlodga qoldirish
esa bugungi kun farzandlarining muqaddas burchidir. Chunki, tarix hech qachon o‘lmaydi,
yo‘qolib ketmaydi. Dunyo ahliga ma’lumki, mamlakatimiz, jumladan o‘zbek xalqi juda
qadim tarixga ega. O‘zining madaniyati, san’ati, adabiyoti, ma’naviyati, aql – zakovati,
hunarmandchiligi, ta’lim va tarbiya borasidagi tajrabasi bilan ko‘hna Sharq, qolaversa, butun
jahon taraqqiyotiga salmoqli hissa qo‘sha olgan qadimiy yurtimiz
istiqlol tufayli qayta
dunyoga keldi. Shukrlar bo‘lsinkim, tilimiz, dinimiz, madaniyatimiz, tariximiz, an’analarimiz
o‘z qadr – qiymatini topdi. Qizil imperiya davrida milliy qadriyatlarimiz haqida og‘iz
ochishga hayiqardik. Endi yurtimiz ozod, tilimiz uzun, ko‘ksimiz tog‘dek. Shu bois ma’rifat,
ma’naviyat, milliy mafkuramiz rivojiga ham yo‘l ochiq. Bu jarayonlarda avvalo yoshlar
tarbiyasiga alohida e’tibor qaratish bugungi kunning dolzarb vazifasiga aylangan, desak
mubolag’a bo’lmaydi.
Barchamizga ma’lumki, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev davlat
rahbari sifatidagi dastlabki faoliyatini aynan yoshlar masalasiga kengroq e’tibor qaratish,
ularga barcha imkoniyatlarni yaratish uchun muhim chora – tadbirlarni amalga oshirish bilan
boshladi. 2019 yil iyul oyida BMTning Assambleyasining 72 – sessiyasida so’zlagan nutqida
“Sayyoramizning ertangi kuni, farovonligi farzandlarimiz qanday inson bo’lib
kamolga
yetishi bilan bog’liq. Bizning asosiy vazifamiz – yoshlarning o’z salohiyatini namoyon qilishi
uchun zarur sharoitlar yaratishdan iborat”,
269
- deb, alohida ta’kidlab o’tgan edi.
Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev tarixni millat ravnaqining tayanch manbasi deb atadi.
Zero o‘tmishni, tarixni izchil o‘rganish, uning o‘ziga xos jihatlarini aniqlash tarix
qonuniyatilarini o‘rganish asosidagina yuzaga chiqadi. O‘tmish tariximiz esa bevosita
madaniy an’analar va milliy, diniy qadriyatlarimiz bilan chambarchas bog‘liq holda taraqqiy
etib kelgan. Tarixiy manbalar va adabiyotlarning guvohlik berishicha, Quyi Zarafshon
vohasida, xususan Navoiy viloyatida ko‘plab avliyolik darajasiga etgan olimu donishmandlar,
shayxlar, tasavvuf namoyandalari, islom olamida ma’lum va mashhur bo‘lgan piru
komillarning manzillari borki, xalqimiz asrlar osha bu joylarni muqaddas bilib, ulardan o‘z
maqsadlarida foydalanib kelmoqda. Ularning boy ta’limoti uzoq
asrlar davomida xalqimiz
ma’naviyatini boyitishga xizmat qilib kelgan. Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov
aytganidek, “o‘tmishdagi allomalarning merosi qanchadan – qancha avlodlarning ma’naviy –
ruhiy ongini va turmush tarzini shaklllantirgan edi va hamon ta’sir ko‘rsatmoqda”.
270
Insonning ruhiy – axloqiy poklanishi, ilohiy muhabbat bilan yuksalib borishi ul zotlar
269
Sh. Mirziyoyev. “O’zbekiston – yoshlar mamlakati”. “Taraqqiyot strategiyasi markazi”. https://strategy.uz
270
Каримов И.А. Ўзбекистон:миллий истиқлол, иқтисодий, сиёсий мафкура. Т., “Ўзбекистон”. 1993. 40 – 41
бетлар.
302
ta’limotining asosiy g‘oyalari hisoblangan. Ayniqsa, tasavvuf chuqur insonparvarlik g‘oyalari
bilan omuxta bo‘lib, haqiqat talabida yurgan odamlar qalbiga yo‘l topa oldi, odamlarning
poklik, abadiy hayot, ko‘ngil hurriyati, ya’ni ma’naviy kamolot haqidagi orzularini ifodalab
berdi. Demak, yuqorida tilga olingan fazilatlarning barchasini “ma’naviyat” so‘zi orqali ifoda
etsak, tasavvuf mazmun va mohiyatiga ko‘ra cheksiz ummonga mengzagulikdir. Ana shu
“ma’naviyat” tushunchasini bugungi yoshlarimiz ongiga yetkaza olsak,
ularni har qanday
g’oyaviy xurujlardan himoya qila olishimiz oson kechadi.
Ma’naviyat qotib qolgan aqidalar yig‘indisi emas, aksincha doimiy harakatdagi
uzluksiz jarayon bo‘lib, taraqqiyot davom etar ekan, uning shiddatli yurishi tufayli ma’naviy
hayot oldiga qo‘yiladigan talablar ham muttasil paydo bo‘laveradi. Bunda birinchi
Prezidentimizning “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” nomli asarida keltirgan quyidagi
fikri alohida ahamiyat kasb etadi: “Har qaysi xalq yoki har qaysi millatning ma’naviyatini
uning tarixi, o‘ziga xos urf – odat va an’analari, hayotiy qadriyatlaridan ayri holda tasavvur
etib bo‘lmaydi. Bu borada tabiiyki, ma’naviy meros, madaniy boyliklar, ko‘hna tarixiy
yodgorliklar eng muhim omillardan biri bo‘lib xizmat qiladi”.
271
Shuni narsani alohida
ta’kidlab o‘tish lozimki, ma’naviyat faqatgina o‘tmishda buyuk zotlar ta’limotidan yig‘ilgan
ma’naviy boyliklardan faxrlanish va foydalanish bilan cheklanishni
mutlaqo xushlamaydi,
balki uning davomiy taraqqiyotini, insonlar hayoti uchun bebaho boylik kabi hayotiy
zaruratga aylantiradi. Shu bois ulug‘ avliyolar, piru murshidlar, karomatli zotlarning faoliyati,
ularning ilmiy merosini o‘rganish, tahlil qilishdek savobli ishni bajarish ilm ahlining asosiy
vazifasi hisoblanadi. Chunki ularning ta’limoti insonlar qalbiga doimo ezgu fazilatlar urug‘ini
sepgan. Ilm ahli, ayniqsa, yetishib kelayotgan salohiyatli, bilimli yoshlar esa bugungi kunda
ajdodlar ma’naviy merosini ilmiy talqin etishda, uning mazmun – mohiyatini ochib, xalqqa
targ‘ib etishda eng asosiy vositachi hisoblanadi. Xalq ma’naviyatining yuksalishi esa
xalqning o‘z o‘tmishini anglash tuyg‘usini, iymon – e’tiqodini mustahkamlaydi. Bu o‘z
o‘rnida o‘tmish ma’naviyatini xolisona o‘rganib, uni kelajak
avlodlarga etkazib berish
imkoniyatini beradi.
Xulosa o‘rnida quyidagi fikrni keltirishni joiz deb bildik: Payg‘ambarimiz Muhammad
alayhis – salom muborak hadislarida aytadilarkim, “o‘z nasablaringizni o‘rganinglar”, shu
hadisga muvofiq har bir kishi o‘zining ota – bobolari tarixi, o‘z vatani tarixini bilsa, o‘zini
tanisa haqiqiy, mukammal inson bo‘lib yetishadi. Payg‘ambarimiz Muhammad alayhis –
salom yana aytadilarkim, “o‘zini tanigan o‘z parvardigorini taniydi”.
272
271
Каримов И.А. “Юксак маънавият – енгилмас куч”. Тошкент. “Маънавият”. 2008. 19 – бет.
272
Абдулкарим ас – Самъоний. “Ал - Ансоб”. “Насабнома”. Бухоро. 1999 йил. 3 – бет.