O`ZBEKISTON IJTIMOIY TARAQQIYOTIDA BARKAMOL AVLODNI
TARBIYALASHDA ISLOM AXLOQI VA QADRIYATLARINING
AHAMIYATI.
Davronova Gulnoza
Navoiy davlat pedogika instituti
Milliy g`oya, ma`naviyat asoslari va huquq ta`limi yo`nalishi talabasi
Ilmiy rahbar: Ashirov Valijon
Nav.DPI o`qituvchisi
Boy tariximiz qa’ridan bizlarga haligacha yo’lchi yulduz, mayoq vazifasini o’tayotgan
ajdodlarimiz merosiga yana takror va takror murojaat etish, ularni ijodida kuylangan yuksak
insoniy fazilatlarni egallashga o’rganishimiz kerak. Bu jarayonda esa xalqimizning
umuminsoniy axloqiy qadriyatlarga to’la mos keladigan islom axloqiy qadriyatlarimiz
asosida tarbiyalash jarayonini yanada yaxshilanishiga olib keladi. Bashariyat taraqqiyotini
din, diniy e’tiqodsiz tasavvur qilib bo’lmaydi. Din tushunchasi o’zbek tiliga arab tilidan kirib
kelgan bo’lib, ishonch, inonmoq ma’nosini bildiradi. Bizning fikrimizcha, din real
voqelikdagi, ijtimoiy hayotdagi narsa va hodisalarni tabiatdan, jamiyatdan tashqarida mavjud
deb hisoblaydigan, ularni o’ziga xos tarzda aks ettiradigan ma’naviy e’tiqod va amalning bir
turidir. Din-borliqni yaratuvchi va boshqaruvchi, adolatning yuksak namunasi, moddiy
olamga xos bo’lmagan va ayni vaqtda barkamollikning oliy ko’rinishi sifatida ko’riluvchi
oliy mavjudotga, ya’ni Xudoga nisbatan munosabat, tasavuf, urf odat va marosimlar. Istiqlol
xalqimizga so’z va fikr erkinligi bilan bir qatorda ilgari ishlatilib kelgan ko’pgina islom
axloqiy tushunchalarni hayotimizga qaytardi. Endilikda “axloqiy qadriyatlar”, “mustaqillik”,
“islom axloqiy iftixor”, “islom axloqiy g’urur” kabi ko’plab tushunchalar o’zining asl
mazmuniga ega bo’lib bormoqda.
188
Shuni alohida ta’kidlab o’tish kerakki, “qadriyat”,
“axloqiy qadriyatlar” tushunchalari juda sermazmun va ko’p qirrali tushunchalardir. Shuning
uchun ham adabiyotlarda mazkur tushunchalarga turlicha yondashularni uchratishimiz
mumkin. Masalan, “Falsafiy ensiklopediya”da axloqiy qadriyatlar quyidagicha tavsiflangan:
187
Каримов И.А. Юксак маънавият – енгилмас куч. - Т.: Маънавият, 2008. – Б. 4.
188
To’lanov J. Qadriyatlar falsafasi. -T.: O’zbekiston, 1998. –9-b
215
“Qadriyat falsafiy va sotsiologik tushuncha. U, birinchidan, biror ob’ektning ijobiy va salbiy
qimmatini, ikkinchidan, ijtimoiy ongning normativ belgilovchi-baholovchi jihati (sub’ektiv
axloqiy qadriyatlar va ong axloqiy qadriyatlari) ni ifoda etadi. Shunga ko’ra ob’ektiv
(ashyoviy) va sub’ektiv (ong) axloqiy qadriyatlari bir-biridan farqlanadi
189
.
Jamiyatimizda ro’y berayotgan tub o’zgarishlarning, islohotlarning barchasi kishilar
hayoti farovon, boy, go’zal bo’lishi, inson o’zini chinakam erkin his qilishi, o’z mehnati
natijasining, o’z taqdirining, o’z mamlakatining egasi bo’lishini ta’minlashga qaratilgandir
190
.
Ma’lumki, moddiy axloqiy qadriyatlarning asosini jamiyatimizning moddiy-texnika
bazasi tashkil etadi. Insoniyat jamiyatining har biri o’ziga xos moddiy-texnika bazasiga
egadir. Ular bir-birlaridan sifat jihatidangina farq qiladi. O’zlarining maqsadlari, funksiya va
vazifalari bilan ular bir xildadirlar.
Moddiy axloqiy qadriyatlarning negizini mulk tashkil etadi. Davlat iste’molchilarning
huquqi ustunligini hisobga olib, iqtisodiy faoliyat, tadbirkorlik va mehnat qilish erkinligini,
barcha mulk shakllarining teng huquqligini va huquqiy jihatdan bab-baravar muhofaza
etilishini kafolatlaydi.
Insonning hayotida madaniy-ma’naviy axloqiy qadriyatlar katta o’rin egallaydi. Unga
ilmiy-texnikaviy va intellektual imkoniyatlar, maorif, ta’lim-tarbiya, tibbiy xizmat, islom
axloqiy meros, turli shakllarda namoyon bo’ladigan madaniyat durdonalari, til, adabiyot,
san’at, xalq hunarmandchiligi mahsulotlari, noyob tarixiy va madaniy yodgorliklar,
arxitektura va hokazolar kiradi.
Markaziy Osiyo azal-azaldan ilm-fan va madaniyatning, adabiyot va san’atning
markazlaridan biri bo’lib kelgan. Bu o’lkada yetishib chiqqan buyuk mutafakkirlar jahon ilm-
fani va madaniyatini o’z kashfiyotlari va o’lmas asarlari bilan ijodiy boyitib, yuqori
cho’qqiga ko’tardilar. Butun madaniy olamga taniqli olimlar, mutafakkirlar, Samarqand,
Buxoro, Shahrisabz, Xiva singari muhtasham shaharlar yaratuvchilari bo’lmish ulug’
ajdodlarimizning ijodiyoti o’zining ulug’vorligi va go’zalligi bilan hozirgacha hammani lol
qoldirmoqda. Islom axloqiy qadriyatlari kishilarning bir-birlariga, o’zlari mansub jamoaga,
Vatanga nisbatan tarixan tarkib topgan munosabatlarini ifodalaydi. Axloq muayyan xulq-
atvor, odob, hatti-harakat, norma, qoida va tamoyillar majmuasidir. Islom axloqiy
tushunchalarga yaxshilik va yomonlik, burch, vijdon, sha’n (or-nomus), baxt, adolat, ideal
kabilar kiradi.
Jamiyat taraqqiyotida, inson hayotida ijtimoiy-siyosiy axloqiy qadriyatlar alohida o’rin
tutadi. Ijtimoiy-siyosiy axloqiy qadriyatlar ichida eng zaruriylari - erkinlik, tenglik, birodarlik
insoniyat tomonidan hamisha e’zozlab, qadrlanib kelganlar.
Insonning erkinligi, uning shon-shuhrati va qadr-qimmati jamiyatimizning oliy
qadriyatidir. O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida bu to’g’rida shunday so’zlar
yozilgan; «O’zbekiston Respublikasi demokratiya, umuminsoniy prinsiplarga asoslanadi,
ularga ko’ra inson, uning hayoti, erkinligi, sha’ni, qadr-qimmati va boshqa daxlsiz huquqlari
oliy qadriyat hisoblanadi.
Qur’on yirik tarixiy va madaniy yodgorlik sifatida axloq, insof, vijdon, halollik kabi
sohalaridagi umumbashariy ahamiyatga molik yo’l-yo’riqlar, qoidalari hozirda ham g’oyat
zarur ekanligini alohida ta’kidlash lozim.
191
Biz axloqiy qadriyatlar, islom axloqiy
qadriyatlarga sodiq qolish, ularning jamiyatda o’rnini belgilashga kirishar ekanmiz, islom
axloqiy qadriyatlarning turli davrlarda, turli tarixiy sharoitlarda turldicha shaklda, o’ziga xos
189
Философская инциклопедия. -M.: 1970, т.5. – с.462
190
To’lanov J. Qadriyatlar falsafasi. -T.: O’zbekiston, 1998. –13-b
191
Qur’oni Кarim ma’nolarining tarjimasi. Tarjima va izohlar muallifi Abdulaziz Mansur. T.: Toshkent islom universiteti.
2001. 3-bet.
216
ravishda namoyon bo’lganligining guvohi bo’lamiz. O’tmishda islom axloqiy qadriyatlar va
umuminsoniy axloqiy qadriyatlar aloqadorligi ziddiyatli, qarama-qarshiliklarga, insoniylikka
zid to’siqlarga uchrab taraqqiy etgan bo’lishiga qaramay, ular, umuman olganda, taraqqiy
etib, rivojlanib borganlar. Davr o’tishi, vaqt va zamon o’zgarishi, jamiyat taraqqiyoti bilan
odamlarning hatti-harakati, tiurmush tarzi, boshqalar bilan munosabati, mehr-oqibati, o’zaro
yordami, ezgulikka intilish, jahon mamlakalari va xalqlari axloqiy qadriyatlari bilan
integratsiyalashish natijalari shakllana bordi.
Axloqiy qadriyatlar, islom axloqiy qadriyatlarning rivojlanish jarayonlari va
qonuniyatlarini puxta o’rganmasdan va o’zlashtirmasdan hozirgi vaqtda jahon
sivilizatsiyasiga, madaniyatiga «silliq» qo’shilib ketish, fuqarolik, insonparvar jamiyatini
qurish mushkul. Chunki islom axloqiy qadriyatlar o’zida insonparvarlik, vatanparvarlik,
tolerantlik kabi bir qancha umuminsoniy axloqiy qadriyatlarni ham mujassamlashtirgan
bo’lib, ko’p asrlar davomida kishilararo munosabatda shakllangan odamiylik hislatlari,
yuksak fazilatlari, islom axloqiy va umuminsoniy islom axloqiy normalarni o’z ichiga olgan.
Modomiki, shunday ekan, diyorimizda yashab ijod etgan qomusiy olimlar, din peshvolari va
mutasavvuf allomalarning islom axloqiy qadriyatlarga bergan e’tibori, pand-nasihatlari,
ibratomuz va hikmatli so’zlarni o’rganishga e’tiborni yanada kuchaytirish kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |