Jamiyat, davlat va huquq tushunchalarining nazariy asoslari.
Jamiyat tushunchasi.
Insoniyat tarixida murakkab xodisa sifatida jamiyat, davlat, huquq
to’g’risida turli fikrlar mavjud bo’lib kelgan. Inson yaralibdiki, har doim jamiyat bilan alohida
bo’lib, u jamiyatdan tashqarida yashay olmaydi.
Jamiyat insonsiz mavjud bo’lmasligi kabi inson ham jamiyatsiz mavjud emas. Jamiyatning
yuksalishida, rivojlanishida, ulkan yutug’larga ega bo’lishida eng birinchi o’rinni inson egallaydi.
Inson vujudga kelishi bilan u yashashga intiladi, oldidagi to’sqinliklarni, qiyinchiliklarni yengishga
harakat qiladi, izlanadi, tirishib-tirmashib hayot uchun kurashadi. Bu kurash, yashash jarayonida
davlat, jamiyat insonga yordam beradi.
Inson o’z fikr, hayot tajribasi orqali jamiyatda o’zining yashash tarzini, huquqiy holatini
o’rganishi zarurligini bilib boradi. Davlat idoralarida ishlovchi insonlar maxsus tartib doirasida
qonun - qoidalar qabul qilinishini amalga oshiradilar. Bu qonun - qoidalarni ham inson taklif etadi,
davlat organlari tasdiqlaydi. Inson juda katta kuchga, salohiyatga ega.
Jamiyat esa odamlarning o’zaro bog’liqligi, hamkorligi asosida tashkil topadi, shakllanadi,
rivojlanadi. Jamiyat bugun birlashib ertaga tarqalib ketadigan uyushma emas. Bu mustahkam, bir-
biriga bog’langan, doim yashash imkoniyatiga ega jamoa uyushmasidir. Jamoa esa insonlardan
tashkil topadi. Demak inson – jamiyat asoschisi. Jamiyatni insonsiz tasavvur qilib bo’lmaydi.
Inson vujudga kelishi davridan boshlab jamiyatda o’z xulqi, yurish-turish tartibini shakillantirib
borgan. Odamlarning birinchi munosabatlari tartib, ahloq qoidalari asosida namoyon bo’lgan.
Jamiyatda insonlar ma’lum bir qiziqish, ehtiyoj, manfaatlarga ko’ra birlashadilar va o’zaro
munosabatda bo’ladilar. Jamiyatda biologik qonunlar emas, balki ijtimoiy qonunlar amal qiladi va
bu qonunlar insonlar bilan bog’liq bo’ladi.
Inson - birlashgan jamiyat murakkab, tobora rivojlanib, takomillashib boradigan oilaviy, milliy,
sinfiy, tabaqaviy, diniy, ahloqiy munosabatlarni keltirib chiqaradigan ijtimoiy taraqqiyot mahsulidir.
Jamiyat ilmiy adabiyotlarda ko’p jihatdan ijtimoiy munosabatlar tizimi nuqtai nazaridan
o’rganiladi, uning negizini iqtisodiy munosabatlar tashkil etish va uning asosida turli ustqurmalar,
maslan, siyosat, davlat, huquq, sa’nat, adabiyot va boshqalar qurilishi e’tirof etiladi.
Jamiyat vujudga kelganidan boshlab bugungi kunga qadar rivojlanib kelmoqda. Jamiyatda turli
ijtimoiy yoki siyosiy vazifani bajaruvchi tashkilotlar, uyushmalar, birlashmalar paydo bo’ladi.
Jamiyatning birinchi tabiiy bo’g’ini sifatida
oila
paydo bo’lgan. Oila jamoasi qarindoshlik
munosabatlariga asoslangan. Oila jamoasi tashqi hujumdan himoyalanib, harbiy yurishlar tashkil
qilish, jamoa bo’lib ov qilish uchun qarindoshlik asosida yirik uyushmalarga birlashishi mumkin
bo’lgan. Sekin-asta mehnat, oziq-ovqat, oila-nikoh munosabatlari vujudga kelgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |