O’simliklar yig’ish jarayonida xavfsizlik texnikasi qoidalariga to’liq amal qilish zarur. O’simlikni yaxshi bilmaslik natijasida ba’zi zaharli o’simliklarga qo’l urilganda teri kuyadi yoki bargi iste’mol qilinganda zaharlanish hodisasi kuzatiladi. O’simliklarning gul changi ta’sirida ba’zan allergiya ro’y beradi. Qo’riqxonalar, botanika bog’lari va shunga o’xshash joylarda ma’muriyat ruxsatisiz gerbariy uchun o’simliklar yig’ish mumkin emas. Gerbariy uchun singan, yulib ketilgan, chaynalgan, kasallangan va nimjon o’simlik olinmaydi. Bundan tashqari gerbariy yiog`ish jarayonida soni kamayib ketgan o`simliklar, noyob o`simliklarni asrashga e`tibor qaratish lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |