O’simlikni kovlab olish uchun har xil asboblardan foydalaniladi. Ular ekskursiyada olib yurish uchun qulay bo’lishi kerak. Umumiy kovlagich sifatida eni 25-34 mm li iskana, diametri 25-30 mm va uzunligi 30-40 sm keladigan trubadan tayyorlangan kovlagichdan foydalanish mumkin. Kovlagich bilan birga yig’ma pichoq hamda maxsus tok qaychii bo’lishi lozim. Ular yordamida tikanli o’simliklar (maymunjon, na’matak va boshqalar) hamda daraxtlarning shoxlari qirqiladi. Uch tomonida ilmog’i bo’lgan tayoqdan esa suv tubidagi va yurib bo’lmaydigan botqoqliklardagi o’simliklarni yig’ishda foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |