Vosheriya tallomining umumiy va mikroskopda ko`rinishi
Laboratoriya sharoitida yorug`lik va qorongulikda, oziq moddalarni distillangan suv bilan tez tez almashtirib turish bilan vosheriyada zoospore hosil bo`lishini tezlashjtirish va kuzatish mumkin. Zoospora yirik, oval shaklida bo`lib, ko`p xivchinli. Har bir juft xivchin ostidagi sitoplazmada bitta yadro bor. Uning pastidan donador xromatoforlar joylashgan. U suvda bir oz vaqt suzgandan so`ng, xivchinlarini tashlaydi va unib ipsimon tallom hosil qiladi. Vosheriyaning ba`zan vakillari zoospora o`rniga yirik harakatlanmaydigan aplonosporalar ham hosil qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |