Sariq yashil suvo`tlari
Ksantosifonlar sinfi vakili bo`lgan botridium va vosheriyani misol keltirish mumkin.
Ksantosifonsimonlar sinfiga mansub yana bir vakil botridiurn (Botrydium) bo`lib, u zax joylarda, ayniqsa, ariq bo`ylarida 2 mm atrofidagi sharchalarni hosil qiladi. Ostki qismida kuchli shoxlangan rizoidlar bo`lib, tallomi ko`p yadroli va disksimon ko`p xromatoforlari bor. Havo quruq bo`lganda botridiumning sitopiazmasi rizoidlariga o`tib ketadi. Nam sharoitda esa, ayniqsa yorngirdan so`ng sitoplazmasi shishib, butun borlig`i zoosporaga aylanadi Va tepa qismidan teshikcha ochilib, undan zoosporalar favvorachaga o`xshab otilib chiqadi. Zoosporalar substratga yopishib, yana botridiumning tallomini vujudga keltiradi. Ayrim ma` lumotlarga ko` ra, botridium izogamiya yoki geterogamiya usuli bilan ko`payishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |