4
Kirish
Geografiya - insoniyat yashovchi sayyora ya’ni Yer haqidagi to’liq tasavvur
hosil qilish uchun ma’lumot berishga qaratilgan yagona o’quv fanidir. Geografiya
ta’limi Yer kurrasida ro’y beruvchi tabiiy va ijtimoiy – iqtisodiy jarayonlar hamda
hodisalarni o’rgatadi. Shunga ko’ra geografiya umumiy o’rta ta’limda ikki yirik
tarmoqqa tabiiy geografiya va ijtimoiy – iqtisodiy geografiyaga bo’lib o’rganiladi.
Dunyo davlatlari va turli regionlardagi jamiyat va tabiatni o’zaro bog’liqligi,
geografik jarayon va hodisalar haqidagi bilim va tushunchalar bilan qurollantiradi.
bu esa Yer kurrasining tabiiy manzarasi, tabiatdan oqilona foydalanish, atrof muhit
holatini yaxshilash vositalari va usullari haqida mantiqiy fikrlashga o’rgatadi.
Demak, geografiya ta’limi yer sharining tabiiy manzarasi aniq regionlarda ishlab
chiqarish samaradorligini oshirish, aholi turmish darajasini ko’tarish, atrof – muhit
holatini yaxshilash vositalari va usullari haqida mantiqiy fikrlashga o’rgatiladi.
Binobarin geografiya ta’limi o’quvchilarda umuminsoniy madaniyatning tarkibiy
qismi bo’lgan geografik madaniyatni tarbiyalaydi. Geografiya ta’limida dunyoni
yaxlit idrok etishni geografik qamrovda mushohada etishni o’quvchilar
o’rganadilarki, bu geografik madaniyatning mazmunini tashkil etadi.
Anashu vazifalarni amalga oshirishda geografiyaning turli kurslarda
o’qitiladigan murakkab mavzularni o’rganish, to’la o’zlashtirish uchun geografiya
o’qituvchisi avvalo shu mavzuning mazmunini bilishi, uni pedagogik
texnologiyalarni qo’llab o’quvchiga idrok ettirishi lozim. Har bir shaxs tabiat va
jamiyat bilan munosabatlarning eng oqil me’yorlariga amal qilishni, buning muhim
sharti va ularga kompleks yondoshish zarurligini anglamog’i zarurdir.
O’zbekiston Respublikasining mustaqillikka erishuvi, bozor iqtisodiyotiga
asta-sekin bosqichma-bosqich o’tishimiz, ko’p ukladli mulk shakllarining paydo
bo’lishi jamiyatimizda ro’y berayotgan ijtimoiy-siyosiy o’zgarishlar va fan
texnikaning jadallik bilan rivojlanishi ta’lim mazmuniga, maktab hayotiga,
qolaversa, dars mohiyatiga va mazmunining takomillashuviga, obyektiv omil
vazifasini bajaradi. Respublikamizda ta’lim sohaida chuqur islohatlarning
5
o’tkazilayotganligi, xorij ta’lim tizimidagi ijobiy o’zgarishlar jahon ta’lim
tizimidagi ijobiy o’zgarishlar jahon ta’lim standartlariga yaqinlashishga intilish,
darslik va o’quv dasturlari yangi dasturlarni yaratish darsni ixcham va qiziqarliroq
shaklda tashkil etishimiz uchun zamin bo’ldi. Geografiya ta’limida geografik
qobiqda ro’y beradigan tabiiy hodisa va talofatli jarayonlarni o’rganishda
ta’limning interfaol usullarini maktab amaliyotida qo’llash, o’quvchi har bir tabiiy
jarayon va hodisalarni shunchaki o’rganib qolmasdan, balki multimedia darslaridan
foydalanib uning kelib chiqish sabab va oqibatlarini aniqlashtirishimiz zarurdir.
Mavzuning
dolzarbligi.
O`zbеkiston
Rеspublikasida
amalga
oshirilayotgan “Ta'lim to`g`risida” gi qonun va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”
da ko`rsatilgan sohalarni amalga oshirib borib, jamiyatimizning kеlajagi uchun har
tomonlama yеtuk mutaxassis kadrlar tayyorlashning mohiyati, zamonaviy fan va
tеxnikaning rivojlanish talablariga mos barkamol avlodni tarbiyalash masalalari
izchillik bilan tahlil etilgan. Dasturda ko`rsatilgan dolzarb vazifalar va ularni
amalga oshirish chora-tadbirlari jamiyat taraqqiyotini har tomonlama yеtuk
kadrlarsiz, ayniqsa o`qituvchilarsiz tasavvur etish qiyin.Malakaviy pеdagogik
mutaxassislar tayyorlash esa ko`p jihatdan ularning mеtodik tayyorgarligiga
bog`liqdir. Ayniqsa hozirgi axborot tеxnologiyalariga tayangan holda gеografik
hodisa, voqеalarni hamda iqtisodiy gеografik tushuntirishlarni o`quvchilar,
talabalar ongiga yеtkazish va shakllantirish har bir mutaxassis o`quvchilardan
yuqori ma'suliyat talab qiladi.Bu vazifalarni bajarishda gеografik ta'lim alohida
ahamiyat kasb etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: