“Hudud ul-olam” (983 y.).
Istaxriy kartalarida O`rta Osiyo toponimiyasiga oid qimmatli manbalar
berilgan. Eng zaruri o`sha davrda Amudaryo bir qancha o`zan orqali Orol
dengiziga quyilganligi aniq ko`rsatilgan. Shuni aytib o`tish kerakki, o`rta asr
arab kartografik maktabi vakillari tomonidan tuzilgan kartalar geografik
koordinatalarsiz bo`lib, geografik ob’ektlar geometrik shakllarda (ko`proq
aylanalarda) berilgan. Demak, bu hududda yashab ijod qilgan geograflar va
kartograflarning kartalari ilk kartografiya makazi bo`lgan Misr va Rimda
tuzilgan kartalardan farq qilgan, bu esa O`rta Osiyolik geograflarning alohida
maktabi yaratilganligini ko`rsatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |