Topografik kartalarda rel’yefni tasvirlanishi.
Rel’yef tabiiy-geografik elementlari orasida eng muhimi bo‘lib hisoblanadi
va unga yer yuzasidagi notekisliklar, ya’ni balandlik va pastlik, tog‘lik va tekislik
hamda pasttekisliklar kiradi.
Joyning rel’yefiga ko‘ra, yerdagi boshqa ob’ektlarni joylanishi, harakterini
va boshqa xususiyatlarini aniqlash mumkin. Rel’yefni, qurilish ishlarida, qishloq
xo‘jaligidagi roli katta. Umuman hududdan unumli foydalanish uchun olib
boriladigan har qanday ilmiy va amaliy ishlarda rel’efni har tomonlama bilish
zarurdir. Bu ishlarda topografik kartalaridan ko‘p foydalaniladi. Shuning uchun
ham topografik kartalarida rel’efni ilmiy asosda aniq va mukammal tasvirlash
katta ahamiyatga egadir.
Rel’yef shakllari – katta-kichikligiga ko‘ra makrorel’yef, mezorel’yef va
mikrorel’yeflarga bo‘linadi. Makrorel’yef yuzasidagi yirik rel’yef shakllari bo‘lib,
unga tog‘tizmalari va yirik vodiylar kiradi. Mezorel’yeflarga o‘rtacha kattalikdagi
rel’ef shakllari, mikrorel’yefgag‘rel’yefni mayda shakllari kiradi.
Rel’yefi quyidagi usullarda tasvirlash mumkin.
1.
Otmetka (belgi) usuli
2.
Gorizontallar usuli
3.
Maxsus shartli belgilar usuli
Otmetka usulida biron joyning rel’yefini qog‘ozda tasvirlash uchun shu
joydagi harakterli nuqtalarning absolyut balandligi aniqlanadi, va bu nuqtalar
qog‘ozga tushuriladi, hamda ularning yoniga balandliklari yozib quyiladi.
Topografiya kartalarda bu usul gorizontallar usuli bilan qo‘shib olib boriladi.
Gorizontallar deb bir xil balandlikga ega bo‘lgan nuqtalarni tutashtiruvchi
chiziqqa aytiladi. Ayrim xollarda izogipslar deb ham yuritiladi.
Gorizontallar quyidagicha hosil bo‘ladi: biror tepalikni bir xil balandlikdan
o‘tuvchi gorizontal tekisliklar bilan kesilgan desak shunda bu gorizontal
tekisliklarning tepalik yon bag‘irlari bilan kesishgan joylarida egri chiziqlar hosil
bo‘ladi. Bu egri chiziqlar gorizontallardir. Tik yonbag‘irli joyda gorizontallar bir-
biriga uzoqda joylashadi. Demak, gorizontallar oralig‘ining katta yoki kichik
bo‘lishi yonbag‘irning qiyaligiga bog‘liq ekan. Yonbag‘ir qancha tik bo‘lsa,
gorizontallar shuncha zich, yonbag‘ir qancha yotiq bo‘lsa gorizontallar shuncha
siyrak joylashadi.
Ikki gorizontal orasidagi masofa, yer yuzasida kesim balandligi, (visota
secheniya) deyiladi.
Ikki nuqta orasidagi masofaning gorizontal proyeksiyasi gorizontallar
oralig‘i (zalojeniya) deyiladi.
Umuman qiyalik burchagi katta bo‘lsa, gorizontallar bir-biriga, qiyalik
burchagi kichik bo‘lsa gorizontallar bir-biridan uzoqda joylashadi.
Topografik kartaning masshtabiga qarab, unda tasvirlanadigan rel’yefning
murakkabligiga qarab turli masshtabdagi topografik kartalar uchun turli xil kesim
balandligi qabul qilinadi. Topografik kartalarda asosiy gorizontallar va yarim
gorizontallar ayrim kartalarda asosiy gorizontallar va yarim gorizontallar ayrim
vaqtda yordamchi gorizontallar ko‘rsatiladi. To‘liq gorizontallar yoki yordamchi
gorizontallar 1 m dan 2,5 m dan, 5 m dan 10 m dan va 2 m dan o‘tkazilsa yarim
gorizontallar esa 0,5 m dan 1,25 m dan, 2,5 dan, 5 m dan 10 m dan o‘tkaziladi va
shtrix bilan chizib ko‘rsatiladi.
Rel’yefni o‘qish oson bo‘lsin uchun topografik kartalarda har beshinchi
gorizontal qilib chiziladi. Masalan, kartada kesim balandligi 1 m bo‘lsa 0 dan
boshlab 5, 10, 15, 20 va h.k. gorizontallar yo‘g‘onlashtirib chiziladi.
Topografik kartada rel’yef gorizontallar bilan tasvirlanganda ayrim
gorizontallar va rel’yefi harakterli nuqtalarning otmetkasi (obsalyut balandligi)
ham yozib qo‘yiladi.
Sobiq Ittifoqda Boltiq dengizining suv satxi boshlang‘ich gorizontal yuza
deb qabul qilingan.
Topografik kartalarda nishablikni qaysi tomondaligini bilish uchun
gorizontallarga qisqa chiziqlar bergshtrixlar chiziladi.
Rel’yefning barcha shakllari va xususiyatlarini gorizontallar bilan tasvirlab
bo‘lmaydi. Masalan, qiyaligi 40
0
ortiq bo‘lgan tik yonbag‘irli rel’yef formalari
(jar, o‘pirilib tushgan joylar, qoyalar, tik yonbag‘irlar, jilg‘alar)ni gorizontallar
bilan ko‘rsatilganda gorizontallar bir-biriga qo‘shilib ketadi. Shuning uchun
topografik kartalarda maxsus shartli belgilar bilan beriladi. Tabiiy rel’ef shakllari
jigar rangda, sun’iy rel’yef shakllari esa qora rangda ko‘rsatiladi.
Doimiy qorliklar, muzliklar va boshqalar maxsus shartli belgilar bilan
ko‘rsatiladi. Topografik kartalarda ayrim rel’yef formalari va ularning harakterli
nuqtalarning balandliklari ham beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |