Qarash trubasi
- asosiy ish qismidan biridir, nuqtani aniq nishonga olish
uchun xizmat qiladi.
Teodolitning turlari.
Teodolitlar tuzilishi, aniqligi va boshqa xususiyatlari jihatidan bir necha xil
bo‘ladi.
Limbning taglikka biriktirilishiga qarab - oddiy va takroriy teodolitlarga
bo‘linadi. Oddiy teodolitlar - limb taglikka aylanmaydigan qilib biriktirilgan.
Takroriy
teodolitlar - limb taglikka aylanadigan qilib biriktiriladi, bu
teodolitlar bilan aniqroq o‘lchash mumkin. Shuning uchun ko‘proq takroriy
teodolitlar ishlab chiqarilmoqda.
Teodolitlar limbi shishadan yoki metalldan ishlab chiqiladi.
Shisha limbli
teodolitlar - optik teodolitlar deyiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |