Kartani o`qish va kartani tushunish
Hozirgi vaqtda geografik kartalar ma’ruza vaqtida va amaliy
mashug`lotlarda ko`rgazmali qurol bo`libgina qolmasdan, balki geografik voqea-
hodisalarning tarqalishini ko`rsatuvchi, ularni sifat va miqdor ko`rsatkichlarda
tasvirlovchi bilim manbai hamdir. Geografik kitoblar singari kartalar ham
geografik bilimlarni o`rgatadi. Kitoblarda yer yuzasi so`z bilan tasvirlansa,
kartada obrazli-belgilar voqelikning modelini ko`rsatadi. Lekin uni tushunib
yetish uchun kartani bilish, tushunish kerak. Bu tushunchalar maktabdan
boshlanadi. Kartani bilish deganda obrazli-belgi yordamida ob’ektlarning qayerda
joylashganini bilish kifoya qilmaydi. Uni bilish uchun kartani tuzish, o`qish,
tushunish, kartografik model tasavvuriga ega bo`lmoq zarur.
Kartani o`qish va tushunish deganda kartadagi voqea va jarayonlarni o`zaro
bog`langan, lekin mazmun jihatdan bir-biridan farq qiluvchi belgilarini bilamiz.
Kartada tasvirlangan voqea-hodisalarni shartli belgilar yordamida o`qish degani
karta mazmunini to`liq tushunib yetadi, degan gap emas. Buning uchun karta
mazmuni to`g`risida ma’lum darajada nazariy geografik ma’lumotga ega bo`lmoq
kerak.
Masalan, Surxondaryo vodiysi tasvirlangan tabiiy-geografik kartalardan,
uni shimol tomoni tog`lar bilan o`ralganligi, mamlakatimizning janubiy
kengligida joylashganligi, suv ob’ektlarning mavjudligini (Surxondaryo,
Sherobod daryo, Janubiy Surxon suv ombori va Sherobod kanali), qish kunlari
qisqa, yillik foydali harorat miqdori 4000
0
dan yuqori bo`lishini u yerda ingichka
tolali paxta yetishtirish mumkinligini tasavvur qilsa bo`ladi. Kartani o`qish
deganda, kartografik belgi-modellar orqali tasvir ma’nosini tushunish demakdir.
Kartadagi har bir rang, chiziq, belgi biror voqelikni tasvirlaydi. Shartli belgilar
orqali joylari aniqlanidi. Shuning uchun o`quvchilarga kartani o`qishga
o`rganishdan oldin, ular ekskursiyalarga olib chiqiladi, rel’yef va ularning
elementlari, tog`, yassi tog`, tepalik, yonbag`ir, vodiy, o`zanlar va ularning
kartada tasvirlanishini tushuntirish zarur. Kartada tasvirlangan voqea-hodisalarni
alohida emas, balki ularning o`zaro bog`liqligini, bir–biriga ta’sirini bilib olish
shart.
Kartani o`qiy oladigan kishi kartada tasvirlangan hududda nimalar borligini
biladi xolos. Kartani tushungan kishi esa, tasvirlangan voqea va hodisalarni
izohlab, har tomonlama ta’riflab, o`zaro bog`liqliklarni ayta oladi.
O`qish va tushunish bir-biriga bog`liq. Kartani o`qishni bilmasa, uni
tushunib bo`lmaydi. Ammo kartani tushunmasdan o`qiy olsa bo`ladi.
“Kartani
bilish”
tushunchasi
yuqorida
ta’kidlaganimizdek,
tushunishdangina iborat bo`lmasdan, kartaning tayyorlanishini ham o`z ichiga
oladi. Shuning uchun 5-sinf geografiyasida oddiy topografik plan olish usullari
o`rgatiladi, chunki mayda masshtabli geografik kartalarning asosini yirik
masshtabli topografik kartalar tashkil qilinishini o`quvchilar tushunishlari zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: