Navoiy davlat pedagogika instituti tabiatshunoslik fakulteti kimyo va ekologiya kafedrasi


Qattiq holdagi chiqindilar va litosfera muhofazasi



Download 3,38 Mb.
bet8/26
Sana21.01.2017
Hajmi3,38 Mb.
#765
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   26
3. Qattiq holdagi chiqindilar va litosfera muhofazasi

Yer bizning boyligimiz va u yillar davomida e’zozu hurmatga loyiq bo’lib kelgan. Kishilar dehqonchilikni o’rgangan dastlabki kunlardanoq, yerga munosabat ijobiy bolib kelgan. Fan, ishlab chiqarishning rivojlanishi, yangi mahsulot turlarining ko’payishi va kishilar ehtiyoj turlarining o’zgarishi yer usti boyliklaridan foydalanish bilan qanoatlantirilmadi.

Endi ular yerning ostidagi boyliklarni ham olishga, ulardan xalq iste’moli uchun zarur mahsulotlar ishlab chiqarishga bilim va imkoniyatlarini sarfladilar, natijada yer ostida ham qator boyliklar mavjudligi aniqlandi.Inson ularni hammasini olishni, hammasini o’ziniki qilishga tabiatdan “ruxsat” so’ramay harakat qildi. Oxir-oqibat tabiat o’z bag’ridagi boyliklarni xo’jasizlik bilan olayotgan insonga qarshi bo’lib qoldi. Endi inson ham tabiatni yer osti boyliklarini ham tugashi mumkin, ularni asrash kerak degan fikrga keldi va yer osti boyliklaridan foydalanishni qonunlar bilan tartibga solishni ma’qul deb topdi.

Insoniyat har yili yer ostidan 600 milliard tonnadan ortiq tog’ jinslarini qazib oladi. Mutaxassislarning taxminiy hisob-kitoblariga ko’ra olingan xom ashyo qayta ishlanganda uning umumiy massasining 98% i chiqindiga chiqar ekan va atigi 2% i ijtimoiy talablarni qondirish uchun ishlatilar ekan.

Qadim zamonlarda kishilar yer yuzasiga va yer osti boyliklariga yaxshiroq ta’sir ko’rsata olmaganlar. Sanoat ishlab chiqarishi o’sishi bilan ahvol keskin o’zgardi. Oxirgi yillarda fan-texnikaning jadal rivojlanishi bilan kishilarning xo’jalik-texnik ehtiyojlari va texnika qudrati tabiiy jarayonlarga katta ta’sir etib, yer qiyofasini jiddiy o’zgartirib yubormoqda. Shuning uchun ham biosfera bilan birga kishi aqli va qudrati ila yaratilgan texnika kirib borayotgan sfera texnosfera vujudga keldi. Bu sferaning paydo bo’lishida mineral resurslar katta rol o’ynaydi. Mineral resurslardan foydalanishning asosiy xususiyatlariga to’xtalib o’tamiz. Yer osti boyliklari deganda, yerning ichki qismida bo’lgan asosiy mineral resurslar tushuniladi.

Yer yuzasida joylashgan mineral resurslar qum, shag’al, ba’zi bir tuzlar va boshqalar ham bor.

Fan-texnika taraqqiyoti davrida yer osti boyliklaridan foydalanishda uch xususiyat mavjud:


  • ishlab chiqarishning tez sur’atlar bilan rivojlanishi nihoyatda ko’p miqdorda mineral resurslarni talab etadi: hozirgi paytda mineral resurslardan foydalanishning hajmi dunyo bo’yicha har o’n besh yilda ikki marta oshmoqda;

  • sanoat va qishloq xo’jaligida foydali qazilmalarining yangi-yangi turlaridan foydalanilmoqda va ayni vaqtda ular oldiga butunlay yangi talablar qo’yilmoqda;

  • geologiya va tog’ ishlarida yer osti boyliklarining joylashishidagi qonuniyatlarni topish va ilmiy tahlil qilish gurkirab avj olmoqda;

Yer osti boyliklarini muhofaza qilishda asosiy vazifalar quyidagilardan iborat:

  • zaruriy xom ashyo zahirasini yaratish uchun qazib olish sur’atidan ko’ra geologik kuzatuv oldinda borishi;

  • konlardan barcha foydali komponentlarni to’liq va kompleks ajratib olish;

  • ishlab chiqarishda ulardan tejamli va chiqitsiz foydalanish;

  • buyumlar iste’moldan chiqqandan so’ng materiallardan ikkinchi marta foydalanish;

  • yer osti boyliklaridan foydalanish ishlarining zararli ta’siriga barham berish;

  • foydalanish davomida tarqalgan mineral moddalarning sun’iy to’planish masalalarini hal etish;

  • tabiiy va sun’iy buyumlar, noyob mineral birikmalar qidirib topish;

Yer osti boyliklarini tugab qolishi bilan bog’liq muammolarni, ularni isrof qilmay tashish, qazib olishda ham isrofgarchilikka yo’l qo’ymaslik, shuningdek, xom ashyodan kompleks foydalanish va uni boyitish orqali yechish mumkin.

Tiklanmaydigan tabiiy resurslarni muhofaza qilish ham asosan ana shularni taqozo etadi. Mamlakatimizda mineral xom ashyoning ba’zi bir turlaridan takror foydalanish yaxshi yo’lga qo’yilgan, bu jarayonni yer osti boyliklari qazib chiqarilgan hamma yerda qoladigan chiqindilar bilan ham yo’lga qo’yilsa iqtisodiy jihatdan ham, ekologik jihatdan ham samaradorlikka erishilar edi.

Mineral xom ashyoning ko’p ishlatilish, asosan, Yer shari aholisi sonining o’sishi va ularning xilma-xil ehtiyojlarining ortib borishi bilan bog’liq. Mineral resurslar har qanday mamlakatning iqtisodiy taraqqiyotining asosi hisoblanadi. Foydali qazilma konlari bor mamlakatda rivojlanish ham bo’ladi.

Shu nuqtai nazardan yer osti boyliklarini muhofaza qilish ham davlat ahamiyatiga va bu qonun bilan mustahkamlanadi.

Tuproq go’yo tirik organizm. Uning ichida turli murakkab jarayonlar kechadi. Tuproqni yaxshi holatda tutib turish uchun uning barcha tashkil etuvchilarining almashinish jarayonlari tabiatini bilish zarur. Tuproqning sirtqi qatlamlarida turli xil organizmlarning ko’plab qoldiqlari mavjud. Ularning chirishi oqibatida gumus hosil bo’ladi. Gumus miqdori esa tuproqning hosildorligini belgilab beradi.O’simliklar tuproqdan zaruriy mineral moddalarni oladi. O’simliklar so’lib, chirigandan so’ng olingan elementlar yana tuproqqa qaytadi. Tuproqdagi organizmlar barcha organik qoldiqlarni qayta ishlaydi. Shunday qilib, tabiiy sharoitlarda tuproqda modda almashinuvi doimiy sodir bo’lib turadi. Sun’iy agrosenozlarda bunday aylanish buziladi. Chunki qishloq xo’jaligi mahsulotining katta qismi yig’ishtirib olinadi va ular ehtiyojlar uchun foydalaniladi. Demak, mahsulotning olingan o’sha qismi tuproqdagi aylanish jarayonida qayta ishtirok etmaydi va oqibatda uning hosildorligi kamayadi. Sun’iy agrosenozlardagi tuproqning hosildorligini oshirish uchun inson unga organik va mineral o’g’itlar soladi. Normal tabiiy sharoitlarda tuproqda kechadigan barcha jarayonlar muvozanatda bo’ladi. Ammo bu muvozanatni ko’pincha inson aralashuvi buzadi. Uning xo’jalik faoliyati rivojlanishi natijasida tuproq ifloslanadi, uning tarkibi o’zgaradi va hatto butunlay yaroqsiz bo’lib qoladi.

O’rmon va o’tloqzorlarning yo’qotilishi, agrotexnika qoidalariga amal qilinmasdan yerni ketma-ket haydash tuproq eroziyasi yuzaga kelishiga, hosildor qatlamning suv oqimlari tufayli yuvilib ketishiga yoki shamoldan ishdan chiqishiga sabab bo’ladi. Tuproq eroziyasining bir necha turi mavjud (chizma). Hosildor tuproq qayta tiklanadigan resurs hisoblanadi. Ammo uning qayta tiklanishi uchun juda uzoq vaqt, yuzlab va hatto minglab yillar kerak bo’ladi. Yer yuzida har yili milliard tonnalab hosildor tuproqlar yo’qotiladi.

Shuning uchun eroziya hozirgi vaqtda butun dunyo miqyosidagi balo hisoblanadi. Insonning ishlab chiqarish faoliyati kuchayishi oqibatida tuproq qatlami jadal ravishda ifloslanmoqda. Metallar va ularning birikmalari, radoiaktiv elementlar, shuningdek, qishloq xo’jaligida qo’llaniladigan o’g’itlar va kimyoviy vositalar tuproqni asosiy ifloslantiruvchilar hisoblanadi. Tuproqning ifloslanishi biosferada moddalar aylanishining buzilishiga olib keladi. Bundan tashqari, zararli moddalar ekologik oziqlar “zanjir” iga qo’shiladi. Ular tuproq va suvdan o’simliklarga, keyin hayvonlarga va oxir-oqibatda oziq-ovqat orqali inson organizmiga o’tadi.


Download 3,38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish