II BOB. RIVOJLANISHIDA KAMCHILIGI BO'LGAN BOLALAR
BILAN OLIB BORILADIGAN LOGOPEDIK ISHNING O'ZIGA XOS
XUSUSIYATLARI
2.1.Aqli zaif bolalar bilan olib boriladigan logopedik ishlarning o'ziga xos
xususiyatlari.............................................................................................................36
2.1.1. Aqli zaif bolalar mustaqil nutqining shakllanishi va leksik-grammatik
qurilishning buzilishlarini to'g'rilash bo'yicha logopedik ishlarning o'ziga xosligi 39
2.1.2. Aqli zaif bolalar leksikasining rivojlantirilishida logopedik ishlarning
o'ziga xosligi............................................................................................................44
2.1.3. Yordamchi maktabda yozma nutqning buzilishlarini to'g'rilash
bo'yicha logopedik ishlarning o'ziga xos tomonlari.............................................. 45
2.2. Ko'zi ojiz bolalar bilan olib boriladigan logopedik ishning o'ziga xos
xususiyatlari............................................................................................................46
XULOSA.................................................................................................................50
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI...........................................52
3
KIRISH
Sog`lom avlod ota-onaning faxridir. Farzand hayot shamchirog`i, sharaja
davomchisi, sog`lom avlod orzusi ming yillardan beri ajdodlarimizdan yetib
kelayotgan oilamiz, hayotimiz, intilishlarimiz mohiyati asosiga aylanib ketgan
millatimizga xos qadryatlarimizdan biridir. Darhaqiqat, mamlakatimizda sog’lom
avlod tarbiyasiga davlat siyosati darajasida katta etibor bilan qarab kelinmoqda.
Har tomonlama rivojlangan barkamol inson shaxsini shakllantirish
davrimizning dolzarb muammolaridan biri hisoblanadi. Vatanimizning kelajagi
bugungi yosh avlodning ilmiy salohiyati, iste’dodi, mustaqil fikrlashiga bevosita
bog’liqdir. Shuning uchun ham bilimdon, keng dunyoqarashga ega barkamol va
ma’naviy yetuk shaxslarni tarbiyalash yetishtirish vazifasi davlatimiz siyosati
ustuvor yo’nalish darajasiga ko’tarildi.
Prezidentimiz I.A.Karimov, “kelajak avlod haqida qayg’urish sog’lom
barkamol insonni, uning naslini tarbiyalab yetishtirishga intilish, bizning milliy
xususiyatimizdir bizning ustuvor siyosatimiz yosh avlodni aqlan teran, ma’nan
yetuk, jismonan sog’lom, har tamonlama rivojlangan , kommil va zukko inson
qilib voyaga yetkazishdan iboratdir.
Bugungi kunda alohida yordamga muhtoj bolalar va o’smirlarga nisbatan
g’amxo’rlik, ularning huquqlarni ijtimoiy qo’llab quvvatlash, ta’lim tarbiya
jarayonini u bolalarning ehtiyoji va qobilyatiga mos ravishda tashkil etish,
sog’lom jamiyatga tenglashtirish ishlari o’ta dolzarb masalalardan biridir.
O’zbekiston Respublikasida alohida yordamga muhtoj bolalar va
o’smirlarning ta’lim mazmunini takomillashtirish masalalariga etibor davlat
tamonidan ortib bormoqda. O’zbekiston Respulikasi Kanstetutsiyasi “Ta’lim
to’g’risida”gi qonunni va “O’zbekistonda nogironlarni ijtimoiy himoya
qilishto’risida” gi qonunida, O’zbekiston Respublikasida “oila kodeksi” Vazirlar
Mahkamasining 1998-yildagi 59-sonli, 2002-yildagi 33-sonli qarorlarida “Ta’lim
hamma uchun ” Milliy harakat dasturida o’z ifodasini topgan.
Prezidentimiz tomonidan 2004-yil “Mehr va muruvvat yili” deb elon
qilinishi ushbu sohada olib borilayotgan ishlarning yanada rivojlanishini
4
ta’minladi. Yordamga muhtoj bolalarga mehr ko’rsatish muruvvatli bo’lish biz
o’zbek xalqining asl ijtimoiy fazilatlaridandir.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2007-yilning 23-
yanvarida 573-sonli qarori bilan “Ijtimoiy himoya yili” Davlat Dasturi tasdiqlandi.
Ushbu Dasturning 4,2-bandida alohida ehtiyojli bolalarning joylardagi
umumta’lim-inklyuziv ta’limni ishlab chiqish va bu xususida “Ta’lim
to’g’risida”gi qonunga qo’shimchalar kiritish masalalari kiritildi. 2007-yilning
bunday nomlanishining yorqin dalillari davlatimiz tomonidan imkoniyati
cheklangan bolalar ta`limiga e`tiborning yanada faollashganidadir. Davlat
Dasturlariga asosan har bir yo`nalishdagi maxsus muassasalarining o`quv
xonalarini jihozlash; bolalarning imkoniyatlaridan kelib chiqib ta`limning
samaradorligini oshirish; kasb-hunarga yo`naltirish; jamiyatning to`laqonli va teng
huquqli a`zosi etib voyaga yetkazish; imkoniyati cheklangan bolalarni umumiy va
maxsus ta`lim muassasalarida ta`lim olishlari uchun ijtimoiy texnik ta`limiy
sharoitlarini yaratish; zamonaviy asbob-uskunalari, jihozlar bilan ta`minlash
me`yorlarini ishlab chiqish; ta`lim tizimi va mazmunini takollashtirshga qaratilgan
chora-tadbirlarni kiritilishi juda muhim ahamiyat kasb etadi.
Rivojlangan mamlakatlarda “Maxsus talim zaruriyati”nomli xujjatga javoban
SVR –Reabilitatsiya tashkiloti (Sommin.Vased ReabilitatIop) tashkil etildi. Tashkilot
nogironlar jamiyati, nogironlar oilalari, sog‘liqni saqlash, mexnat va axolini ijtimoiy
muhofaza etish xamda kasaba uyushmalari vakillarini o‘z ichiga qamrab olgan.
Bunday nufuzli tashkilotning asosiy maqsadi - jismoniy yoki ruhiy rivojlanishida
nuqsoni bulgan bolalarni himoyalash, xuquqlarini tiklash, vakolat berish, talim-tarbiya
tizimini shakllantirish, jamiyat va raxbariyat diqqatini bu narsaga jalb etishdir.
Aloxida yordmga muxtoj bulgan bolalar uchun tashkil etilgan talim tizimida
birinchi navbatda bolaning talablari o‘rganiladi, ijobiy tomonlari, qobiliyati hisobga
olinadi, kamchiliklari urganiladi, Ushbu talim tizimida ma’lum sharoit yaratilishi lozim.
Bunga modifikatsiya, kompensatsiya, adaptatsiya ,reabilitatsiyalar kiradi. Masalan,
agarda bola eshitmasa, uni eshitish apparati bilan ta’minlash; yura olmasa - nogironlar
5
aravachasidan foydalanish, qulida oddiy qoshiq ushlay olmasa, uni boshqa qulay uskuna
bilan ta’minlash va boshqalar.
Bola shaxsining tarkib topishi hayotining birinchi kunlaridanoq boshlanadi. Bola
har kuni ko‘rgan va eshitganlari asosida borliqqa va tevarak-atrofdagi kishilarga uz
munosabatini bildiradi, kattalarning xatti-harakatlari, ishlariga, sodir bo‘layotgan
voqealarga bolaning beradigan bahosi, kishilarga bo‘lgan munosabati — bularning
hammasi bola ma’naviy qiyofasining shakllanishiga ta’sir etadi.
Bolaning xoh ona qornida, hoh tug‘ilganidan keyin rivojlanib borishi uchun
zarur bo‘lgan ma’lum shart-sharoitlarning buzilishi turli xil anomaliyalarga, ya’ni
jismoniy yoki ruxiy nuqsonlar, kamchiliklarga olib kelishi mumkin.
Maxsus yordamga muhtoj anomal bolalarning jismoniy yoki ruhiy rivojlanishida
kuzatiladigan og‘ir, keskin o‘zgarishlar bola shaxsining tarkib topishiga salbiy ta’sir
ko‘rsatadi. Shuning uchun bunday bolalarni tarbiyalash va ularga ta’lim berish uchun
maxsus sharoit yaratalishi kerak, ya’ni ular maxsus bog‘cha va maktablarda yoki
me’yorda rivojlangan tengdoshlari orasida xamma qatori va agarda kerak bo‘lsa,
maxsus dastur va darsliklar asosida o‘qitilishi va tarbiyalanishi zarur,
Ba'zi bolalardagi sensor (eshitish yoki ko'rishning pasayishi) va aqliy
rivojlanishdagi qo'pol kamchiliklar, shuningdek, bolalar miya falajlanish
kasalligida kuzatiladigan harakat sferasidagi buzilishlar bolalar nutqining
hamma komponentlarini (talaffuz, leksik-grammatik) rivojlanmay qolishga
olib kelishi mumkin, barcha holatlarda bular o'ziga xos etiopatogenetik
xususiyatga ega bo'lganligi sabab, korreksion ta'sir etish metodlarini
defferensial qo'llashni talab etadi.
Rivojlanishida kamchiligi bo'lgan bolalar nuqsonlarini har tomonlama
bartaraf etish ishlari nutq tarbiyasidan boshlanishi bitiruv malakaviy ishimizning
dolzarbligini belgilab beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |