Mavzuning dolzarbligi: O’quvchilarni mumtoz musiqani o‘qitishdan asosiy maqsad o‘quvchilarni an’analarga boy va badiiy yetuk xalq musiqa ijodi namunalaridan barhamand etish hamda shu asosda ularda o‘tkir did, yuqori badiiy saviya va nafis tuyg‘ularni shakllantirishdan iborat. Ayni vaqtda, ko‘p asrlar davomida yashab kelgan avlod – ajdodlarimiz ma’naviyatining, barkamol rihiyatining sadolardagi in’ikosi bo‘lgan milliy kuy, qo‘shiqlarimiz yosh avlod qalbidan o‘rin olarkan, ularni o‘z vataniga, xalqiga sadoqatli va mehr
– muruvvatli bo‘lishiga, azaliy qadriyatlarimiz va o‘ziga xos betakror an’analarimizni e’zozlashga, ona yurt merosining bugungi kundagi haqqoniy vorislari bo‘lishga, demakki, istiqloliyat zaruratini teran his etishga da’vat etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |