SHashmaqomning “Nasr” bo‘limi
CHolg‘u bo‘limidan keyingi “nasr” deb ataladigan xilma-xil katta va kichik sodda murakkab ashula namunalaridan tashkil topadi. Lug‘aviy jihatdan arabcha nasr so‘zi “ko‘mak”, “yordam”, “zafar”, “g‘alaba”, “sochma asar”, “proza” kabilarni anglatadi. Ushbu bo‘limlarning barcha tarkibiy qismlari sho‘’ba tarona hamda shaxobchalardan iborat.
Har bir maqomning o‘z ashula yo‘llari, yirik hajmli tuzilishi bo‘yicha murakkab bo‘lgan ikkita guruhni vujudga keltirgan. Shashmaqomda avval sho‘’balarning birinchi guruhi so‘ngra ikkinchi guruhiga kiruvchi namunalar muayyan mantiqiy qoidali tartibda joylashgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |