Diqqatning bo`linishi – psixik faoliyatning shunday tashkil qilinishiki, bunda aynan bir vaqtning o`zida diqqatimiz ikkita va undan ortiq narsalarga qaratiladi. Diqqat haqiqatan ham bo`linadimi? Bu sohada ko`plab tajribalar o`tkazilgan. Natijada, ayrim tadqiqotchilar diqqat bo`linadi desalar, boshqalari u bo`linmaydi, aksincha bir faoliyatdan ikkinchi faolyatga tez ko`chadi degan xulosaga kelganlar. Albatta, diqqatning bo`linishi uchun bajarayotgan ishlarimiz ma’lum darajada avtomatlashgan bo`lishi lozim. Masalan, rulga yangi o`tirgan haydovchi tormozni bosaman deb gazni bosib yuboradi yoki mashinani boshqarishga diqqat qilgan holda yo`ldagi chuqurlikni ko`rmay qoladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |