Navoiy davlat pedagogika instituti o


“Avesto”ning paydo bo„lishi



Download 1,21 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/81
Sana25.09.2021
Hajmi1,21 Mb.
#185468
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   81
Bog'liq
1 курс Узбек адабиёти 2020 21yil uchun МАЖМУА tayyori

“Avesto”ning paydo bo„lishi“Avesto” yozuvi. ―Avesto‖ O‗rta Osiyo tarixidagina emas, 
balki  dunyo  madaniyati  tarixida  muhim  voqeadir.‖Avesto‖  to‗g‗risida  so‗z  ketganda,  albatta, 
Zaardusht shaxsi to‗g‗risida so‗z yuritiladi. Zardushtning ta‘limoti ―Avesto‖ni yuzaga keltirdi. 


11 
 
 
Zardusht    ―Avesto‖ni  qanday  yaratgani  to‗g‗risida  turli  rivoyatlar  mavjud.  Bu 
rivoyatlardan  ma‘lum  bo‗lishicha,  ―Avesto‖  dunyo  tarixida  ilk  muqaddas  kitob  hisoblanadi. 
―Zardusht majusiylar ―Abisto‖ (Avesto –N.R.) deb ataydigan kitob bilan yuzaga keldi. Bu kitob 
barcha xalqlar tillariga muxolif bir tilda yozilgan...va hamma bilishi uchun u tildagi harflar soni 
hamma  tillar  harflaridan  ortiq  edi‖.  Beruniy  bu  o‗rinda  ―Avesto‖  tilidagi  undoshlarni  anglatish 
uchun  qo‗shimcha  belgilarni,  shuningdek,  qisqa  unlilarni  bildiruvchi  belgilarni  ham  nazarda 
tutgan.  
 
Beruniy  Zardushtning  sharqda  mashhur  bo‗lganiga  oid  dalillarni  keltiradi.  U  yozadiki, 
ibroniylar Zardushtni Ilyos payg‗ambarning shogirdlaridan biri bo‗lganiga da‘vo qiladilar. YAna 
rumliklar, yunonlar ham Zardushtni o‗zlariga yaqinlashtirib, turli dalillarni keltirganini yozadi.  
 
Beruniy ―Avesto‖ga oid dalillarni o‗rganib, bu asarning asliyati va uning tuzilishi haqida 
ham  dalillarni  bayon  qiladi.  ―Podsho  Doro  ibn  Doro  xazinasida  ―Abisto‖ning  o‗n  ikki  ming 
qoramol  terisiga  tillo  bilan  bitilgan  bir  nusxasi  bor  edi.  Iskandar  otashxonalarni  vayron  qilib, 
ularda  xizmat  etuvchilarni  o‗ldirgan  vaqtda  uni  kuydirib  yubordi.  SHuning  uchun  o‗sha  vaqtda 
beri  ―Abisto‖ning  beshdan  uchi  yo‗qolib  ketdi.  ―Abisto‖  o‗ttiz  nask  edi,  majusiylar  qo‗lida  o‗n 
ikki  nask  chamasi  qoldi.  Biz  Qur‘on  bo‗laklarini  haftiyak  deganimizday,  nask  ―Abisto‖ 
bo‗laklaridan har bir bo‗lakning nomidir‖. 
 
―Avesto‖  Zardusht  nomi  bilan  bog‗lansa-da,  bu  noyob  asar  bir  davrning  mahsuli 
emasligini  ham  ta‘kidlamoq  darkor.  ―Avesto‖  bir  necha  asrlar  davomida  shakllanib,  yaxlit  asar 
holiga kelgan. Bu jarayon dunyo madaniyati tarixida sinovlardan o‗tgan tajriba bo‗lib, ―Avesto‖ 
ana  shu  tajribaning  mahsullaridan  biridir.  SHarqda  bu  jarayonning  namunalari  kuzatiladi. 
Qadimgi Xitoydagi falsafiy risolalar, Bibliya ham shakllanganda, ana shu yo‗lni  – asrlar yo‗lini 
bosib o‗tgan.  
 
―Avesto‖ni  Iskandar  kuydirib  tashlagan  ekan,  bugungi  kundagi  mavjud  nusxa  qanday 
paydo bo‗lgan degan savol tug‗iladi. Bu tiklangan nusxa Sosoniylar sulolasi hukmronligining ilk 
yillarida paydo bo‗lgan.  
 
Sosoniylar  sulolasining  ilk  hukmdori  Ardasher  Bobakon  o‗z  saroyidagi  Xirbadan  nomli 
donishmandga  ―Avesto‖ni  qayta  tiklash  vazifasini  topshiradi.  Xirbadan  bir  qancha  zardushtiy 
ulamolari  bilan  birga  asarni  qayta  yozib  olib,  qaytadan  tartib  beradi.  SHunday  qilib,  mavjud 
nusxa  Sosoniylar  sulolasi  davrida  shakllantirilgan.  SHopur  II  davrida  Ozarpod  Mehrosin 
―Avesto‖ning parokanda qismlarini to‗plab, asardagi ko‗plab nomlar, atamalarni sharhlab. ―Zand 
Avesto‖ nomli kitob yaratadi. ―Zand Avesto‖ni bu ulkan asarning sharhi va ―Kichik Avesto‖ deb 
aytish mumkin. Bugungi mavjud nusxa 1278 yili ko‗chirilgan. 
 ―Avesto‖ning  eng  qadimiy  qatlamiga  ko‗ra,  shunday  xulosa  chiqarish  mumkinki,  zardushtiylik 
urug‗chilik  jamiyatida  –  tabaqalashish  boshlanganda  va  hukmron  tabaqa  o‗z  hukmini  o‗tkaza 
boshlaganda yaratilgan. 
 
―Avesto‖  faqat  zardushtiylik  oqimining  muqaddas  yodgorligi  bo‗lib  qolmay,  Markaziy 
Osiyo xalqlarining ijodiy qobiliyati, og‗zaki ijodi, e‘tiqodi va tasavvurlarining mahsuli hamdir. 
 

Download 1,21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish