Bunda tanlama tashhisni o’tkazish, guruhdagi yakuniy mashg’ulotlarni tahlil qilish, ota- onalardan so’rovnomalar olish mumkin.
Hamma hujjatlar umumlashtiriladi, tahlil qilinadi, pedagogik kengashga yakuniy ma’lumotnoma sifatida ilova qilinadi. Xuddi shu yakuniy tahlil kelgusi o’quv yildagi ish rejasining birinchi qismi hisoblanadi, shuning uchun ko’p ko’rsatgichlarni ko’rgazma uchun jadvalda tavsiya qilish maqsadga muvofiq bo’ladi.
Imkon qadar pedagogik kengashga tayyorgarlik ko’rish va o’tkazishda har bir pedagog, mutaxassislarning ishtirokini ta’minlash kerak.
Yakuniy pedagogik kengashga tayyorgarlik ko’rishar ekan tarbiyachilarga, quyidagi savollarni taklif etish mumkin:
1. Bizning maktabgacha ta’lim muassasamiz faoliyatida qanday ijobiy daqiqalarni belgilashingiz mumkin?
2. Ta’lim-tarrbiya jarayonini salbiy tomonlari sizningcha nimalardan iborat? Ularni qanday bartaraf etish mumkin?
3. Keyingi o’quv yili rejasiga qanday muammolarni kiritish lozim?
4. Qaysi masalalarni yechimida siz ishtirok etishingiz mumkin?
5. Kyingi o’quv yilida o’z ustida ishlash bo’yicha qanday mavzuni olib, o’z kasbiy mahoratingizni oshirasiz?
Tarbiyalanuvchilarning ota-onalari pedagogik jamoaning ishini baholashlari savolnomalar orqali olib borilishi mumkin. Yuqoridagi ikkita savol ota- onalarga berilsa, qanday natijaga erishish mumkin? Pedagogik jamoa va ota- onalar bu ikkita savolga javobini taqqoslash tavsiya qilinadi. Pedagogik kengash reglamenti bo’yicha har bir pedagogga qo’yilgan muammolar yuzasidan o’z fikrlarini ifodalashlari uchun vaqt ajratish mumkin. Bunda pedagogik kengashni tayyorlashda ko’rgazma tashkil etilib, uni
“Biz bu o’quv yilini qanday o’tkazdik?” deb atash mumkin. Bunda muassasa hayotidan qiziqarli daqiqalarni taklif etish mumkin.
Bunday pedagogik kengashda rahbarlar barcha muammolar, ularning yechimlari to’g’risida tasavvurga ega bo’lishadi. Konstruktiv va ish muhokamasi to’g’risida pedagoglar mutaxassislar bilan shaxsiy suhbat olib borishi mumkin. Bunday oldindan belgilangan ish pedagogik kengash olib borishda, barcha muammolarni yechimini topishga yordam beradi.
№
|
Pedagogik kengashni muvafaqqiyatli o’tish belgilari.
|
Ovoz
|
Baholash.
|
1.
2.
3.
4.
5.
6.
7.
8.
|
Mavzuning dolzarbligi
Yil davomida mavzularning bir- biriga bog’liqligi
Pedagogik kengashga tayyorgarlik
Asosiy mavzuning mazmuni
Pedagoglarning chiqishlarining mazmuni
Pedagoglarning muammolarga bo’lgan munosabati
Rahbarning yakunlovchi so’zi
Tashkiliy daqiqalarning baholanishi, qabul qilingan qarorlarning dolzarbligi va amaliyligi.
|
|
|
O’tgan yil yakuniga quyidagi bo’limlarni kiritishi mumkin.
Tarbiyalanuvchilarning salomatligi.
-Yil davomida bolalar va xodimlarning kasalliklarining tahlili.
-Sog’lomlashtirish uchun olib borilgan davolash profilaktika ishlari.
-Jismoniy sog’lomlashtirish, chiniqtirish ishlari, ularning natijalari;
-to’g’ri ovqatlanishni tashkil etish;
Shundan keyingina sog’lomlashtirish ishlariga xulosa chiqarish mumkin; yangi o’quv yiliga rejalashtiriladigan faoliyatlar aniqlanadi.
2.Dastur bo’yicha turli yo’nalishlar bo’yicha monitoring. Bolalarning bilimi, ijtimoiy-ahlohiy, badiiy- estetik, jismoniy taraqqiyot darajalari tahlil qilinadi. Dasturni bajarish bo’yicha umumiy xulosa va sifat darajasi aniqlanadi.
3.Tayyorlov guruhi bolalarni maktab talablariga moslashuvi darajasi, ularning taraqqiyot darajalari,
1 sinfda o’qiyotgan shu muassasaning bitiruvchilarining o’zlashtirish monitoringi.) Bu ishning sifatini oshirish bo’yicha umumiy xulosalar va imkoniyatlar;
4.Pedagoglarning malaka oshirish va attestatsiya natijalari, ularga ko’rsatiladigan metodik yordam (pedagogik mahorat yuzasidan): maktabgacha ta’lim muassasasining uslubiy ish tizimi, ilmiy- metodik jihatidan ta’lim- tarbiya jarayonini ta’minlash, kadrlar bilan ishlashni rejalashtirish imkoniyatlari va yo’llarini aniqlash, kelgusi yilda uslubiy xonani jihozlash;
5.Ota- onalar bilan hamkorlikda ishlash tizimini yaratish.(so’rovnoma natijalariga qarab maktabgacha ta’lim muassasasi va maktab va mahalla hamkorligi rejasining bajarilishi, boshqa tashkilotlar bilan hamkorlik ishlarining natijalari, umumiy xulosalar.)
6.Ma’muriy- xo’jalik ishlari bo’yicha hisobotlar, moddiy-texnika ta’minoti, yaratilgan shart- sharoitlarlarni baholash natijalari.
Do'stlaringiz bilan baham: |