16-masalaga javob. 1. Bemorni antibiotiklar bilan davolash kerak, yuqori nafas yo‘llari yallig‘langanda tetrasiklin qatoridagi (metatsiklin) dorilar berilsa, allergik reaksiya paydo bo‘lishi kamayadi.
2. Bemorda yuqori allergik holat bo‘lganligi uchun allergik reaksiya xavfi yuqoridir. Bemorni kasalxonaga yotqizib, vrach nazoratida davolash kerak. Kasalxonaga jo‘natilayotganda yo‘llanma varaqasiga avvalgi dorilarga allergik reaksiyasi borligini yozib qo‘yish kerak. Agarda bemorga boshqa dorilar (balg‘am ko‘chiruvchilar) beriladigan bo‘lsa, har bir doriga sezuvchanligini aniqlash kerak (agar bemorning ahvoli ko‘tarsa), buning uchun 1—2 kun o‘tkazib dori berish kerak. Agar allergik reaksiya kuzatilsa, gistaminga qarshi dorilar berilib, allergiyasi kamaytiriladi. Bemor kasalxonada ko‘rsatilgan vaqtdan ko‘proq yotadigan bo‘lsa, boshqa bemorlar olayotgan dorilar ta’sirida allergiya yana kuchayishi mumkin.
17-masala. 17 yoshli A. ilgari hech qanday kasallik bilan kasallanmagan va dori ichmagan. Gripp kasalligi epidemiyasi bo‘lganida yuqori nafas yo‘llari kasalligi bilan (kuchli tumov bo‘lgan, isitmasi 38,3°S gacha ko‘tarilib, tomog‘i kichishgan va boshi og‘rigan) kasallangan, o‘zicha davolangan, tovoniga kvars kuygan, kuniga 0,25 g dan uch mahal amidopirin kabul qilgan. Davolanishning uchinchi kuni burnidan oqayotgan suyuqlik quyuqlashgan, isitmasi subfebril darajagacha pasaygan. To‘rtinchi kuni tomog‘ida og‘riq sezadi. Ertalab isitmasi 37,6°S bo‘lgani uchun vrachga murojaat qiladi.
1. Axvolning yomonlashishiga nima sababchi bo‘lgan?
a) grippni noto‘g‘ri davolash;
b) amidopirin dozasining ko‘payganligi;
v) gaptenli (amidopirinli) agronulotsitoz;
g) ahvolning yomonlashishiga amidopirin sababchi emas;
d) bor ma’lumotlar ahvolning yomonlashish sababini tushuntirib bera olmaydi.
2. Vrach nima qilishi kerak?
17-masalaga javob. 1. Amidopirin bilan davolanayotganda immun (gaptenli) agranulotsitoz ikkinchi infeksiya natijasida bo‘lishini zsda tutish lozim. Bu ayrim fermentlarning yetishmasligi va dori dozasiga bog‘liq emas. Bunday reaksiya 80 000 kishidan bittasida kuzatiladi. Dori ichilganda immun agronulotsitoz bo‘lsa, uning 80% i amidopirin ta’sirida bo‘ladi. Amidopirin bilan davolanayotgan bemorda angina paydo bo‘lishi immun agranulotsitoz belgisidir.
2. Amidopirin berishni to‘xtatib (penitsillin bilan davolab, tomokni antiseptik dorilar bilan chayish kerak), tezlik bilan granulotsitlar sanalsa tashxis qo‘yish oson bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |