12-masalaga javob. 1. Jigarnnng tez kattalashishi (bir oy ichida), qattik va chekkasi notekis bo‘lishi, taloqning kattalashishi, qon tomir yulduzchalarining bo‘lishi, jigar sirrozi belgilarining bulmasligi va darvoza kon tomirlari bosimining bo‘lmasligi birinchi o‘rinda birlamchi jigar raki borligini ko‘rsatadi.
2. Eng anik, tekshirish usuli kondagi alfa-fotoproteinni aniklash hisoblanadi. Bunda oqsil birlamchi jigar to‘qimasida ishlanib, buyrak orqali ajraladi. Alfa-fotoprotein gepatit uchun xos hisoblanmasada, klinik belgilarining borligi jigarda rak. borligiga gumon tugdiradi, kasallikni tasdiqlash uchuv qo‘shimcha tekshirish (jigarni skennirlash, ultratovush yordamida tekshirish va angiografiya qilish) kerakligini takozo kiladi.
SARIQLIKNI DIFFERENSIATSIYA QILISH
13-masala. 23 yoshli talaba badani sarg‘ayganini atrofdagilar aytganidan keyin bilgan va vrachga murojaat qilgan. Oxirgi paytlarda charchoqlik sezishi va axvoli o‘zgaruvchan bo‘lib qolganligini aytadi. Ob’yektiv tekshirilganda boshka a’zolarida o‘zgarish kuzatilmaydi, ko‘z shox pardasi sargaygan. Qon analizi: Nb—130 g/l, retikulotsitlar—8%, L—8,5x109/l, formulasi o‘zgarmagan, trombotsitlar—190x109/l, bilirubin — 49 mmol/l, asosan bilvosita fraksiyasi, xolesterin — 5,2 mmol/l, siydikda o‘t pigmentlari yo‘k.
1. Ko‘rsatilgan tashxisning qaysi biri to‘g‘ri keladi?
a) gemolitik kamqonlik;
b) surunkali faol gepatit;
v) xolestatik gepatit;
g) o‘t yo‘llarini tosh to‘sib qo‘yishidan bo‘lgan mexanik sariklik;
d) xavfsiz giperbilirubinemiya.
2. Tashxisni tasdiqlash uchun qaysi tekshirish usulini qo‘llash mumkin?
a) transaminaza faolligini tekshirish;
b) jigarni punksiyali biopsiya qilish;
v) jigar va o‘t yullarini ultratovush bilan tekshirish;
g) hamma tekshirish usullarini qo‘llash;
d) yuq.oridagi tekshirish usullari foydasiz.
13-masalaga javob. 1. Kuz shox pardasining sarg‘ayishi, retikulotsitlar yo‘q bo‘lsada bilirubinning ortganligi, jigar va taloqning kattalashgani, trnsaminaza faolligining ortishi va xolesterinning ortishi kasallikning asosiy belgisi hisoblanadi. Bularning xammasi Jilber turidagi xavfsiz giperbilirubinemiya ekanligini ko‘rsatadi. Kasallik ko‘proq erkaklarda uchraydi va nasldan-naslga o‘tadi. Kasallik surunkali bo‘lib, og‘ir jismoniy zo‘riqishdan keyin sariqlik kuchayadi, bemor sovqotadi. Ko‘pincha ular qo‘zg‘aluvchan, jizzaki, o‘zidan va atrofdagilardan norozi bo‘lib yuradilar. Bu kasallikka asosan bilirubinning jigar xujayralariga o‘tishi va glyukuron bilirubinning o‘zgarishi sabab bo‘ladi.
2. Yuqoridagi tekshirish usullarining hammasi ham tashxisni tasdiqlash uchun ko‘llanilavermaydi. Xavfsiz giperbilirubinemiyani tekshirish uchun qonda transaminaza yo‘qligini bilish, jigarni biopsiya qilish va ultratovush yordamida tekshirish kerak.
14-masala. 32 yoshli bemor aplastik kamqonlik bilan kasallangan, unga ko‘p qon kuyilgan. Uch oydan beri kuniga 30 mg dan nerobol oladi. Badani sarg‘aygani va qichishgani uchun kasalxonaga yotkizilgan. Obyektiv tekshirilganda jigari kovurg‘a yoyidan 4 sm tashqariga chiqqan. Terisi va ko‘z shox pardasi sarg‘aygan. Qon analizi: Nb—90 g/l, L—3109/l. P—3. S—35, P—50, M—12, retikulotsitlar — 1 %, trombotsitlar — 70X109/l, bilirubinning to‘g‘ri reaksiyasi — 62 mmol/l, xolesterin — 16 mmol/l. Transaminaza: ALT—65, ACT—70 TB, siydikda o‘t pigmenti yo‘q.
1. Birinchi o‘rinda qanaka asorat qoldirgan deb o‘ylash mumkin?
a) xolestatik gepatit;
b) yog‘li gepatit;
v) o‘tkir Birusli gepatit;
g) gemolitik kamqonlik;
d) xavfsiz giperbilirubinemiya.
2. Nima sababdan badan sargaygan va qanday davolash choralarini ko‘rish kerak?
Do'stlaringiz bilan baham: |