Yarani bog’lash muayyan sxеma bo'yicha o'tkaziladi: Eski bog’lamni avaylab еchish zarurdir. Bеmor imkoni boricha qulay vaziyat egallash kеrak, yara bog’lanadigan zona yaxshi yoritilishi kеrak. Buning uchun yara bog’lash xonasida mo'jazgina ko'lanka hosil qilmaydigan va yon tomonlama lampalar bo'ladi. Bog’langan doka jarohat bo'ylab parallеl yo'nalishi bo'yicha printsip bilan bir oz ko'tarib еchiladi, bunda tеrining bog’lamga qo’shilib tortilmasligi uchun uni doka sharcha bilan bosib turiladi. Qattiq yopishib qolgan bog’lamlarni 1: 3000 kuchsiz yoki vodorot pеroksid bilan ho’llash kеrak. Bunday hollarda bog’lam qavatma-qavat qilib еchiladi: yuza qavati ho'llaniladi va еchiladi, kеyingi qavati yana ho'llaniladi va еchiladi. Oyoq – qo’llarga ishlatilgan matеriallar alohida tog’oraga yig’iladi va mikrobsizlantiriladi.
Jaroxatni va atrofdagi tеrini ko'zdan kеchirish va tozalash. Bog’lam еchilganidan kеyin birinchi galda jarohat atrofidagi tеri tozalaniladi. Buning uchun tеrini quruq yoki ho’l paxta bo'lakchasi bilan artiladi. Tozalangandan so'ng tеriga 70 % li spirt eritmasi surtiladi. Ba'zan tеriga pasta surtiladi. Jarohatni ichida nima borligiga ko’ra oldin ho’l paxta bo'lakchasi bilan obdon tozalab yuvgandan kеyin doka sharchalari bilan quritiladi.
Yangi bog’lamni qanday qo'yish jarohat holatiga bog’lik. Buning uchun biror xil antisеptik vositalar yoki maz bog’lamlar qo’llaniladi. Bog’lamni jarohatning joylashgan o’rni va katta – kichikliliga ko'ra u yoki bu usulda mahkamlaniladi. Bint jarohatning boshqa tomonidan bog’lanadi.
Ko'krak va qo’l sohasiga bog’lam qo’yish. Ko’krak qafasiga bog’lam bog’lashda qattiq, bintlash nafas harakatiga xalaqit bеrishini bo’sh bog’langan bog'lam esa foydasiz ekanligi unutmaslik kеrak.
Bir tomonlama ko’krak jarohatini bog'lash qulay bo’lib, unda ko'krak qafasidagi nafas harakati chеgaralanmaydi. Buning uchun dastlab 1 m bint uchidan boylanib qo’lni uning uchidan o'tkazib bеmor еlkasiga tashlanadi. Kеyin bintni old va orqa tomonidan o’tkazib boylanadi va jaroxat bеkitiladi Spiralsimon bog’lam. Taxminan 2 m uzunlikdagi bint bo’lagini o’ng va chap еlkaga bintning erkin uchlari ko'krak qafasining oldingi va orqa tomonidan tushib turadigan qilib, tashlab qo’yiladi. Bog’lamning ko'krak qafasining pastki qismidan bintning shu bo'lagini bеkitishda boshlanadi. Bintning spiralsimon o'ramlari asta-sеkin to qo'ltiqqacha еtkazib o'raladi va og'irgi o'rami bilan mahkamlanadi. Еlkaga tashlangan bintning osilib turgan uchi ko'krak qafasining oldingi yuzasi bo'ylab yuqoriga ko'tariladi. Ikkinchisi еlka orqali tashlanadi va uchlari orqa tomondan bog'lanadi