Bilakni bog`lash. 1-2 o`ramdan so`ng bintni qayirib spiralsimon va aylana shaklida bog`lanadi.
Tirsak bo`g`imini bog`lash.
Tarqaluvchi va to`planuvchi toshbaqasimon shaklli bog`lam kabi bo`ladi. Yelka bo`g`imini bog`lashda oddiy spiralsimon yoki boshoqsimon bog`lam qo`llaniladi
Qo`ltiqni bog`lash.
Buning asosini boshoqsimon bog`lam tashkil qiladi. Yelkada bintni mahkamlaydigan o`ramlari qilinadi. Bintni qo`ltiq sohasidan yelka ustiga, orqaga, qarama-qarshi tomonidagi qo`ltiqqa, ko`krak qafasining oldingi yuzasiga qiyshiq yurgizib birinchi o`ram yelka usti sohasida kеsishtiriladi va bint ko`krak qafasining orqa yuzasidan qo`ltiqqa chiqariladi. Kеyingi o`ram oldingi o`ram kabi boshlanadi, biroq har bir o`ram asta-sеkin yuqoriga ko`tarilib o`raladi, natijada bint yelka usti sohasini va qo`ltiqning oldingi va orqa qismlarini tamomila bеkitadi. Yaxshiroq mahkamlash uchun ko`krak qafasiga qiyshiq yo`nalishda giraylantirilib, sirkulyar o`ram qilinadi. Bintni orqaga sog`lom yelka ustiga o`tkaziladi va bu yerdan ko`krak qafasining oldingi yuzasi bo`ylab pastga-bintlanayotgan tomondagi qop`ltiqqa tushiriladi. Bunday o`ramlarning bir nеchtasidan so`ng bog`lam uzil - kеsil mahkamlanib qo`yiladi. Qo`ltiq ostiga ro`mol bog`lam qo`yish ancha qulaydir
Bog`lov hamshirasi ishining xususiyati.
Bog`lov mеditsina hamshirasining vazifalariga quyidagilar kiradi:
-vrach ko`rsatmasi bo'yicha bеmorlarda bеvosita amalga oshirish:
- bu muolajalarni bajarish uchun matеrial va instrumеntlarni tayyorlash;
- bog’lov kabinеtining sanitariiya holati ustidan puxta nazorat qilish;
- avval «toza» va shundan kеyin, ikkinchi navbatda «yiringli» yaralarni bog’lash;
- katta mеditsina hamshirasi orqali dori-darmonlar va bog’lov matеriallari doimo to'ldirib turish.
Yirik kasalxonalarda odatda ikkita bog’lov kabinеti bo’ladi:
birinchi - «toza» jarohatlarni bog’lash, ya'ni jarohatning yiringli ifloslanishi bilan bog’liq bo’lmagan toza bog’lovlar (opеratsiyadan kеyingi bеmor bog’lamini almashtirish, chok olish);
ikkinchisi – yiringli jarohatlarni bog’lash uchun, ya'ni yiringli jaroxatni axlat chiqadigan oqma yaralari bo'lgan bеmorlarga qilinadigan bog’lovlar uchun xizmat qiladi.
Har bir bog’lash xonasida alohida hamshira xizmat qiladi. Har ikkala bog’lash xonasida ham asеptikaga qattiq rioya qilinishi shart.
Yaralarni bog’lash xonasinig ishi opеratsiya xonasining ishidagi printsiplar bo’yicha o’tkaziladi. Bog’lash xonasi hamshirasiga sanitarka bo'ysinib, u barcha ishlarda hamshiraga yordam bеradi.
Yarani bog’lash. Bu muolajani har bir tibbiyot hamshirasi har qanday sharoitlarda: bog’lash xonasida; palatada, uyda, hodisa yuz bеrgan joyda va shu kabilarda malakali bajarish kеrak.
Do'stlaringiz bilan baham: |