Birinchi shifokor yordami.
Bu shikastning jabrlanganlar hayotiga bevosita xavf soluvchi qibatlarni bartarav qilish, jaroxat infeksiyasi yanada rivoj topishining oldini olish va shikastlanganlarni evakuatsiyaga tayyorlash maqsadida tibbiy evakuatsiyaning birinchi bosqichida shifokorlar bajaradigan davolash muhofaza majmuidir. Bunday yordamni umumshifokorlik tayyori bo`lgan va ixtisosli jarrox shifokorlar ko`rsatadi. Shikastlangan ondan kiyengi 3 soat, eng ko`pi bilan 6 soat birinchi shifokor yordami ko`rsatish uchun eng qisqa muddat hisoblanadi. Tibbiy yordamning bu turini hamma ixtisosdagi shifokorlar hatto muqum shifoxonalardagi o`rta tibbiy ma’lumotli bo`lgan tajribali xodimlar ham bilishlari kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |