Navoiy davlat pedagogika instituti jismoniy tarbiya fakulteti tibbiy bilim asoslari kafedrasi


Resperatorlar necha xil ulchamda tayyorlanadi?



Download 13,78 Mb.
bet183/281
Sana27.07.2021
Hajmi13,78 Mb.
#130013
1   ...   179   180   181   182   183   184   185   186   ...   281
Bog'liq
Navoiy davlat pedagogika instituti jismoniy tarbiya fakulteti ti (2)

Resperatorlar necha xil ulchamda tayyorlanadi?


8.2.4- ilova

Prezentatsiya uchun mavzular

1-guruh – Terini himoya qilish vositalarini ketma-ketligi bo’yicha rasmini chizing va uni namoyish qiling.

2-guruh – Nafas olish a’zolarini himoyalash vositalarini(protivogaz ) tuzulishini chizing va kiyish tartibini tushuntirib bering.

8.2.5- ilova

Venna-diagrammadan foydalanib himoya vositalarining turlari bo’yicha umumiylikni aniqlang.




8.2.6- ilova
Uyda mustaqil tayyorlanish va bajarish uchun vazifa

1.Mavzu boyicha himoya vositalarining foydalanish jarayonlari bo’yicha krassivord tuzish.

2.Mavzu bo’yicha 20 tadan iborat test tuzish.
Mavzuning qisqacha bayoni:

Nafas yo’llarini himoyalovchi vositalarga filtrlovchi umumharbiy, ajratuvchi protivogazlar resperatorlar kiradi.

PSh -4 markali umumharbiy filtrlovchi protivogazlar (gazniqob ) nafas a’zolari ko’z va yuzni zaharlovchi radioaktiv moddalar, va bakterial vositalardan himoya qilishning asosi vazifasi bo’lib hisoblanadi. Bu bilan harbiy qo’shinlarning harbiy xizmatchilari ta’minlanadi. Protivogazlar ( gazniqob ) filtrlovchi - yutuvchi korobka nafas oladigan havoning radioaktiv zaharlovchi moddalar va bakterial vositalardan tozalash uchun xizmat qiladi. U silindr shaklida bo’lib korobkaning tagida nafas oladigan havo kiritish uchun teshik bo’ladi. Tozalangan havo karobka qopqog’iga burab o’rnashtirilgan naycha orqali o’tib keladi. Filtrlovchi korobka mustahkam bo’lishi uchun unda burama joylar bo’ladi. Korobkaning ichki qismi havo oqimi bo’ylab tutunga qarshi filtr va maxsus ishlov berib faollashtirilgan ko’mir solingan yutqich bilan ta’minlangan. Bu yutqich ko’pincha shixta deb ataladi. Protivogazning yuz qismi, shlem niqob rezinkadan tayyorlanib, u 2 ta yirik ko’z oynak, ko’z oynaklar terlashni kamaytiruvchi 2 ta obtekatel, shlem niqobni filtrlovchi qutichani birlashtiruvchi rezinali naydan iborat. Shlem niqobni old qismida og’zaki buyruqlar topshiriqlar suhbatlar yaxshi eshitilishi uchun mo’ljallangan maxsus moslama o’rnatilgan. Shlem niqoblar o’lchovini aniqlash uchun yuz vertikal aylana bo’ylab santimetrda o’lchanadi, yani lenta iyakning quyi nuqtasi orqali yonoqlar bo’yicha quloq chig’anog’i oldida o’tib, boshning tepasida tutash chiziq bo’yicha o’lchanadi. Protivogazni kiyish uchun nafas olmasdan ko’zlarni yumib turib bosh kiyim yechiladi. Protivogaz xaltachadan chiqarilib ikkala qo’l bilan shlem niqobning qalin joyi boshga kiyiladi. Shlem niqobning pastki joyi iyakka qo’yiladi. Undan keyigina chuqur nafas olinadi, ko’z ochiladi, bosh kiyimi kiyiladi. Xaltachaning qopqog’i yopiladi. Ko’z oynak shishalari ko’z ro’parasida turishiga e’tibor berish kerak. Protivogazni yechish to’g’risida buyruq olingandan so’ng, u yechiladi. Resperatorlar nafas a’zolarini radioaktiv va tuproq changlaridan va bakterial a’erozollardan himoya qiladi. P – 2 resperatori 3 qavat materialdan tayorlangan bo’lib yuqori qavati penopoliuretadan yasalgan nafas olish uchun 2 ta nafas oluvchi klapan o’rnatilgan va qavatlar orasiga materilal qo’yiladi. Resperator yana boshqa mahkamlash uchun 2 ta rezina tasma bilan jihozlangan. Nafas oliganda havo resperator bilan filtrning butun sirtidan aylanib o’tib, changdan tozalanadi va nafas olish klapanlari orqali nafas olish a’zolariga yetib keladi. Resperatorlar 3 xil o’lchovda tayyorlanadi ( 1, 2, 3 ). Shuni aytish kerakki resperator nafas olish uchun olingan havoni kislorod bilan boyitmaydi va zaxarli moddalarning gazlari hamda bug’laridan himoya qilmaydi.



Terini himoya qilish vositalari vazifasiga ko’ra maxsus vositalar bilan qo’lda mavjud vositalarga bo’linadi. Himoyalanishning tabel vositalaridan foqaro muhofazasi tuzilmalarining shaxsiy tarkibi zaharlangan joyda ishlash vaqtida foydalaniladi.

L - 1 yengil himoya kostyumi teri qavatlarini va formali kiyimlarni, zaharlovchi moddalar, radioaktiv moddalar hamda bakterial vositalardan zararlanishdan himoya qilishga mo’ljallangan. U rezina matodan tayyorlangan bo’lib himoyalanish kostyumi, himoyalanish etigi, va qo’lqopi fartuk kiradi. Bu vositalar sanoatda plyonka hosil qiluvchi sintetik moddalardan tayyorlanadi, bular havoni batamom o’tkazmaslik bilan birga, o’ziga tushgan, zararli modda tomchilardan puxta himoya qiladi. Butun tanani tashqi muhitdan izolatsiya qilish uchun terini himoya qilish vositalardan komplek tarzda foydalanadi. Himoyalanish tabel vositalari himoyalanish kiyimlari deb ataladi.

L – 1 yengil himoya kostyumi rezina matodan tayyorlanib kapyushonli ko’ylak, paypoqli shim, podshlemnik va ikki barmoqli himoya qo’lqoplaridan iborat. Paypoqli shimning yuqori qismiga 2 ta yelka tasmasi va paypoqni oyoqqa zich qilib bog’lash uchun bog’ichlar tikilgan, L – 1 yengil himoya kostyumi yr o’lchovda, bo’yi 165 sm gacha bo’lgan harbiy xizmatchilarga birinchi, 165 sm dan 172 sm gacha bo’lganlarga ikkinchi, 172 sm dan yuqori bo’lganlarga uchinchi o’lchovda tayyorlangan bo’ladi.

L – 1 yengil himoya kostyumi zararlangan joylarda ishlash uchun zararlanmagan joyda esa formada kiyim kechaklar ustidan kiyiladi.

Plyonkali himoya kostyumi harbiy xizmatchilaning teri qavatlarini zaharlovchi moddalar, radioaktiv moddalar, bakterial vositalardan himoyalash va formali kiyim kechaklar, aslaha - anjomlar, qurollaning zararlanishini kamaytirish uchun mo’ljallangan.

Plyonkali himoya kostyumi himoya plashi va himoya paypog’idan iborat bo’lib, polimer shaffor plyonkali materialdan tayyorlangan. Plyonkali himoya kostyumi vaqti – vaqti bilan qo’llaniladigan vosita bo’lib hisoblanadi. Zaharlovchi moddalar va bakterial vositalardan zaharlovchi moddalar va bakterial vositalardan zararlanganda maxsus sanitariya ishlovchi o’tkazmasdan yo’qotiladi, radioaktiv moddalardan zararlanganda dezaktivatsiya o’tkaziladi va qayta ishlatiladi.

Himoya kombinizoni rezina qo’shilgan materialdan tayyorlangan bo’ladi. Kombinizon yaxlit qilib tikilgan kurtka, shim va kapyushonda iborat. Kombinizon rezina etik, himoya qo’lqopi bilan birga komplekt holida qo’llaniladi.












Download 13,78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   179   180   181   182   183   184   185   186   ...   281




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish