Navoiy davlat pedagogika instituti jismoniy tarbiya fakulteti tibbiy bilim asoslari kafedrasi



Download 13,78 Mb.
bet151/281
Sana27.07.2021
Hajmi13,78 Mb.
#130013
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   281
Bog'liq
Navoiy davlat pedagogika instituti jismoniy tarbiya fakulteti ti (2)

Davolash. Kuyishni davolash bir qancha umumiy va mahalliy chora tadbirlardan iborat.

Umumiy choralar bemorning ahvoliga qarab shokka, zaharlanishga, suvsizlanishga, sepsisga va kamqonlikka qarshi kurashishdan iborat bo‘ladi. Bemor ko‘p miqdorda issiq shirin choy, mors va boshqalarni (bir kunda 4-5 litrgacha) ichishi lozim. Shuningdek, suyuqlik teri ostiga, mushaklar orasiga yoki klizma holida yuboriladi. Yuqori kalloriyali, oqsil va vitaminga boy ovqat yeyish katta ahamiyatga ega.

Kuyishni mahalliy davolash uning darajasiga bog‘liq. Birinchi darajali kuyishda kuygan sohaga sterillangan vazelin surtish kifoya qiladi. Ikkinchi darajali kuyishda toza bog‘lam xonasida morfin ineksiya qilingandan keyin kuygan sohani birlamchi tozalash shart. Og‘riqni kamaytirish uchun kuygan sohaga 1% li novokain eritmasiga ho‘llangan sterillangan salfetka yopiladi. Tozalash asosan, kuygan sohani va uning atrofini fiziologik eritma hamda 5% yoki 0,5% li nashatir spirt eritmasi bilan ohista yuvishdan, iflos qilib turgan narsalarni va pufakchalarning qolgan qismlarini olib tashlashdan iborat. Tozalashdan keyin har xil bog‘lamlar qo‘yiladi: quruq aseptik, penitsillin yoki novokain eritmasi bilan ho‘l, ko‘pincha esa mazli bog‘lamlar (vazelin yog‘i, sintomitsin emulsiyasi, Vishnevskiy mazi) va boshqalardan foydalaniladi. Kuyishni hech qanday bog‘lamsiz ochiq davolash maqsadga muvofiqdir. III-IV darajali kuyishda o‘lgan to‘qimalarni olib tashlash (nekro-ektomiya) va terini ko‘chirib o‘tkazish tavsiya etiladi.

Kuyishni mahalliy davolashda bir necha maqsad ko‘zda tutiladi. Bunda infeksiyaning oldini olish yoki uni susaytirishga, plazma yo‘qotishning oldini olish yoki kamaytirishga, og‘riq sezgilarini tugatishga, kuyishdan zararlangan to‘qimalarning parchalanish mahsulotlari qonga so‘rilishini kamaytirishga va nihoyat, kuygan badanni epiteliy bilan tezroq qoplanishiga intilish kerak.

Hozirgi vaqtda kuyishni davolashning ikkita asosiy: ochiq va yopiq usuli tatbiq etilmoqda. Ochiq usul bog‘lamsiz usul deb ham ataladi. Yopiq usulda har xil dorilar surtilgan bog‘lamlar ishlatiladi. Kuyishni davolashning ochiq usulida har xil dorilarni ishlatish ham, ishlatmaslik ham mumkin.

Hozirgi vaqtda terining kuygan qatlamlarini koagulyatsiyalaydigan va zich strup hosil bo‘lishiga yordam beradigan moddalar keng qo‘llanilmoqda. Shu maqsadda kuygan yuzaga kaliy permanganatning quyuq (10% li) eritmasi yoki taninning 5% li eritmasi surtiladi, ba’zan tanindan hosil bo‘lgan pardaga 10% li nitrat (lyapis) eritmasi surtiladi. Bu tozalash juda og‘riqli bo‘lib odatda, narkoz berish (yaxshisi azot (I)-oksid) kerak bo‘ladi. Hozir bolalar kuyganda va katta odamlarning yuzi kuyganda shu usulda davolanmoqda.

Ochiq usulda davolaganda maxsus vositalardan foydalaniladi. Kuygan soha birlamchi tozalanib, bemor karkas ostidagi sterillangan choyshabga yotqiziladi. Karkas ustidan sterillangan choyshab va adyol yoyiladi. Karkaz ichidagi lampalar yoqilib bemor isitiladi. Qurigan havo isituvchi ta’sir etib, kuygan soha ustida strup — zich quruq po‘st hosil qiladi. Bu esa kuygan sohani yaxshi himoya qiladi. Hozirgi paytda kuygan jarohatga terini ko‘chirib o‘tqazish usuli ham keng qo‘llanilyapti.

Ba’zan yuz va yuqori nafas yo‘llari kuyganda (qaynoq suv, bug‘ yoki gaz) halqum tez shishib, nafas qisganda traxeostomiya xirurgik davolash sifatida qo‘llaniladi.

Qo‘l-oyoq to‘qimalari qorako‘mir bo‘lganda tirik to‘qima chegarasida amputatsiya qilinadi.


Download 13,78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   281




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish