Navoiy davlat pedagogika instituti fizika matematika fakulteti informatika o



Download 2,98 Mb.
Pdf ko'rish
bet73/173
Sana14.07.2021
Hajmi2,98 Mb.
#119153
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   173
Bog'liq
MARUZA-MATN-Masofaviy-123

IP va URL Adreslar 
Kompyuter tarmog'i bitta kompyuterni ikkinchisi bilan o'zaro bog'lash va ma'lumot uzatish uchun 
mo'ljallangan.  Kompyuter  tarmoqlari  ulardagi  kompyuterlar  joylashuvi  va  bog'lanish  usuli 
bo'yicha mahalliy va global turlarga bo'linadi. 
  Mahalliy  kompyuter  tarmog'ida  kompyuterlar  bitta  xona;  yonma-yon  xonalar,  qavatlar  yoki 
binolarda joylashgan bo'ladi. Odatda ularni o'zaro bog'lash uchun tarmoq kabelidan foydalaniladi. 
Tarmoq kabelining bir qator turlari mavjud, masalan: juftlik, koaksial va shisha tolali.  
Tarmoqdagi kompyuterlarning o'zaro ulanish tuzilmasi tarmoq topologiyasi deyiladi. 
Tarmoq topologiyasining quyidagi turlari mavjud: 
  - Umumiy bog'lam; 
  - Aylana; 
  - Yulduzsimon. 
 
 
Tarmoqdagi  kompyuterlarning  o'zaro  ulanish  usuli,  ma'lumot  almashish  asoslarini  belgilovchi 
vosita  bu  tarmoq  texnologiyasidir.  Tarmoq  texnologiyasi  tarmoqdagi  kompyuterlar  ma'lumot 
almashish  uslubi,  kompyuterlar  maksimal  soni,  ular  o'rtasida  masofa,  tarmoq  kabeli  va  anjom-
uskunalarini belgilaydi. Tarmoq texnologiyalarining asosiy turlari: 
  - Ethernet; 
  
- Arc Net

  - Token Ring; 


107 
 
  - Fast Ethernet; 
  - Gigabit Ethernet; 
  - FDDI; 
  - 100VG Any-LAN. 
 Kompyuterni tarmoqqa ulash uchun unda maxsus qurilma - tarmoq adapteri mavjud bo'lishi shart. 
U  sistema  blokining  asosiy  platasi  tarkibiga  kiritilgan  yoki  uning  bo'sh  uyalarining  biriga 
o'rnatilgan bo'lishi mumkin. 
Tarmoqdagi kompyuterlar o'zaro muloqotda bo'lishi va ma'lumot almashishi uchun maxsus vosita 
-  tarmoq  protokoli  ishlab  chiqilgan.  Tarmoq  protokoli  kompyuterlar  o'zaro  bog'lanish  va 
muloqotda bo'lish tartib qoidasini belgilab, o'zaro ma'lumot almashishi kerak bo'lgan kompyuterlar 
bir  xil  tarmoq  protokolidan  foydalanishi  lozim.  Tarmoq  protokolining  quyidagi  asosiy  turlari 
mavjud: 
  - NetBEUI; 
  - IPX/SPX; 
  - TCP/IP; 
  - POP3; 
  - SMTP. 
Yuqorida  ko'rsatilgan  tarmoq  protokollaridan  TCP/IP  dan  keng  foydalaniladi,  chunki  undan 
nafaqat mahalliy, balki global tarmoqda ham foydalanish mumkin. 
Global tarmoqda kompyuter orasidagi masofa uzoq bo'lib, ular o'zaro ma'lumot almashishi uchun 
mavjud telefon tarmoqlari, maxsus tarmoq magistrallari, sun'iy yo'ldosh aloqasi qo'llaniladi. 
 Global tarmoqlarning eng ommabop va mashhuri bu Internet tarmog'idir. 
Kompyuterni  global  tarmoqqa  ulash  uchun  unga  maxsus  qurilma  -  modem  (modulyator-
demodulyator)  o'rnatilishi  shart.  Modem  telefon  tarmog'i  orqali 
Internet  provayderiga  ulanib

Internet  kabi  global  tarmoqda  ishlash  imkonini  yaratadi.  Modemlarning  quyidagi  asosiy  turlari 
mavjud: 
  - Ichki modem (Internal Modem) kompyuterning asosiy platasida joylashgan. 
  -  Tashqi  modem  (External  Modem)  alohida  qurilma  bo'lib,  kabel  yordamida  kompyuterga 
ulanadi. 
  -  Ixcham  kompyuter  modemi  (PCM/PCMCIA)  alohida  plata  ko'rinishida  bo'lib,  asosiy 
plataning ichki yoki tashqi bo'sh uyasiga o'rnatiladi. 
 Internet va intranet 
  Internet  -  bu  avvaldan  qabul  qilingan  kelushuvlar  asosida  faoliyat  ko'rsatuvchi  jahon  global 
kompyuter tarmog’idir. Uning nomi "tarmoqlararo" degan ma'noni anglatadi. U mahalliy (lokal), 
mintaqaviy va global kompyuter tarmoqlarini birlashtiruvchi axborot tizimi bo'lib, o'zining alohida 
axborot  maydoniga  ega  bo'lgan  virtual  (hayoliy,  faqat  kompyuter  xotirasida  mavjud  bo'lgan) 
to'plamdan tashkil topadi. 
Internet unga ulangan barcha kompyuterlarning o'zaro ma'lumotlar almashish imkoniyatini yaratib 
beradi.  O'zining  kompyuteri  orqali  internetning  hap  bir  mijozi  boshqa  shahar  yoki  mamlakatga 
axborot uzatishi mumkin. Masalan, Toshkentdagi Navoiy kutubxonasi katalogini ko'rib chiqishi, 
Amir  Temur  muzeyining  oxirgi  ko'rgazmasiga  qo'yilgan  eksponatlar  bilan  tanishishi,  xalqaro 
anjumanlarda ishtirok etishi, bank muomalalarini amalga oshirishi va hatto boshqa mamlakatlarda 
istiqomat qiluvchi tarmoq mijozlari bilan shaxmat o'ynashi mumkin. 
 Internet XX asrning eng buyuk kashfiyotlaridan biri hisoblanadi. Ushbu kashfiyot tufayli butun 
jahon bo'ylab yoyilib ketgan yuz millionlab kompyuterlarni yagona axborot muhitiga biriktirish 
imkoniyati tug’ildi. 
Foydalanuvchi  nuqtai-nazaridan  tahlil  kiladigan  bo'lsak,  internet,  birinchi  navbatda,  tarmoq 
mijozlariga  o'zaro  ma'lumotlar  almashish,  virtual  muloqot  qilish  imkonini  yaratib  beruvchi 
axborot  magistrali  vazifasini  o'taydi,  ikkinchidan  esa,  unda  mavjud  bo'lgan  ma'lumotlar  bazasi 
majmuasi dunyo bilimlar omborini tashkil etadi. Bundan tashqari, internet bugungi kunda dunyo 
bozorini  o'rganishda,  marketing  ishlarini  tashkil  etishda  zamonaviy  biznesning  muhim 


108 
 
vositalaridan  biriga  aylanib  bormoqda.  Internet  o'zini  o'zi  shakllantiruvchi  va  boshqaruvchi 
murakkab tizim bo'lib, asosan uchta tarkibiy qismdan tashkil topgandir: 
  
- texnik

  - dasturiy; 
  - axborot. 
Internetning texnik tarkibiy qismi har xil turdagi kompyuterlar, aloqa kanallari (telefon, sputnik, 
shisha  tolali  va  boshqa  turdagi  tarmoq  kanallari)  hamda  tarmoq  texnik  vositalaridan  tashkil 
topgandir.  Internetning  ushbu  texnik  vositalarining  barchasi  doimiy  va  vaqtinchalik  asosda 
faoliyat  ko'rsatishi  mumkin.  Ulardan  ixtiyoriy  birining  vaqtinchalik  ishdan  chiqishi  Internet 
tarmog'ining umumiy faoliyatiga aslo ta'sir etmaydi. 
  Internetning  dasturiy  ta'minoti  (tarkibiy  qismi)  tarmoqqa  ulangan  xilma-xil  kompyuterlar  va 
tarmoq vositalarini yagona standart asosida (yagona tilda) muloqot qilish, ma'lumotlarni ixtiyoriy 
aloqa  kanali  yordamida  uzatish  darajasida  qayta  ishlash,  axborotlarni  qidirib  topish  va  saqlash 
hamda  tarmoqda  axborot  xavfsizlikni  ta'minlash  kabi  muhim  vazifalarni  amalga  oshiruvchi 
dasturlar majmuasidan iboratdir. 
Internetning axborot tarkibiy qismi Internet tarmog'ida mavjud bo'lgan turli elektron hujjat, grafik 
rasm, audio yozuv, video tasvir va hokazo ko'rinishdagi axborotlar majmuasidan tashkil topgandir. 
Ushbu  tarkibiy  qismning  muhim  xususiyatlaridan  biri,  u  butun  tarmoq  bo'ylab  taqsimlanishi 
mumkin.  Masalan,  kompyuteringizda  o'qiyotgan  elektron  darsligingizning  matni  bir  manbadan, 
rasmlari 
va  tovushi  ikkinchi  manbadan
,  videotasvir  va  izohlari  esa  uchinchi  manbadan  olinishi 
mumkin. Shunday qilib, tarmoqdagi elektron hujjatni o'zaro moslashuvchan "giper-bog'lanishlar" 
orqali bir necha manbalar majmuasi ko'rinishida tashkil etish mumkin ekan. 
 Natijada millionlab o'zaro borlangan elektron hujjatlar majmuasidan tashkil topgan axborot muhiti 
hosil bo'ladi. 

Download 2,98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   173




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish