0.4µm-0.78µm (400nm-780nm) oralig‘ida joylashgan elektromagnit to‘loqinlardir
?
Yorug‘likning bo‘shliqdagi tezligi
2
λ =0.4µm-binafsha nur
λ =0.78µm-qizil nur
?
Yoruglik to‘lqinlarining uzunligi
3
Barcha nuqtalarida sindirish ko‘rsatkichi bir xil (n=const) bo‘lgan muhit
?
Har xil to‘lqin uzunligidagi yorug‘likning rangi har xil bo‘ladi :
4
Yorug‘likning bir shaffof muhitdan ikkinchi shaffof muhitga o‘tishi va bu o‘tishda uning tarqalish yo‘nalishining o‘zgarishi
?
Bir jinsli muhit
5
Yorug‘lik nuri vakuumdan biror muhitga o‘tgan holda mazkur muhitning vakuumga nisbatan sindirish ko‘rsatkichi
?
Yorug‘likning sinishi
6
Elektromagnit to‘lqin
?
Muhitning absolyut sindirish ko‘rsatkichi
7
C=3 *108 m/s
Ikkita guruhdan kelishilgan holda ikkitadan o‘quvchi doskaga chiqib ikkalasi bittadan savol tortib savolga javob berib guruhiga ball olib beradi.
1-guruh savollari 1.Yorug‘lik tezligini aniqlashning Ryomer usulini tushuntiring. Yorug‘lik tezligini birinchi marta astronomik usul bilan daniyalik astronom Ryomer 1676-yilda o‘lchagan. Unda Yupiter sayyorasi yo‘ldoshining Yupiter orqa tomonidan (soyasidan) o‘tishidagi kechikishiga ko‘ra aniqlangan. Ryomerda yorug‘lik tezligi 215000 km/s bo‘lgan
2.Yorug‘lik tezligini aniqlashning laboratoriya usuli (Fizo, 1849-yil) Aylanuvchi tishli g‘ildirak usulidan foydalangan. Yorug‘lik tezligi 313000 km/s bo‘lgan
2-guruh savollari 1.Yorug‘lik tezligini aniqlashning Mayklson usuli (1929-yil) Aylanuvchi sakkiz qirrali ko‘zgu usulidan foydalangan. Bunda tezlik 299792456±4 km/s bo‘lgan. Hozirda o‘lchangan natijaga ko‘ra c=(299792456±0.8)m/s yoki c=3*108 m/s 2.To‘la ichki qaytish qonunini batafsil yoriting Yorug‘lik nuri absolyut sindirish ko‘rsatkichi katta bo‘lgan muhitdan absolyut sindirish ko‘rsatkichi kichik bo‘lgan muhitga o‘tganda ma’lum tushish burchagida hamma yorug‘lik energiyasi orqaga qaytadi. Bu hodisa to‘la ichki qaytish deyiladi.
Yuqoridagilarni umumlashtirgan holda «Kungaboqar» metodidan foydalanamiz. Kungaboqar markaziga «Yorug‘lik nurining xossalari» deb yozilgan. Talabalar kungaboqarning har bir yaprog‘iga bittadan ma’lumot yozishadi. Ma’lumotlar qancha ko‘p bo‘lsa kungaboqar ko‘p yaproqli va chiroyli bo‘ladi. Qaysi guruhning ma’lumoti ko‘p bo‘lsa shu guruhga yuqori ball beriladi.
Ishning bajarilish tartibi Shishaning sindirish ko‘rsatkichini 2-rasmda ko‘rsatilgan qurilma yordamida aniqlash mumkin.
Tushuvchi va singan nurlarning yo‘nalishi to‘g‘nag‘ichlar 1,2,3,4 yordamida aniqlanadi.
B nuqtani markaz qilib olib R radiusli mumkin qadar kattaroq aylana chizing.
Tushuvchi nur A, B va singan nur BFC ni chizing.
B nuqtadan o‘tkazilgan normalga aylanadan katta A va C nuqtalardan AE va CD perpindikulyar tushuring.
Millimetrli qog‘ozda AE va CD larni aniqlang.
Sindirish ko‘rsatkichini 4-ifoda yordamida hisoblang.
O‘lchashlar har xil burchaklar uchun 3 marta takrorlanadi.