Fizika –asdtronomiya ta’lim yo‘nalishi 2-bosqich talabalari uchun optika fanidan JN savollari.
2-qator
1. Yorug‘lik nuri yassi-parallel shisha plastinkaga 300 burchak bilan tushib, undan dastlabki nurga parallel holda chiqadi. Shishaning sindirish ko‘rsatkichi 1,5. Agar nurlar o‘rtasidagi masofa 1,94 sm bo‘lsa, plastinkaning d qalinligi qancha?
Javob: d=0,1m.
2.Yorug‘lik nuri skipidardan havoga chiqmoqda. Bu nur uchun to‘la ichki qaytishining limit burchagi 42023/. Skipidardagi yorug‘likning tarqalish tezligi qancha?
Javob: 2,02∙108 m/sek.
3.Monoxromatik nur teng yonli prizmaning yon sirtiga tushib, prizmada singanidan keyin uning asosiga parallel ketadi. U prizmadan chiqishida, o‘zining dastlabki yo‘nalishidan δ burchakka og‘adi. Bu holda prizmaning sindirish burchagi γ, nurning og‘ishi δ hamda bu nur uchun sindirish ko‘rsatkichi n o‘rtasidagi bog‘lanish topilsin.
Javob: Sin . Bu holda nur dastlabki yo‘nalishdan eng kam og‘adi.
4.Nyuton halqasi hosil qilinadigan qurilma normal tushayotgan oq yorug‘lik bilan yoritilmoqda. 1) To‘rtinchi ko‘k halqa (λ1=4∙10-5sm) va 2) uchinchi qizil halqa (λ2=6,3∙10-5sm) radiuslari topilsin. Kuzatish o‘tuvchi yorug‘likda olib boriladi. Linzaning egrilik radiusi 5 m.
Fizika –asdtronomiya ta’lim yo‘nalishi 2-bosqich talabalari uchun optika fanidan JN savollari.
3-qator
1. Yassi-parallel sirtli qalinligi 1sm shisha plastinkaga (shishaning sindirish ko‘rsatkichi 1,73) 600 burchak bilan nur tushib, uning bir qismi qaytadi, ikkinchi qismi esa sinib, shisha orasiga o‘tadi; bu qism plastikaning ostki sirtidan qaytadi va ikkinchi marta sinib, yana havoga birinchi qaytgan nurga parallel holda chiqadi. Nurlar o‘rtasidagi l masofa topilsin.
Javob: l=5,8 mm
2. 10 sm balandlikka qadar suv bilan to‘ldirilgan idishning tubiga nuqtaviy yorug‘lik manbai joylashtirilgan. Suv ustida tiniq bo‘lmagan doiraviy plastinka markazi yoru’glik manbai ustida turadigan holda suzib yuribdi. Bironta ham nur suv sirtidan chiqmasligi uchun mazkur plastinka qanday eng kichik radiusga ega bo‘lishi kerak?
Javob: 0,114m
3.Monoxromatik yorug‘lik nuri to‘g‘ri burchakli teng yonli prizmaga uning yon sirtidan kirmoqda. Nur prizmaga kirgach, gipotenuza chetidan to‘la ichki qaytib, ikkinchi katod orqali chiqadi. Bu nur uchun prizma materialining sindirish ko‘rsatkichi 1,5 bo‘lsa, yana to‘la ichki qaytish ro‘y berishi uchun nurning prizmaga tushadigan eng kichik burchagi qanday bo‘lishi kerak?
Javob: 4047′
4.Nyuton halqasi yassi shisha bilan egrilik radiusi 8,6 m bo‘lgan linza o‘rtasida hosil qilingan. Monoxromatik yorug‘lik normal tushadi. Markaziy qorong‘u halqani nolinchi deb hisoblab, to‘rtinchi qorong‘u halqaning diametri 9 mm. ga tengligi aniqlangan. Tushayotgan yorug‘likning to‘lqin uzunligi topilsin.
Javob: λ=5890 Ǻ
Do'stlaringiz bilan baham: |