Tа’lim sоhаsidаgi tub islоhаtlаrning аsоsiy mаqsаdi jаhоn аndоzаlаri аsоsidа bilimlаr
bеrish vа rаqоbаtdаsh kаdrlаr tаyyorlаshdir. Shuning uchun tа’lim tizimidаgi 5110700 – Infоrmаtikа oʻqitish mеtоdikаsi yoʻnаlishidа oʻqitilаdigаn fаnlаr hаm zаmоnаviy fаnlаrdаn hisоblаnаdi. Ushbu nаmunаviy dаstur bugungi kunning zаmоnаviy bilimlаri bilаn yangilаngаn vа qаytа ishlаngаn dаstur boʻlib, undа fаnning nаzаriy vа аmаliy jihаtlаrigа аlоhidа e’tibоr qаrаtilgаn.
Mazkur fan dasturi bakalavriat yo‘nalishi: 5110700 – Informatika o‘qitish metodikasi yo‘nalishida o‘qiladigan «Masofaviy ta’lim texnologiyalari» o‘quv fani bo‘yicha tuzilgan boʻlib, fan mazmunining nazariy va amaliy xulosalariga tayanadi. Bu fan tanlov fanlariga kirib, 4-semestrda o‘qitiladi. Dasturni amalga oshirish o‘quv rejasidagi rejalashtirilgan informatika, umumiy psixologiya va umumiy pedagogika fanlaridan olingan nazariy va amaliy bilimlarga tayanadi.
«Masofaviy ta’lim texnologiyalari» fani insonlarda axborot muhitida ma’lum bir dunyoqarashni shakllantirishga hizmat qilishi bilan bir qatorda, uning axboriy madaniyatni egallashida asosiy rol o‘ynaydi. Bugungi «Axborot» asrida yoshlarning kompyuter savodxonligini oshiribgina qolmay, balki grafik ma’lumotlar bilan ishlash imkoniyatlarin oshiradi. Umumiy o‘rta ta’lim maktablari, akademik litsey va kasb – hunar kollejlarda «Informatika» va «Axborot texnologiyalari» mutahassislaridagi fanlarni o‘qitish uchun kadrlarni tayyorlab beradi.
O‘quv fanining maqsadi vavazifasi
Mazkur ishchi o`quv fan dasturi bakalavriat yoʻnalishining 5110700 – Informatika oʻqitish metodikasi yoʻnalishida tahsil olayotgan talabalarning oʻzlashtirishi lozim boʻlgan bilimlari va unga qoʻyiladigan talablar asosida tuzilgan boʻlib, boʻlajak fan oʻqituvchisi egallashi kerak boʻlgan qoʻyidagi bilimlar va koʻnikmalar majmuini oʻz ichiga oladi:
Masofali ta’lim va masofali oʻqitish tushunchalari;
Masofali oʻqitishning didaktik prinsiplari;
Masofali oʻqitishning metodik asoslari va vositalari;
Masofali oʻqitish metodlari va modellari haqida ham etarli darajada ma’lumotlar berishni ham koʻzda tutadi.
Masofaviy ta’lim texnologiyalari fanini oʻqitishdan maqsad- informatika oʻqituvchisining kasbiy sohasida egallashi lozim boʻlgan masofali ta’lim va masofali oʻqitish tushunchalari haqida ma’lumot berish, masofali oʻqitishdagi didaktik prinsiplarni ochib berish, masofali oʻqitishning metodik asoslari va vositalari haqida ma’lumot berish, Masofali oʻqitishning asosiy shakllarini oʻrgatish; Masofali oʻqitish metodlari va modellari bilan tanishish, masofaviy oʻqitishning dasturiy va tashkiliy ta’minoti; masofaviy oʻqitishda axborot almashinish shakllari va ularni tashkil etish texnologiyasi borasidagi bilimlar va amalda qoʻllash uchun koʻnikma va makalalarni shaklantirish va rivojlantirishdan iborat.
Masofaviy ta’lim texnologiyalar» fanining vazifasi:
- «Masofaviy oʻqitish» va «masofaviy ta’lim» tushunchalari, ularning maqsadi va vazifalari, funksiyalari, didaktik imkoniyatlari, pedagogik asoslari, masofaviy ta’lim tizimning tuzilmasi, tashkiliy shakllari va uni tashkil etishga qoʻyiladigan talablar, masofaviy oʻqitishning oʻquv – metodik ta’minoti, masofaviy oʻqitish uchun oʻquv-metodik materiallar tayyorlash
texnologiyasi, masofaviy oʻqitishning texnik ta’minoti, masofaviy ta’lim tizimida yangi axborot texnologiyalari vositalari va maxsulotlaridan foydalanish, masofaviy oʻqitishning dasturiy va tashkiliy ta’minoti, axborot almashinish shakllari va ularni tashkil etish. xaqidagi ma’lumotlarni berishdan iborat;
- «Masofaviy oʻqitish» va «masofaviy ta’lim» tushunchalari, ularning maqsadi va vazifalari, funksiyalari; masofaviy oʻqitishning oʻziga hos hususiyatlari va didaktik imkoniyatlari; masofaviy ta’limning pedagogik asoslari; masofaviy ta’lim tizimning tuzilmasi; masofaviy ta’limning tashkiliy shakllari; masofaviy ta’limni tashkil etishga qoʻyiladigan talablar; masofaviy oʻqitish texnologiyasi; masofaviy oʻqitishning oʻquv – metodik ta’minoti tarkibini bilishikerak;
- Masofaviy oʻqitish uchun oʻquv-metodik materiallar tayyorlash texnologiyasi; masofaviy oʻqitishning texnik ta’minoti va ular yordamida axborot almashinuvini tashkil etish; masofaviy ta’lim tizimida yangi axborot texnologiyalari vositalari va mahsulotlaridan foydalanish; masofaviy oʻqitishning dasturiy va tashkiliy ta’minoti; masofaviy oʻqitishda axborot almashinish shakllari va ularni tashkil etish koʻnikmalariga ega boʻlishikerak;
Masofaviy oʻqitishning oʻziga hos hususiyatlari va didaktik imkoniyatlari; masofaviy ta’limning pedagogik asoslari; masofaviy ta’lim tizimning tuzilmasi; masofaviy ta’limning tashkiliy shakllari; masofaviy ta’limni tashkil etishga qoʻyiladigan talablar; masofaviy oʻqitish texnologiyasi; masofaviy oʻqitishning oʻquv – metodik ta’minoti tarkibi; va oʻquv-metodik materiallar tayyorlash texnologiyasi; masofaviy oʻqitishning texnik ta’minoti va ular yordamida axborot almashinuvini tashkil etish; masofaviy ta’lim tizimida yangi axborot texnologiyalari vositalari va maxsulotlaridan foydalanish; masofaviy oʻqitishning dasturiy va tashkiliy ta’minoti; masofaviy oʻqitishda axborot almashinish shakllari va ularni tashkil etish haqidagi bilim, koʻnikma va malakalariga egaboʻ lish kerak.