Internet saytlari
www.gov.uz – O‘zbekiston Respublikasi hukumat portali
www.lex.uz - O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari milliy bazasi
www.ziyonet.uz – Axborot ta’lim portali
www.edu.uz – Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi portali
www.tdpu.uz – Nizomiy nomidagi TDPU rasmiy sayti
www.amazon.com
Glossariy
HTML – gipermatnli ma’lumotlarni hosil qiluvchi va ular ustida ishlovchi maxsus dasturiy til.
Internet Explorer – internet bilan ishlashni ta’minlaydigan dastur.
IP (Internet protocol) manzili – kompyuterning internet tarmog‘idagi manzili. On-line mashg‘ulot – barcha qatnashuvchi (talabalar va o‘qituvchi)lar internet orqali axborot almashinish yo‘li bilan o‘zaro aloqa qiladigan o‘quv mashg‘uloti ko‘rinishi.
On-line muhokama – elektron doskalarda biror mavzuni ayni vaqtdagi muhokamasi.
On-line o‘qish – internet texnologiyalariga asoslangan ta’lim muhitidan foydalanib o‘quv materiallarini o‘rganish jarayonini tashkil etish usuli.
Administrator – elektron axborot-ta’lim resurslarini moslashtirish va boshqarish uchun keng huquqlarga ega bo‘lgan mutaxassis.
Animatsiya – dinamik va ovozli jarayonlarni ifodalashga imkoniyat beradigan grafik axborotlarni tashkil etish usuli.
Asinxron kommunikatsiya – axborotlarni vaqt bo‘yicha kechiktirib almashish imkoniyatini beradigan muloqot vositalari (forum, el. Pochta).
Audioanjuman – tarmoq texnologiyasi tizimi va telefondan foydalangan holda turli geografik nuqtalarda joylashgan bir qancha shaxslarning ma’lumotlarni ovozli
– raqamli ko‘rinishda almashinish jarayoni.
Axborot xavfsizligi – himoyalanayotgan axborotning asosiy uchta: konfidensiallik, yaxlitlik, tayyorlik xossalarini saqlash maqsadida funksional va axborotga kirish imkoniyatlarni chegaralaydigan vazifa.
Axborot – (lat. Informatio– tushuntirish, bayon qilish) – shartli belgilar yordamida shaxslar, predmetlar, dalillar, voqealar, hodisalar va jarayonlar haqida, ularni
tasvirlash shaklidan qat’iy nazar uzatiladigan va saqlanadigan ma’lumotlar. Bilimlar bazasi – biror fan sohasiga oid obyektlarning xossalari, jarayon va hodisalarning qonuniyatlari haqida ma’lumotlarni o‘zida mujassamlashtirgan, talab etilgan vaziyatlarda ushbu ma’lumotlarni foydalanish qoidalariga ega bo‘lgan holda tashkil etilgan bilimlar yig‘indisi.
Videoanjuman – turli geografik manzillardagi foydalanuvchi guruhlari orasida raqamli videoyozuv yoki oqimli video ko‘rinishida ma’lumotlarni almashinish asosida yig‘ilish va munozaralar o‘tkazish jarayoni.
Do'stlaringiz bilan baham: |