NAZORAT SAVOLLARI:
Internet tizimidan ta`lim jarayonida foydalanish asoslari? 2.Ma`lumotlarni izlash texnologiyalari?
3. Elektron pochta xizmati?
11-AMALIY MASHG‘ULOT
MAVZU: INTERNET TIZIMIDA ALOQANI TASHKIL ETISH HIZMATLARI.
Amaliy mashg‘ulotning maqsadi: talabalarga Internet tizimi va unda ishlash texnologiyalarini o`rgatish.
Nazariy qism:
Internet va undan foydalanish asoslari
Internet- bu minglab lokal va mintaqaviy kompyuter tarmoqlarini birlashtiruvchi butun dunyo kompyuter tarmog’`idir. Internet – o`z o`zini shakllantiruvchi va boshqaruvchi
murakkab tizim bo`lib, asosan 3 ta texnik, dasturiy, axborotli tarkibiy qismlardan iborat va ular quyidagilardan iborat:
Texnik tarkibiy qismi - turli rusumdagi kompyuter, aloqa kanallari, tarmoq texnik vositalari majmuidan tashkil topgan.
Dasturiy ta’minoti – tarmoqqa ulangan kompyuter va tarmoq vositalarini yagona standart asosida muloqot qilish, ma’lumotlarni ihtiyoriy aloqa kanali yordamida uzatish darajasida qayta ishlash.
Modem
axborotlarni qidirib topish va saqlash, hamda tarmoqda axborot havfsizligini ta’minlash kabi muhim vazifalarni amalga oshiruvchi dasturlar majmuidir.
Axborotli qismi – Internetda mavjud bo`lgan turli elektron hujjat, grafik, rasm, audiyozuv, videotasvir va h.k.lardan tashkil topgan. HTML – (Hyper Text Markup Language – gipermatn belgilash tili) WWW tizimi uchun hujjat tayyorlashda ishlatiladi.
WWW – (World Wide Web) – ― Jahon o`rgimcha to`ri ‖ aloqa tarmog’`i (qisqacha Web) tizimida
ma’lumotlar gipermatnli hujjatlar shaklida olinadi.
Gipermatn – Boshqa matnli hujjatlarga yo`l ko`rsatuvchi matndir.
Sayt – grafika va multimedia elementlari joylashtirilgan gipermedia hujjatlari ko`rinishidagi mantiqan butun axborot hajmidir. Multimedia – kompyuterda axborotning turli xil ko`rinishlari : rangli grafika, matn va grafikda dinamik effektlar, ovozlarning chiqishi va sintezlangan musiqalar, animasiya, shuningdek to`laqonli videokliplar, hatto videofilmlar bilan ishlashdir. Internetga ulanish va undan foydalanish
Hozirgi kunda axborot tarmog’idan foydalanish an’ananaviy tus olgan. Bugungi kunda milliy axborot tizimini shakllantirish jarayonida Internet va boshqa global axborot tizimlaridan keng foydalanish, ayniqsa muhim ahamiyatga ega. Bu «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi» da
ham ta’kidlanadi. Darhaqiqat, kundalik turmushda bilish zarur bo’lgan axborotlarning ko’pligi, ularni topish, olish va foydalanishni rejalashtirishni talab qiladi. Ya’ni, qanday turdagi axborotlarni gazeta, jurnal, televidenie yoki radiodan va qanday axborotlarni boshqa manbalardan, masalan, Internet yoki E-maildan o’zgartirilgan ma’lumotlar chiqariladi. Bunda ma’lumotlarni o’zgartirishning qonuniyatlari doimiy bo’ladi. Internet tizimidan foydalanish uchun eng avvalo, bu axborot tarmog’’iga ulanish lozim. Quyida bu tarmoqqa ulanish va undan foydalanish tartib- qoidalarini ko’rib chiqamiz. Kompyuterlar bir-biri bilan qanday bog’lanadi, degan savol tug’ilishi mumkin. Internetga bog’lanishning bir nechta usuli mavjud. Bog’lanish turlari o’zaro imkoniyatlari va ma’lumotlarni uzatish tezligi bilan farqlanadi. Bog’lanish
imkoniyati va tezligi internetdan foydalanish narxini belgilaydi. Sifat va tezlik o’shishi bilan narx ko’tariladi. Bog’lanish turlarini narxining pasayishi tartibida quyidagicha keltirish mumkin:
Tog’ridan-tog’ri bog’lanish.
SLIP va RRR yordamida bog’lanish.
«Chaqiruv» asosida bog’lanish.
UUCP yordamida bog’lanish.
Do'stlaringiz bilan baham: |