Kirish
Kurs ishi mavzusining dolzarbligi. Ahmad Yugnakiy X-XII asrlar o ‘zbek adabiyotining yiriknamoyandasi, iste’dodli shoir, donishmand murabbiydir. Adibning«Hibat ul-haqoyiq” dostoni uning ma’naviy merosidan bizgacha yetibkelgan yagona namunadir. Hajman ixcham bu doston o‘sha davr turkiy adabiy tilining ham nihoyatda qimmatli, mo‘tabar manbalaridan biri sanaladi.
Shoirning hayoti, ijtimoiy faoliyati va ijodi haqida juda oz ma’lumotlaiga egamiz. “Hibat ul-haqoyiq”dagi ayrim misralar bag'rida kelgan ishoralar hamda asaming turli nusxalarida kotiblar tomonidan yozilgan qaydlar shoir shaxsi va uning hozirgacha yagona asari haqida ma’lum tasawur hosil qilish imkonini beradi. Ahmad Yugnakiy tnillatimiz iftixori, ulug‘ mutafakkir shoir Amir Nizomiddin Alisher Navoiy nazariga tushgan turkigo‘y ijodkorlardan biridir. Navoiyning "Nasoyim ul-muhabbat” nomli 770 tariqat ahli, adib-u avliyoulloh, nhayx-u donishmandlar haqida ma’lumot beruvchi tazkirasida Ahmad Yugnakiy haqida fikr yuritilganligi uning qadimiy turk mashoyixlaridan ekunligini dalillaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |