2.Karyerlarda qazib-yuklash ishlari kon massasini bevosita massivdan yoki maydalangan jinslar uyumidan qazib olinib, transport vositalariga yuklashga mo‘ljallangan bo‘lib, bitta qazib yuklash mashinasi (ekskavator yoki yuklagich) bilan amalga oshiriladi.Tashish ishlarining asosiy vazifasi katta hajmda karyerdan qazib olingan qoplama jins va foydali qazilmani karyer hududi va undan tashqaridagi qabul qilish punktlariga uzluksiz yetkazib berish bilan bir qatorda karyerdagi kon-transport uskunalarini xavfsiz va yuqori unumdorlik bilan ishlashini ta’minlashdir.Ag‘darma hosil qilish jarayoni karyerdan qazib olingan qoplama jinslami maxsus tayyorlangan (karyer hududi yoki undan tashqarida) maydonlarga, foydali qazilmani esa omborlarga joylashtirish ishlarini tashkil qilishdan iborat bo‘lib, ag'darmadagi mashina mexanizmlaming yuqori unumdorlik bilan xavfsiz ishlashini ta’minlashi lozim. Yuqorida ko‘rib chiqilgan barcha ochiq kon ishlari jarayonlari o‘zaro bir-biriga bog‘liq bo‘lib, konlarni ochiq usulda qazib olish uzluksiz texnologik kompleksining bo‘g‘inlari hisoblanadi. Ayrim hollarda texnologik kompleksning ba’zi bo‘g‘inlari boMmasligi mumkin. Masalan, yumshoq kon jinslarini qazib olishda kon massivini qazishga tayyorlash. transportsiz qazish qo‘llanganda esa kon jinslarini tashish jarayonlari boimaydi.
Qazib olish jarayonlarida kon jinslarining holati turli ta’sirlar (zarba, surilish, zichlanish va boshqalar) natijasida o‘zgaradi. Ochiq usulda kon qazish ishlarining obyekti sifatida kon jinslarini tavsiflovchi fizik-texnik xususiyatlami ulaming zichlik, g‘ovakdorlik, namlik, turli ta'sirlarga chidamlilik, timovchanlik, yopishqoqlik, mo‘rtlik, turg'unlik, ko‘pchish (maydalanganda hajmining ko‘payishi) kabi qator ko‘rsatkichlar tashkil qiladi. Konlami ochiq usulda qazib olishda barcha kon jinslari quy idagi guruhlarga bo‘linadi: buzilmagan (tegilmagan), qoyasimon (qattiq), yarimqoyasimon (tabiiy holatda), buzilgan (tabiiy yoki sun’iy ta’sirda), yumshoq va sochilma, kon jinslaming qaysi guruhga mansub ekanligi asosida ulami qazib olishning turli usullaridan foydalaniladi. Namligi 3-5% bo‘lib, 50 mPa dan ortiq bosim ostida ezilganda buzilishi mumkin bo‘lgan qattiq kon jinslari qoyasimon jinslar guruhini tashkil qiladi. Magmatik, metamorfik (kvartsilar, granitlar, bazaltlar, gabbro va boshqalar), shuningdek, ba’zi cho‘kindi jinslar (pishiq ohaktoshlar, qumtoshlar, qumtoshli slaneslar, konglomeratlar va boshqalar) qoyasimon jinslar hisoblanadi. Namligi 3-5 % boigan jins boiagining 20-50 mPa bosim oralig‘ida bir o‘q yo‘nalishi bo'yicha qisilganda buzilishga ko‘rsatadigan nisbiy qarshilikka ega jinslar yarim qoyasimon jinslar guruhini tashkil qiladi. Bularga nuragan magmatik. metamorfik va tub cho‘kindi jinslar (glinalar, qumtosh-glinali slaneslar, glinali va ohaktoshli qumtoshlar, gemotitlar, rudalar, mergellar, rakushka-ohaktoshlar, pishiq qo‘ng'ir ko‘mir, argellitlar, alevrolitlar. gips. tosh tuz va boshqalar) kiradi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1. Karimov I. A. 0 ‘zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida Т.: «O'zbekiston» 2011, 2. Арсентьев А.И. Вскрытие и системы разработки карьерных полей. - М.: Недра, 1981. 3. Анистратов Ю.И. Технология открытых горных работ. Изд. Москва, «НЕДРА» 2005. 4. Мальгин О.Н., Ситенков В.Н., Шеметов П.А. Цикличнопоточная технология в глубоких карьерах. Ташкент, изд. «ФАН» 2004. 5. Петросов Ю-Э. Конспект лекций по курсу ТКМОР. 3 части ТашГТУ,2001. 6. Подерни Р.Ю. Горные машины и комплексы для открытых горных работ. Учебное пособие МГГУ изд.4; 2001 7. Sagatov N.X. Kon ishlari asoslari, o‘quv qoilanma, Toshkent, Faylasuflar 2007 yil. 8. Томаков П.И. Технология механизация и организация открытых горных работ. М. Недра 2004. 9. Шеметов П.А., Норов Ю.Д. Буровзрывные работы. Учебное пособие. Ташкент, 2006. 10. Шемякин С.А., Иванченко С.Н., Мамаев Ю.А. Ведение открытых горных работ. М.Горная книга, 2006. 11. Ялтанец И.М., Шадов М.И. Практикум по открытым горным работам: Учебное пособие. Изд. МГГУ 2002. 12. Intyernet saytlar: 13. http://www.rusmet.ru/mimjoumal/4-98htm- Gomiy jumal. http://www.elibraru.rn/journ-main.asp code=:520100 Электронные научные журналы горного направления
Do'stlaringiz bilan baham: |