Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti



Download 375,75 Kb.
bet1/2
Sana22.11.2022
Hajmi375,75 Kb.
#870120
  1   2
Bog'liq
azamat 2 mustaqil ish



NAVOIY DAVLAT KONCHILIK VA TEXNOLOGIYALAR UNIVERSITETI



KONCHILIK FAKULTETI

Geomexanika fanidan




MUSTAQIL ISHI




Bajardi: 33Sa-20 KI guruh talabasi
Xoliqulov A.

Qabul qildi: Jiyanov A.

2022- yil.

KONLARDA QAZIB OLISH NAVBATIGA RIOYA QILISH
REJA
1.Ochiq kon ishlari jarayonlari va davrlari
2.Konlarda qazish yuklash ishlari

1.Ochiq kon ishlari jarayonlari va davrlari.
Foydali qazilma konlarini ochiq usulda qazib olish to‘rt davrdan tashkil topgan bo‘ladi.
Birinchi davr kon ajratmasini tayyorlash davri bo‘lib. bunda keyingi davrlarda bajariladigan ishlarni xavfsiz va yuqori 26 unumdorlikda olib borishga sharoit yaratiladi. Bu davrda kon yer yuzini karyer qurishga tayyorlash ishlari amalga oshiriladi. Bunda, asosan, konni suvsizlantirish, agar yer yuzida daraxtzorlar bo‘lsa, ulami kesish va ildizlarini qo'porib olish, suv havzalari va daryo (soy)lami boshqa joyga ko‘chirish, yoMlar, elektr liniyalarini karyer maydonidan tashqariga ko‘chirish, binolar bo‘lsa, ulami buzib tashlash kabi ishlar bajariladi.
Ikkinchi davr karyerni qurish davri bo‘lib, bunda foydali qazilma va qoplama jinslami reja bo‘yicha xavfsiz qazib olishini ta’minlaydigan ish frontlari barpo etiladi. Bu davrda bajariladigan asosiy ishlarni qazish gorizontlari bilan yer yuzini bog‘lovchi maxsus lahimlar o‘tish, karyer maydonidan ma’lum hajmdagi kon massasini chiqarib tashlash, transport kommunikatsiyalarini qurish va boshqalar tashkil qiladi. Konlami ochiq usulda qazib olishning birinchi va ikkinchi davrlarida bajariladigan ishlar kapital ishlar, ularga sarflanadigan xarajatlar esa, kapital xarajatlar deyiladi.
Uchinchi davr karyemi ekspluatatsiya qilish davri bo‘lib, bunda kon ishlari ikkiga bo‘linadi: qoplama jinslami qazib olish (ochish) ishlari va ochilgan foydali qazilmani qazib olish ishlari. Ochish ishlari foydali qazilma yotqizig‘ini qoplagan kon jinslarini uzluksiz ravishda qazib olib, foydali qazilmani bevosita qazib olish uchun zarur bo‘lgan ish frontini barpo qiladi. To'rtinchi davr karyemi tugatish davri bo‘lib, bunda foydali qazilmani qazib olish jarayonlarida buzilgan yerlami rekultivatsiya qilish ishlari amalga oshiriladi. Yuqorida ko‘rib chiqilgan ishlar konni o‘zlashtirishning dastlabki bosqichlarida birin-ketin, keyinchalik esa parallel bajariladi. Biroq ayrim ishlar boshqalaridan o‘zdirib bajariladi. Masalan, tayyorlov ishlari kapital ishlardan oldin, ochish ishlari esa foydali qazilmani qazib olish ishlaridan o'zdirib amalga oshiriladi. Konlarni ochiq usulda qazib olishda kon-kapital, ochish va foydali qazilmani qazib olish asosiy ishlar hisoblanadi. Kon jinslarini qazishga tayyorlash. qazib-yuklash, tp^hish, ag‘darma hosil qilish va qazib olingan foydali qazilmani omborlarga 27 joylashtirish ishlari konlami ochiq usulda qazib olishning asosiy jarayonlari hisoblanadi. Kon massivini qazishga tayyorlash deganda qoplama jins yoki foydali qazilmani turli usullarda massivdan ajratib olish jarayoni tushuniladi. Karyer (razrez)larda kon massivlarini qazishga tayyorlash mexanik, gidravlik, mexanik-gidravlik va burg‘ilab-portlatish usullarida bajarilishi mumkin. Konlarni ochiq usulda qazib olish amaliyotida kon massivini qazishga tayyorlashda burg‘ilab-portlatish usulidan keng foydalaniladi. Chunki ko'pchilik konlardagi qoplama jins massivlari va foydali qazilma (mda) yotqiziqlari qattiq, qoyasimon va yarimqoyasimon jinslardan tashkil topgan bo‘ladi. Kon jinslarini qazishga tayyorlash uchun tanlab olingan usul kon massividan ajratib olingan (maydalangan) massadagi jins bo‘laklarining oldindan belgilab qo‘yilgan o‘lchamlarini ta’minlashi kerak.

Download 375,75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish