Kirish.
Muqobil (alternativ, noan‘anaviy) energiya manbalari deyilganda, jahon energetikasida
qo‗llanilayotgan energiyaning absolyut ko‗p qismi (85%)ni ishlab chiqara
ѐ
tgan va
an‘anaviy tusga kirib qolgan energiya manbalari – issiqlik va atom elektr stansiyalari
o‗rnini egallay oladigan qayta tiklana-digan energiya manbalari nazarda tutiladi. Qayta
tiklanuvchi energiya (regeneratsiyalanuvchi energiya,
ѐ
ki «YAshil energiya») shunday
manbaning energiyasi hisoblanadiki, u insoniyat tasavvurida bitmas - tugallanmas boylik
hisoblanib, undan bahramand bo‗lishning asosiy prinsipi – atrof-muhitda doimiy davom
etuvchi jara
ѐ
ndan - texnikada foydalanish uchun oz-ozdan olib turishdir. Qayta
tiklanuvchi energiya (QTE) ni tabiiy jara
ѐ
nlar natijasida doimiy qayta tiklanib turadigan
tabiat resurslaridan - shamol, dar
ѐ
suvining oqimi, qu
ѐ
sh nuri, dengiz sathining o‗zgarib
turishi va geotermal issiqlikdan olinadi.
YAqin o‗tmishgacha (2001 yil) butun dunyoda sanoat miqyosida energiyadan
foydalanishning 86,41% ni qazib olingan organik yoqilg‗ini yoqish va atom energiya
evaziga erishilgan bo‗lib, qolgan qismi yonuvchi qayti tiklanadigan energiya (o‗tin)
manbalari (10,76%), GES (2,31%), geotermal (0,43%), shamol (0,05%) va qu
ѐ
sh
energetikasi (0,04%) hissalariga to‗g‗ri kelgan [1] bo‗lsa, 2006 yilga kelib, dunyoda
foydalanilgan energiyaning 18% ini QTE manbalari hisobiga olindi [12], (uning 13% ini
biomassa - «o‗tin» tashkil etdi), 2015 yilda bu ko‗rsatkich 19,3 % ga etdi (biomassa
hissasi har yili qisqarib bormoqda, shamol va qu
ѐ
sh energiyasidan foydalanish keskin
ortib bormoqda). Evropa ittifoqida QTE manbalari ishlab chiqargan energiya 2004-2013
yillarda 14% dan 25% ga ortdi. SHamol va qu
ѐ
sh energiyalaridan foydalanish AQSH
energetika vazirligi ma‘lumotiga ko‗ra bu mamlakatda 2025 yilga kelib 35% ga etishi
kutilmoqda. Ushbu mf‘ruza matnida amaldagi elektr tarmog‗iga elektr energiya uzatib
ishlaydigan (avtonom bo‗lmagan) stansiyalar ko‗rilishi sababli, biomassani
ѐ
qib ishlovchi
hamda O‗zbekiston tabiatida dengiz va geotermal manbalar bo‗lmaganligi uchun bunday
energiya manbalari bilan ishlaydigan stansiyalar keltirilmagan.
«Qayta tiklanuvchi energiya manbalari. O‗zbekiston sharoitida ishlab chiqarish va
ishlatish» kitobi shamol, kichik (mini- va mikro-) gidravlik elektr stansiyalar va qu
ѐ
sh
elektr stansiyalarining tadqiqoti bilan mashg‗ul bo‗lgan hamda ularni loyihalash, ishlab
chiqarish, montaj va ekspluatatsiya qilish bilan shug‗ullanuvchi mutaxassislar va talabalar
uchun mo‗ljal-langan.
Do'stlaringiz bilan baham: