Navoiy davlat konchilik instituti



Download 7,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet154/176
Sana01.01.2022
Hajmi7,55 Mb.
#304513
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   176
Bog'liq
elektr energiyani ishlab chiqarish, uzatish va taqsimlash

Nazorat savollari:
 
1.Geotermal issiqlik ta‘minotining samaradorligi qancha? 


2.Geotermal issiqlik ta‘minotida ekologik muammo echiladimi? 
3.Geotermal issiqlik ta‘minotining asosiy kamchiliklari nimadan iborat? 
4.O‘zbekistonda geliogeotermal isitish tizimidan foydalanish imkoniyati mavjudmi? 
 
Mavzu: Biogaz va bioo„g„it  ishlab chiqarish qurilmalar 
REJА: 
1. Biogazni ishlab chiqarish  
2. О‗zbekistonda bioenergiya resurslar  
1. Biogazni ishlab chiqarish 
 
Biogaz  metanning  maksimal  chiqishini  taminlaydigan  biogazgeneratorlarda,  ya‘ni 
metantenklarda  olinadi.  Hozirgi  vaqtda  sodda  gazgolderlardan  tortib  to  sanoat 
komplekslarigacha bо‗lgan turli xil biogazgeneratorli konstruksiyalar ishlatilmoqda (14.1-
rasm).  
 
14.1-Rasm Turli xil biogazgeneratorlarning sxemalari:  
1-fermentalagich-kamera; 2-gaz tо‗plagich; 3-biogaz; 4-xom-ashyoni yuklash;  
5-chikindini chiqarish; 6-ochiladigan qopqoq  
Biogazgeneratorning  ish  tartibi  davriy  va  uzluksiz  bо‗lish  mumkin.  Davriy  tartibda 
metantenklar  achitish  jarayon  davriga  yuklanadi,  gazning  ajralishi  tugagandan  keyin  uni 
bushatiladi. Metantenklar uzluksiz  ishlaganda  chiqindilar bir  meyorda porsiya  bilan tekis 
yuklanadi,  shuning  uchun  gaz  ajralib  chiqish  va  tarkibiy  qismlarni  ishlab  chiqarish 
muntazam  ravishda  amalga  oshiriladi.  Suv  (90%-gacha)  bilan  chiqindilar  aralashma 
(achitish  jarayoni  о‗tayotgan)  metantenkka  о‗zatiladi.  Aralashma  kirish  teshikdan  to 
chiqish teshikgacha achitish va fraksiyalarga ajralish sikl tо‗lik о‗tadi (14.1-rasm).  
Noorganik  moddalar  rezervuar  tubiga  chо‗kindi  bо‗lib  tushadi  va  birinchi  qatlam 
shakllanadi.  Ikkinchi  qatlam  esa  о‗zi  loyqa-organik  ifloslanish  bulib,  metantenkda  hosil 
bо‗lgan  usimliklar  uchun  yaxshi  о‗gitdir.  Suyuq  faza  –  bu  boshlang‗ich  aralashmada 
bо‗lgan  suyuqlikdir.  Yuzaga  chiqadigan  kо‗piklar  oz  miqdorda  yaxshi  izolyator  bо‗lib 
xizmat  qiladi,  lekin  katta  miqdorda  jarayonni  metantenkda  tо‗liq  tо‗xtatish  mumkin, 


shuning 
uchun 
uni 
о‗z 
vaqtida 
yо‗q 
qilish 
zarur. 
 
14.2-Rasm Biogazgeneratorda moddalarning taksimoti 
 
 
14.3-Rasm Oddiy biogazgenerator qurilmaning sxemasi:  
1-biogazgenerator-metantenk; 2-biomassani qabul qilgich - tо‗plagich 3-qayta ishlash 
mahsulotlarni tо‗plagich; 4-suvli gazgolder; 5-biogaz uchun iste‘molchi;  
6-biomassa; 7-biogaz  
Biogazni yoqish jarayonida chiqishi mumkin bо‗lgan issiqlik miqdori quyidagi 
munosabatdan aniqlanadi:  
Q = η Qkb Vbg 
; (14.1)  bu yerda 
Qkb - 
biogazning quyi yonish issiqlik miqdori, J/m3;  
η - 
о‗txona qurilmasining f.i.k., 
η
0,6 ;  
Vbg - 
olinadigan gazning hajmi, m3.  
Biogazning hajmiy chiqishi:  
Vbg = s mb 
; (14.2)  
bu yerda 
s - 
quruq biomassadan biogazning solishtirma chiqish miqdori, m3/kg; 
s

0,2...0,4 m3/kg;  
mb 
- quruq biomassaning massasi, kg/sut.  


Biogazgeneratorni tо‗ldiradigan biomassaning hajmiy uzatish tezligi 
ΔV
:  
ΔV = mb / ρbm 
; (14.3)  bu yerda 
ρbm 
- aralashmadagi quruq massaning zichligi, kg/m3;  
ρbm 
 50...100 kg/m3.  
Biogazgeneratordagi kameraning hajmi quyidagi formuladan aniqlanadi:  
Vk = ΔV τc
;
 
bu 
yerda 
τc 
- biomassani fermentlash vaqti, sutka; 
τc 
 8...20 sutka.  
 
14.4-Rasm Individual xо‗jaliklar biogaz qurilmaning prinsipial sxemasi:  
1-organik chiqindilar; 2-metantenk; 3-gazgolder; 4-qattiq chiqindilar;  
5-suv isituvchi qozon; 6-dvigatel-elektrgenerator; 7-gazplita;  
8-isitish batareyalar; 9 va 10-yoritish va elektr asboblar;  
11-metantenkni isitish 
Biogazni ishlab chiqarish na faqat qayta ishlanadigan substratga bog‗liq, lekin 
qurilmaning ishchi parametrlarga ham bog‗liq (masalan, reaktordagi temperaturaga, 
achitish vaqtga, yuqlamaga va b.). Buni quyidagicha izoxlash mumkin: bir xildagi 
substratlardan foydalanishda qurilmaning unumdorligi har xil bо‗lish mumkin. 90% 
namligidagi 1 t gо‗ngdan, issiqlik chikaruvchanligi 23...25 MDj/m3 bо‗lgan, 20 m3 
biogazni olish mumkin. Metantenkdagi achitishdan qolgan massasi о‗simliklar yengil 
о‗zlashtiradigan, hamda kasalikni qо‗zg‗atuvchilar va begona о‗simliklarning tuxumlar 
bо‗lmagan suyuq yuqori konsentratli organik о‗g‗itdir (gumus). 1m3 biogaz yonganda 
taxminan 5...7,5 kVt.soat (tarkibidagi metan miqdorga) issiqlik hosil qilinadi. Biogaz 
tarkibida metan miqdoriga (50...75%) va issiqlik dvigatel hamda generatorlarning FIK-ga 
qarab 1 m3 biogazdan 1,5...2.2 kVt.soat elektr energiyani yoki 2,8...4,1 kVt.soat issiqlikni 
olish mumkin. Biogazda ishlaydigan issiqlik eletkrostansiyaning FIK 85% bо‗lganda 35% 
elektr energiyani va 65% issiqlikni olish mumkin.
  
Dunyo tajribasi kо‗rsatadiki, bioenergetik tizimlarni muvaffaqiyatli yaratish uchun 
quyidagi narsalar zarur:  
- barcha rivojlanish bosqichlarda jamoatchilikning faol qatnashish (rejalashtirish, tajribali 
ishlanma, tizimni ishlab chiqarishga joriy qilish va ishlatish);  
 
-  davlat  va  xususiy  muassasalar  va  tashkilotlar  tomonidan  muntazam  qо‗llab-quvvatlash 
va texnik yordam berish; 
-  qishloq  xujalik  va  oziq-ovqat  sanoat,  biokimyoviy  muhandis,  mikrobiolog,  ekolog 
mutaxassislarni  tayyorlashda  biokonversiya  texnologiya  sohasiga  nazariy  va  amaliy 
yо‗naltirish,  


-  genetik  muhandislikni  va  har  xil  maqsadlar  uchun  yaroqli  bо‗lgan  ekin  о‗simliklarni 
yaratish uslublarni rivojlantirish;  
-  kichik  biokonversiyali  tizimlar  uchun  hujayrali  va  fermentli  immobolizatsiyani 
birlashtirish texnologik jarayonlarni ishlab chiqish;  
- biomassadan yonilg‗i olish samarali termik-kimyoviy jarayonlarni ishlab chiqish;  
-  tajriba  almashishga  hamda  majmuali  tizimlarni  yaratishda  omadsizlik  sabablarni 
aniqlashga yо‗naltirilgan har xil hamkorlik turlarni rag‗batlantirish. 
 
14.9-Rasm: Biogazda ishlaydigan issiqlik elektrstansiyalar  
Kichik energetikada biogaz qurilmalardan foydalanishda quyidagi masalalar hal qilinadi:  
1.  Energetik.  Issiqlik  va  elektr  energiyani  olish.  Obektning  energetik  mustaqiligini 
ta‘minlaydi.  О‗zok  joylashgan  tumanlarda  biogaz  qurilmalar  obektlarni  (avtonom, 
individual,  fermerlik,  ishlab  chiqarish)  texnologik  va  maishiy  ehtiyojlar  uchun  zarur 
energiya bilan ta‘minlaydi; yonilg‗ini tashib keltirish, elektr uzatish liniyalarni va issiqlik 
trassalarni qurilish zaruriyati bо‗lmaydi.  
2. Ekologik. Organik chiqindilarni qayta ishlash (utillashtirish) ekologik muammoni 
yuqori  texnologik  darajada  yechish.  Qishloq  xо‗jalik  va  maishiy  chiqindilarni  qayta 
ishlash  mintaqada  ekologik  yuklamani  pasaytiradi.  Bioyonilg‗idan  foydalanish  tabiiy 
qayta  tiklanmaydigan  energiya  tashuvchilarni  tejash  va  qishloq  xо‗jalikni  ekologik  toza 
о‗g‗itlar bilan ta‘minlash imkoniyatini yaratadi. 

Download 7,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   176




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish