70
FANGA OID ASOSIY ATAMALAR LUG’ATI
A
Aksioner jamiyat – aksiyalar chiqarish yo’li bilan tashkil topgan kapitallar yig’indisi
bo’lib, ko’rsatish uchun mo’ljallangan hujjat hisoblanadi, birja fondlarida kotirovka
qilinadi va bir kishidan ikkinchi kishiga bemalol o’tishi mumkin. Aksioner pul
qo’yuvchi, javobgarligi faqat aksiya sotib olishga ketgan pul bilan chegaralanadi.
An’anaviy qarorlar – odatiy vaziyatlarda qabul qilinadigan qarorlar.
Axborot – menejment uchun zaruriy xabar va ma’lumotlar majmuidir.
Axborot tizimi – murakkab axborot tuzilmalari. Bu tuzilmalar turli hujjatlarni,
axborot oqimini, aloqa kanallari, texnik vositalar, avtomatlashtirilgan boshqaruv
tizimlarini o’z ichiga oladi.
Axborot resurslari – boshqaruv faoliyatida foydalanadigan axborot.
Avtokratik rahbar – buyruq berish, qabul qilish o’zini jamoadan uzoq tutadi,
hammani o’z istaklariga bo’ysundiradi, ko’p gapirishni yoqtirmaydi.
Auditor xizmati – korxonani moliyaviy holatini tekshiradi va kamchiliklarini izohlab
beradi.
Assortiment – korxonada ishlab chiqarilgan mahsulotlar turi.
B
Biznes – faoliyat turi, tijorat amaliyoti yoki firmaning siyosati, savdo, tijorat so’zlar
biznesning sinonimi.
Boshqaruvning klassik maktabi - (1920-1950) bu maktabning asoschilari
amerikalik muxandis F.Тeylor. U ilmiy boshqaruv degan iborani asoslab bergan va
bu to’g’risida «Sanoat korxonalarning ma’muriy texnik tomondan tashkil etish
kitobida yozgan. U «Ilmiy boshqaruv tamoyillar va uslublari» va «Korxonani
boshqarish tamoyillari» kitobini yozgan. Тeylor tizimini uch asosiy tomoni
- mexnatni oqilona tashkil etish
- tashkilotni rasmiy tuzumini tashkil etish
- boshqaruvchi va ishchini hamkorligi borasidagi chora tadbirlarni belgilashda.
Boshqaruv fanlar maktabi – bu maktab miqdoriy yondashuv asosida matematika,
statistika, muhandislik va boshqa shular bilan bog’liq bilimlar boshqaruv
nazariyasiga salmoqli hissa qo’shdilar. Buning ta’sirini F.Тeylor o’z ilmiy ishlariga
bundan qo’llangan.
Boshqaruv funksiyasi – zamonaviy menejmentning 4 funksiyasi mavjud, ular
rejalashtirish, tashkil qilish, motivatsiya nazorat qilish.
Boshqaruv tuzilmasi – deganda boshqaruv maqsadlarini amalga oshiruvchi va
funksiyalarni bajaruvchi bir biri bilan bog’langan turli boshqaruv organlari va
bo’g’inlarining majmui tushuniladi.
71
Boshqaruv tamoyillari – boshqaruv qonun va qonuniyatlaridan kelib chiqadi va
boshqaruv faoliyatida tayanch bo’la oladi
Boshqarish uslubi –
bu boshqaruv jarayonida kelib chiqqan muammolarni hal qilish
usullari.
D
Diversifikatsiya – firma faoliyatining yangi tarmoqlar va tovarlar hisobiga
kengayishi.
Doimiy xarajatlar (noproporsional yoki belgilangan) – ishlab chiqarish hajmiga
bog’liq bo’lmagan xarajatlar (amortizatsiya, arenda to’lovi va h.k.).
E
Ehtiyojlar – biror narsaga kamchilik sezishning psixologik yoki fiziologik ichki
ahvolidir. Bazisli ehtiyojlar fiziologik ehtiyojlar bilan bog’liq bo’lib, oziq-ovqatga,
ichimlikka, issiqlikka bo’lgan ehtiyojlar kiradi. Psixologik ehtiyojlarga jamiyatga
yoki guruh odamlarga qarashli ehtiyojlar kiradi. Ko’pgina odamlarning hokimiyatlik
va ta’sirchanlikka extiyejlari bo’ladi. Ularning bazis ehtiyojlari qondirilmaguncha,
bu uzoq vaqt davomida namoyon bo’lmaydi. Agar bu ehtiyojlar qondirilmagan
bo’lsa, odamlar uni qondirishga harakat qilishadi.
F
Funksional tuzilma - rahbarlar va bo’g’inlarni xar xil vazifalarda, aniq
bo’linmalardagi boshqaruv faoliyatini ixtisoslashtirishga qaratilgan.
G
Guruhlar – Namoyishlarda yoki rok-konsertlarida qatnashgan hamma odamlar
yaxshi bilishadiki, guruxlar aniq odamning xulqiga ta’sir ko’rsatadi. Juda ko’p
ijtimoiy o’zaro aloqalar imkoniyatlari tufayli gruppalar o’zagi shakllanadi. Albatta
tashkilot va uning bo’linmalari ta’rif bo’yicha gurux hisoblanadi. Gurux a’zolari hatti
– harakatlar normasi bilan bog’langan masalalardagi qiymat va kutilishlarni o’rnatish
bo’linmalari asosida shakllanadi. Ma’lum sharoitni ma’qul ko’rishni tan olish va
hatti-harakat standartini norma deb atash mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: