I sh o n ch n o m a. Muayyan muassasa yoki ayrim shaxs o’z nomidan ish ko’rish uchun
ikkinchi bir shaxsga ishonch bildiradigan yozma vakolatli xujjat. Ishonchnomalar o’z mazmuniga
ko’ra, mol – mulkni boshqarish, pul va moddiy – buyum boyliklarini olish, sud idoralarida ish olib
borish va boshqa ishlarni amalga oshirishni ifodalaydi. Muayyan ish – harakatni bajarishga vakolat
berish kim tomondan (muassasa tomonidanmi yoki ayrim shaxs tomonidanmi) rasmiylashtirilishiga
qarab, ishonchnomalar rasmiy (xizmat) va shaxsiy turlarga bo’linadi.
Rasmiy (xizmat soxasidagi) ishonchnomalar davlat muassasalari, kasaba uyushmasi va
boshqa kooperativ hamda ijtimoiy tashkilotlar tomonidan muayyan lovozimli shaxsga uning
mazkur tashkilotlar tomonidan ish yuritishga vakil qilinganligini bildirish uchun beriladi; ular
muassasa rahbari tomonidan imzolanishi va muxr bilan tasdiqlanishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |