NAVOIY KON-METALLURGIYA KOMBINATI
NAVOIY DAVLAT KONCHILIK INSTITUTI
KONCHILIK FAKULTETI
KONCHILIK SOHASIGA KIRISH FANIDAN
MUSTAQIL ISH
GURUH: 33 BC -20 Ki
BAJARDI: SARSENOV N
QABUL QILDI:
NAVOIY-2021
QURULISH MATERIALLARINI QAZIB OLISH TEXNOLOGIYASI
Ko'mir qazib chiqarishda ko'mir havzalari xududida 10 mln. tonnadan ziyod tarkibida 20% gacha ko'mir bo'lgan gidro qatlamlar hosil bo'lgan va bu havzalar atrof-muhitni ifloslatrigna holda juda katta ekin maydonini egallaydi. Ushbu gidro qatlamlar hozirgi vaqta hech qaerda ishlatilmaydi. Biz olib borgan tadqiqot ushbu chiqindilardan pishirilgan g'isht va sement ishlab chiqarishda foydalanishning real imkoni borligini ko'rsatadi.
Ko'mir chiqindilaridan foydalanish:
- g'isht ishlab chiqarishda yuqori texnik ko'rsatkichlarga ega bo'lgan g'isht olish imkoni
beradi va ko'mir chiqindisi tarkibidagi ko'mirning yonishi evaziga yonilg'i-energiya
resurslarini tejash imkonini beradi;
- portlandtsement klinkerini ishlab chiqishda ko'mir chiqindilari to'liq yoki qisman ravishda xom-ashyo shixtasining tuproq komponentining o'rnini bosadi, bunda ular klinkerni kuydirish uchun ishlatiladigan gaz sarfini kamaytirish va pechka agregati ishini yaxshilash
imkonini beradi.
Hosil bo'lgan klinker yuqori aktivlikka ega, bunda ishlab chiqariladigan sement esa yuqori qurilish-texnika ko'rsatkichiga ega bo'ladi.
Sanoat tajriba-sinovlarini o'tkazish bilan mahalliy hom- ashyodan pardoz g'ishti, yerga yotqiziladigan plitka va keramik cherepitsa ishlab chiqarish uchun keramik massaning yangi tarkibini ishlab chiqish
Bugungi kunda respublkamizning qurilish sohasida yuqori sifatli oblitsovka va tomga yopiladigan materiallarga katta ehtiyoj sezilmoqda. Shu bilan birga, respublikamiz bezak g'ishti, yerga yotqiziladigan keramik plitkalar va cherepitsa ishlab chiqarish uchun katta xom-ashyo
zahirasiga ega.
Keramik massani tarkibini to'g'ri ilmiy asoslangan holda tanlash orqali raqobatbardosh qurilish materiallarini olish bilan ularni ishlab chiqishni tashkil etish uchun real imkoniyat mavjud.
Dastlabki o'tkazilgan izlanishlar yuqori sifatli materiallarni olish imkoni borligini ko'rsatdi. Ushbu ishlab chiqarishni moliyalashtirish masalasi ijobiy hal etilgan taqdirda, respublikamiz yuqori sifatli va eksportga yo'naltirilgan bezak g'ishti, yerga yotqiziladigan plitkalar va cherepitsa bilan ta'minlanadi.
Qurilish materiallari - binolar (inshootlar) qurish va taʼmirlashda ishlatiladigan tabiiy va sunʼiy ashyolar hamda buyumlar. Umumiy ishlarga moʻljallangan (mas, se-ment, beton, yogʻoch materiallar) va maxsus (mas, akustika materiallari, issiklik izolyatsiya materiallari, oʻtga chidamli materiallar) xillari bor.
Texnologik va ekspluatatsiya alomatlariga koʻra quyidagi asosiy guruhlarga boʻlinadi. Tabiiy tosh materiallar — mexanik ishlov beriladigan togʻ jinslari (qoplama plitalar, chaqiq tosh, shagʻal va boshqalar). Keramik materiallar va buyumlar — tuproqli xom ashyolardan qoliplash, pishirish yoʻli bilan tayyorlanadi (qarang Keramika, Gʻisht). Anorganik bogʻlovchi moddalar — suv bilan aralashganda plastik boʻtqaga, keyin toshsimon holatga aylanadigan kukunsimon materiallar (sement, gips, ohak va boshqalar). Beton va qorishmalar — bogʻlovchi moddalar, suv va toʻldirgichlar aralashmasidan olinadigan, maʼlum fizik-me-xanik va kimyoviy xossalarga ega boʻlgan tabiiy tosh materiallar. yirik oʻlchamli yigʻma konstruksiyalar va buyumlar tayyorlashda yengil betonlar ishlatiladi. Konstruktiv elementlarning egilish va choʻzilishga mustahkamligini oshirish uchun beton poʻlat armaturalar bilan birgalikda tayyorlanadi (qarang Temirbeton, Temir-beton konst-ruksiyalar). Metallardan qurilishda, asosan, poʻlat prokatlar ishlatiladi. Poʻlatdan armaturalar, bino karkaslari (sinchlari), quvurlar, trubo-provodlar, yopma materiallar va boshqa tayyorlanadi. Shu bilan birga alyuminiy qotishmalaridan ham foydalaniladi. Issiqlik izolyatsiya materiallari (mineral paxta, penobeton, asbest, penoshisha, fib-rolit va boshqalar) bino, inshoot, sanoat jihozlarining oʻraladigan konst-ruksiyalari uchun, quvurlarning issiklik izolyatsiyasi uchun ishlatiladi. Organik bogʻlovchi moddalar va gidroizolyatsiya materiallari — bitumlar, ruberoid, tol, asfalt-beton va boshqa Polimeryaarta sin-tetik polimerlar asosida tayyorlanadigan materiallarning katta guruhi kiradi. Ular pollarga toʻshashda (li-noleum, relin va boshqalar), konstruksion va pardozlash materiallari (shisha-plastlar, bezak plyonkalar), issiqlik va tovush izolyatsiya materiallari (pe-noplasshlar, shishaplastlar) sifatida ishlatiladi. L o k va boʻyoqlar — boʻyaladigan konstruksiya sirtida bezak va himoya qoplamasi hosil qiladi. Ular organik va anorganik bogʻlovchi moddalar asosida tayyorlanadi. Bulardan tashqari Qurilish materiallariga shisha (oyna) va plastmassalar ham kiradi.
Oʻzbekistonda Qurilish materiallaridan sogʻtuproq, sement, alebastr, ganch, qum, shagʻal, marmar va yogʻoch mavjud. Qurilish materiallari uchun Uzbekiston Respublikasi standartlarida jami 120 tadan koʻp standart qabul qilingan (2005 yilgacha)
Do'stlaringiz bilan baham: |