1.Web-dizayn va brauzerlar
2. Netscape Navigator va Microsoft Internet Explorer brauzerlari.
Internet tarmog’ida foydalanuvchilarga tarmoq resurslaridan erkin foydalanish imkoniyatini berish uchun WEB serverlar quriladi. Bunday serverlarda Internetda taqdim etilgan axborotning katta qismi jamlangan bo’ladi. Foydalanuvchining ixtiyoriy axborotni olish tezligi bunday serverlarni qanday qurishga bog’liq.
WEB-serverda mijoz komp’yuteri tizimini tashkil qilishning umumiy tamoyillari nuqtai nazaridan mijoz-server texnologiyalari ishlatiladi. Bunda serverda, odatda, WEB-serverda aks ettiriladigan barcha ma’lumotlarni saqlaydigan MB va ilovaning server qismi o’rnatiladi, foydalanuvchining ishchi stansiyasida esa axborotni ko’rish uchun ancha oddiy vosita o’rnatiladi. Bu tizimda WEB ilovaning server qismi «qalin» server ko’rinishida taqdim etiladi, mijoz mashinasida esa «yupqa» mijoz o’rnatilgan bo’ladi.
Hozirgi kunda oddiy WEB-serverni yaratish texnologiyasini ancha oddiy vazifa deb hisoblasa bo’ladi. Asosiy qiyinchilik server sahifasini badiiy bezashdan iborat. Tarmoqdagi u yoki bu serverning muvaffaqiyati ko’p jihatdan aynan sahifalar qanday bezatilganiga bog’liq. Axborot sahifalarga qanday bo’linganligi va matndagi murojaatlar qanday belgilanganligi ham muhim rol’ o’ynaydi. WEB-serverni yaratishning ushbu muhim jihatlari hozir katta qiziqish uyg’otmaydi, avval WEB-serverni o’zining asosini nima tashkil etishi va foydalanuvchilarning komp’yuterlarida qanday savollar echilishi kerakligi bilan tanishish talab etiladi. Axborotni taqdim etishning qulayligi avvalambor foydalanuvchilarning ishchi stansiyalarida o’rnatilgan vositalarga bog’liq bo’lganligi sababli WEB serverni yaratishda ishlatiladigan texnologiyalarni o’rganishni aynan ulardan boshlaymiz.
WEB-texnologiyasining hozirgi kunda brauzerlar deb ataladigan axborotni ko’rish uchun o’ndan ortiq turli vositalar mavjud.
Кo’pchilik WEB-serverlari ishlab chiquvchilari (WEB-dizaynerlar) WEB-dizaynning muhim muammolaridan biri – har biri HTML va ssenariylarni turlicha qo’llab-quvvatlaydigan brauzerlar va platformalarning ko’pligi to’g’risida bir fikrdalar. Har bir yangi brauzerning chiqishi bilan ularning tavsiflari va imkoniyatlari yaxshilanadi, lekin bu avvalgi versiyalar yo’q bo’lib ketishini anglatmaydi..
Web-dizaynda qat’iy qoidalar yo’q. Bosh vazifa sahifaning mazmunini imkon qadar ko’p foydalanuvchilar erkin foydalanadigan qilishdan iborat bo’lganligi sababli, oldinga intilish uchun tajriba ham, mavjud vositalarni e’tiborga olgan holda yangi texnologiyalarni ishlatish ham bir xil darajada muhimdir. Dizaynerlik qarori muvaffaqiyatining garovi auditoriyaning ehtiyojlarini tushunish va sahifa qanday ishlatilishi to’g’risida aniq tasavvurga ega bo’lishdadir.
Do'stlaringiz bilan baham: |