Math Cad dasturida uch o‘lchovli grafikada ishlash
MathCad bu matematikaning turli sohalaridagi masalalarini yechishga mo’ljallangan tizimdir. Uning nomlanishi ikkita – MATHematika (matematika) va CAD (avtomatik loyihalash sistemasi) so’zlarining birikmasidan tashkil topgan.
MathCad formula, sonlar, matnlar va grafiklar bilan ishlaydigan universal tizimdir. MathCad tili matematika tiliga juda ham yaqindir, shu sababli unda ishlash matematiklar uchun juda qulaydir.
MathCad 2001 dasturini o’rnatish uchun kompyuter quyidagi talablarga javob berishi kerak.
Prosessor Pentium 90 va undan yuqori.
Kompakt diskni o’qiydigan qurilma.
Operasion sistema Windows 95/98-va undan yuqori.
Operativ xotirasi 32 va undan yuqori.
Qattiq diskda 80 M bayt bo’sh joy bo’lishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |