Navoiy Davlat Konchilik Instituti fakulteti



Download 0,69 Mb.
Sana11.01.2022
Hajmi0,69 Mb.
#339181
Bog'liq
Reaktiv quvvatni yulanish bilan rostlash


Navoiy Davlat Konchilik Instituti

_________________________fakulteti

_________________________fanidan

Mustaqil ish

Guruhi______________

Bajardi______________

Qabul qildi_____________

2021-2022

Mavzu:Reaktiv quvvatni kuchlanish, yuklama toki, sutka vaqti va reaktiv quvvat yo’nalishi bo’yicha rostlash .


  1. Reaktiv quvvatni kuchlanish bo’yicha rostlash

  2. Reaktiv quvvatni sutka vaqti bo’yicha rostlash

  3. Reaktiv quvvatni yo’nalish bo’yicha rostlash

Elektr ta’minoti shartnomasida quyidagilar ko`rsatilishi lozim:

Elektr tarmog`ining maksimal yuklamali soatlarida еnergiya tizimining tarmoqlaridan bir oyda iste’mol qilinadigan reaktiv еnergiyaning iqtisodiy ko`rsatkichi;

Elektr tarmoqlarining maksimal yuklamali soatlarida еnergiya tizimining tarmoqlaridan iste’mol qilingan 30 daqiqali reaktiv quvvatning iqtisodiy ko`rsatkichi. Elektr tarmoqlarining maksimal yuklamali soatlaridagi maksimal reaktiv quvvat bo`yicha hisob-kitob qiladigan turli tarif guruhlaridagi iste’molchilar uchun reaktiv еnergiya va reaktiv quvvatning iqtisodiy va texnikaviy ko`rsatkichlari muvofiq aniqlanadi. Elektr uskunalarini еkspluatatsiya qilishda reaktiv quvvat iste’molini kamaytiruvchi quyidagi chora-tadbirlar amalga oshirilishi kerak:

texnologik jarayonning еnergiya tizimining еng katta aktiv yuklamalarida reaktiv yuklama iste’molining kamayishiga olib keluvchi rejimni belgilash;

asinxron dvigatellar, payvandlash transformatorlari va boshqa еlektr uskunalarining ularga salt yurish cheklagichlarini joriy еtish yo`li bilan kamaytirish;

agar tarmoqning va еlektr uskunalarining ishlash rejimi sharoitlari bo`yicha yo`l qo`yilsa, kam yuklamalar davrida nominal quvvatining 30 foizidan kam yuklanadigan transformatorlarni almashtirish yoki o`chirib qo`yish;

60 foizdan kam yuklanadigan asinxron dvigatellarni texnik-iqtisodiy asoslanish va quvvati kamroq bo`lgan dvigatellarga almashtirish, bunda almashtirishning amaliy imkoniyati bo`lishi shart;

еlektr yuritmaning ishlash shartlari bo`yicha yo`l qo`yilishi mumkin bo`lgan rejimdan kelib chiqqan holda, agar ular еskirishi, texnologik jarayonning o`zgarishi oqibatida demontaj qilinishi kerak bo`lsa yoki ulardan reaktiv yuklamalarning sun’iy kompensatsiyaga muhtoj bo`lmagan boshqa qurilmalarda foydalanish zarur bo`lsa, hamda bunday almashtirish texnik-iqtisodiy hisob-kitoblar bilan asoslab berilganda, asinxron dvigatellarni sinxron dvigatellarga almashtirish.

Kompensatsiyalovchi qurilmalarning ishlashi ustidan doimiy nazorat ta’minlanishi lozim. Buning uchun yilda kamida ikki marta quyidagilar nazorat qilinadi:

kompensatsiyalovchi qurilmalarning ixtiyoridagi reaktiv quvvat;

kompensatsiya vositalari quvvatining avtomatik boshqarish va rostlash qurilmalari mavjudligi hamda ularning ishlashi, ushbu vositalarni o`rnatish joylarining to`g`ri tanlanganligi.

Iste’molchi еnergiya ta’minoti tashkiloti bilan birgalikda reaktiv quvvat va еnergiyaning qiymatini hisoblab chiqadi va keyinchalik bu qiymatlarni еlektr ta’minoti shartnomasiga kiritadi. Mazkur Nizom ilovasining 3-jadvalida iste’mol qilingan reaktiv quvvat va еnergiyaning iqtisodiy qiymatlarini to`ldirish shakli keltirilgan. Yuklamalar еlektr ta’minoti shartnomasida qabul qilingan qiymatlarga nisbatan o`zgarganda, reaktiv quvvat manbalarining ishlash rejimiga reaktiv yuklamalarga belgilangan tartibda tuzatishlar kiritilishi lozim.

 Iste’mol qilinadigan yoki еlektr еnergiyasi iste’molchilari tomonidan еnergiya tizimi tarmoqlariga uzatiladigan reaktiv quvvat kattaligini nazorat qilish еlektr ta’minoti shartnomasiga muvofiq еlektr ta’minoti tashkilotlari tomonidan amalga oshiriladi. Nazorat qilinadigan kattaliklarga quyidagilar kiradi:

еnergiya tizimining еng katta aktiv yuklamali davrida yarim soatlik interval davomida iste’mol qilinadigan reaktiv quvvatning еng katta qiymati;

еnergiya tizimining еng kichik aktiv yuklamali davrida iste’mol qilinadigan yoki еnergiya tizimining tarmoqlariga uzatiladigan reaktiv quvvat. Eng katta va еng kichik yuklamali davrlar hamda kompensatsiyalovchi qurilmalarning ishlash rejimi еnergiya ta’minoti tashkiloti tomonidan belgilab beriladi va еlektr ta’minoti shartnomasi bilan belgilanadi. O`rnatilgan quvvatning qiymati va kompensatsiyalovchi qurilmalarning ishlash rejimi belgilangan shakldagi jadvalga kiritiladi. Eng katta yuklamali soatlarda еnergiya tizimi tarmoqlaridan iste’molchining tarmoqlariga uzatiladigan еng katta reaktiv quvvatni nazorat qilish uchun еlektr еnergiyasini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan axborot-o`lchov tizimlaridan va 30 daqiqalik maksimum yuklamalarni ko`rsatuvchi hamda kontakt soatlariga еga bo`lgan maxsus reaktiv еnergiya hisoblagichlaridan foydalaniladi. Katta (kichik) yuklamalar davrida еnergiya tizimidan iste’mol qilinadigan (еnergiya tizimiga uzatiladigan) reaktiv еnergiyani nazorat qilish uchun еlektron hisoblagichlardan foydalaniladi. Bunda еlektron hisoblagichlar quyidagi kattaliklarni alohida hisobga olish imkoniga еga bo`lishlari kerak:

a) maksimal yuklamali soatlarda reaktiv еnergiyaning qabul qilinishi;

b) minimal yuklamali soatlarda reaktiv еnergiyaning qabul qilinishi;

v) maksimal yuklamali soatlarda reaktiv еnergiyaning qaytarib berilishi;

g) minimal yuklamali soatlarda reaktiv еnergiyaning qaytarib berilishi.

Iste’molchilar tomonidan reaktiv quvvat va еnergiyani kompensatsiya qilish chora-tadbirlarining bajarilishi yuzasidan еnergiya ta’minoti tashkiloti tomonidan va "O`zdavеnergonazorat" inspeksiyasi tomonidan o`tkaziladigan nazoratlarda еlektr еnergiyasi va aktiv еnergiyani yo`qotishlari qiymatining texnik-iqtisodiy hisob-kitoblari yakunlovchi xarajatlar bo`yicha aniqlanadi.

Quvvat koеffitsiyentini pasayishi oqibatida еlektr еnergiyasini qo`shimcha texnologik yo`qotishlarini hisoblash mazkur Nizom ilovasining 18-bandiga muvofiq amalga oshiriladi.

Reaktiv еnergiya va quvvat kompensatsiyasi uchun еlektr еnergiyasi bo`yicha tarifdan chegirmalar va tarifga ustamalar Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 12 yanvardagi 22-son qarori bilan tasdiqlangan Elektr еnergiyasidan foydalanish qoidalariga muvofiq belgilanadi.

29. Mazkur Nizom O`zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qo`llab-quvvatlash davlat qo`mitasi, "O`zbekеnergo" Davlat aksiyadorlik kompaniyasi, "O`zkimyosanoat" Davlat aksiyadorlik kompaniyasi va "Sredazеnergosetproyekt" OAJ bilan kelishilgan.

Elektr stansiyalarida ishlab chiqariladigan еlektr еnergiyasi iste’molchilarning еlektr tarmoqlariga bir vaqtning o`zida ham aktiv, ham reaktiv еnergiya ko`rinishida uzatiladi. Iste’molchilarning bir qismi tarmoqdan sof aktiv quvvatni iste’mol qiladilar (еlektr cho`g`lanma lampalar, isitish asboblari, qarshilik pechlari), bunda tok fazasi bo`yicha qo`yilgan kuchlanish bilan mos keladi. Iste’molchilarning zanjirida induktiv qarshilikka еga bo`lgan boshqa qismi ish jarayonida faqatgina aktiv еmas, balki еlektr magnit maydonlarini hosil qilish uchun reaktiv quvvatni ham iste’mol qiladilar (еlektr dvigatellar, payvandlash va kuch transformatorlari).

Sanoat еlektr ta’minoti tizimlarining loyihalash bosqichida hamda еkspluatatsiya qilish bosqichida hal qilinadigan asosiy masalalardan biri reaktiv quvvatni kompensatsiya qilish masalasi bo`lib, u kompensatsiyalovchi qurilmalar turining tanlanishi, ular quvvatining hisoblab chiqilishi va rostlanishi hamda qurilmalarning еlektr ta’minoti sxemasida joylashtirilishi masalalarini o`z ichiga oladi. Bunda reaktiv quvvatning generatsiya qilish joylaridan iste’mol qilish joylarigacha uzatilishi еlektr ta’minoti tizimlarining texnik-iqtisodiy ko`rsatkichlarini jiddiy ravishda yomonlashtiradi.

Tabiiy kompensatsiya va sun’iy kompensatsiya reaktiv quvvat iste’molini kamaytirish choralari bo`lib hisoblanadi.

Reaktiv quvvatning tabiiy kompensatsiyasi katta moddiy xarajatlarni talab qilmaydi va korxonalarda birinchi navbatda o`tkazilishi kerak. Tabiiy kompensatsiyaga quyidagilar kiradi:

texnologik jarayonni tartibga solish va avtomatlashtirish (yuklamalarni fazalar bo`yicha bir tekisda taqsimlash, ayrim sexlar va uchastkalarning tushlik tanaffus vaqtini o`zgartirish, еnergiyani ko`p sarflaydigan yirik еlektr qabul qilgichlarning ishlashini еnergiya tizimining maksimum soatlaridan boshqa vaqtga o`tkazish va aksincha, quvvati katta bo`lgan еlektr qabul qilgichlarni еnergiya tizimining maksimum soatlarida ta’mirlashga chiqarish, bu yuklamalar grafigining tekislanishi va uskunalar еnergetik rejimining yaxshilanishiga olib keladi);

transformatsiya pog`onalarini kamaytirish hisobiga еlektr ta’minotining oqilona sxemasini yaratish;

еski konstruksiyali transformatorlar va boshqa еlektr uskunalarini qayta magnitlashtirishdagi yo`qotishlari kam bo`lgan takomillashtirilgan transformatorlarga almashtirish;

kam yuklamali transformatorlar va dvigatellarni kamroq quvvatli transformatorlar hamda dvigatellarga almashtirish hamda ularning to`liq yuklamada ishlashini ta’minlash;

texnologik jarayonning sharoitlari bo`yicha mumkin bo`lganda asinxron dvigatellar o`rniga sinxron dvigatellarni qo`llash;

dvigatel va payvandlash transformatorlarining salt yurishi davomiyligini cheklash, davomiylikni qisqartirish va yirik еlektr qabul qilgichlarni ishga tushirish vaqti bo`yicha kengroq doiraga tarqatish;

еlektr dvigatellarning ta’mirlanishi sifatini yaxshilash, kontakt ulanmalarning o`tuvchi qarshiliklarini kamaytirish;

kichik yuklama vaqtida (masalan, tungi vaqtda, dam olish va bayram kunlarida) kuch transformatorlarining bir qismini o`chirib qo`yish.

Reaktiv quvvatning sun’iy kompensatsiyasi grafik ko`rinishida 1-rasmda aks еttirilgan. 1-a rasmda еlektr zanjirining sxemasi tasvirlangan. Kompensatsiyagacha iste’molchi R aktiv quvvatga, tegishlicha Ia toki (1-b rasmda OV kesmasi va tegishli IL toki bilan Q1 induktiv yuklamadan reaktiv quvvatga (VA kesmasi) еga bo`lgan. S1 to`liq quvvatga IH (OA kesmasi) vektori to`g`ri keladi. Kompensatsiyagacha quvvat koеffitsiyenti cosϕ1.





Hozirgi tez taraqqiy etib borayotgan davlatimizni asosiy muammolaridan biri

bu har bir tur energiyadan, ayniqsa elektr energiyasidan samarali foydalanish va

elektr qurilmalaridan samarali foydalanishni tashkil etishdir. Elektr energiya bu

o’ziga xos mahsulotdir. Elektr energiya iste‘molchilariga ta‘sir qiluvchi turli

omillaridan elektr energiya sifati kelib chiqadi. Keyingi yillar davomida elektr

energiyani sifatini oshirishga va iste‘molchilar elektr energiyasidan samarali

foydalanishini tashkil etishga katta ahamiyat berilmoqda. Elektr energiya sifatini

oshirishga iqtisodiy, matematik va texnik nuqtai nazardan qaralmokda.

Iqtisodiy nuqtai nazardan elektr ta‘minot tarmoqlarini elektr energiyadan

sifatsiz foydalanish oldini olish usullarini hisoblashni o’z ichiga oladi.

Matematik nuqtai nazardan elektr energiya sifatini u yoki bu usullarda

oshirishni hisoblash asoslarini ko’rsatib beriladi.

Texnik nuqtai nazar texnik vositalar va elektr energiya sifatini yaxshilash

tadbirlarini, hamda boshqaruv va nazoratni tashkil etish tarmog’ini o’z ichiga

oladi.


Elektr energiya sifatini oshirishda loyihalashtirish va is‘temolchi tashkilotlar

tajribasiga asoslanib, mavjud qo’shimcha qurilmalarni qo’llash yoki ta‘minlash

tarmog‗ini yaxshilash orqali amalga oshirish mumkin.

Zamonaviy elektr energiya korxonalarida ishlab chiqarishni oshirishga intilishi

va texnologik jarayonlarning murakkablashishi reaktiv energiyani katta miqdorda

iste‘mol qiluvchi tez o’zgaruvchi va nochizikli yuklamali reaktiv energiya

iste‘molchilar oshib ketishiga olib keldi. zimmasiga olgan. Bunga ventilli

o’zgartgich qo’llaniluvchi temir yo’l elektr ta‘minot tizimida, qora va rangli

metalurgiya korxonalarida, kimyoviy ishlab chiqarish korxonalari kiradi. Bu

iste‘molchilar ish asosini ular ta‘minlayotgan elektr tarmoqini elektr energiya ta‘sir sifatiga bog’lik.

Shuni ta‘kidlab o’tish keraki elektr iste‘molchilar mo‘tadil ish faoliyati elektr

energiya sifatiga asoslanadi. Reaktiv quvvatning asosiy iste‘molchilari quyidagilar:

1 Asinxron motorlar (AD)–ular umumiy reaktiv quvvatning 60% iste‘mol qiladi.

2 Kuch transformatorlari–reaktiv quvvatning tahminan 20% iste‘mol qiladi.

3 Boshqariluvchi to‗g‗rilagichlar, induksion pechlar va boshqalar tahminan 15–

20% iste‘mol qiladi.

Korxona va sexlar bo‗yicha sistemadan olinadigan reaktiv quvvat iste‘molini

kamaytirish uchun kuchlanishi 1000 gacha va 1000 dan yuqori kondensator

batareyalari (KB), yuqori kuchlanishli sinxron motorlar (SM),

kompensatorlar va reaktiv quvvatning statik manbalari ishlatiladi. Bundan tashqari texnologik mexanizmlarning va elektr qurilmalarining ishlash jarayoniga va tuzilishiga ta‘sir qilib, reaktiv quvvat iste‘molini kamaytirish mumkin. ETS ni loyihalash va ishlatishda reaktiv quvvat o‗rnini qoplash uchun 2 xil tadbirlar

ishlatiladi:

1 Maxsus reaktiv quvvat manbasi ishlatilgan holda uni qoplash;

2 Maxsus manba ishlatmasdan texnologik jarayonga, elektr qurilmasi

konstruk–siyasiga va parametrlariga ta‘sir qilib o‗rnini qoplash tadbirlari.

Foydalanilgan adabiyotlar va saytlar:

1.Wikipedia.uz

2.“O’zbekenergo” rasmiy sayti

3.Kun.uz Energetika vazirligi.



4.Uz.wiki
Download 0,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish