Fosfatli jinslar yoki fosforitlar. Bunday jinslar dengizlarning sayoz joylarida biohimik jarayonlar
natijasida paydo bo‘ladi. Ayniqsa, qumtosh, gil, karbonatlar ichida R2O5 ning miqdori 20 - 45% ga yetsa,
ular fosforitlar deb ataladi.
Organik (cho’kindi) tog jinslari. Dengiz va okeanlar tubida hayvon, o‘simlik hamda halok bo‘lgan
organizmlar qoldigining to‘planishidan organogen jinslar hosil bo‘ladi. organogen jinslar sergovak bo‘lib,
suvda eriydi, tashki kuch ta'sirida siqiladi. Bu guruhdagi jinslarga kremniyli jinslar - diatomit, trepel, opoqa
va kaustobiolitlar - tosh ko‘mir, qo‘ngir ko‘mir, antrotsit, ozokerit, yonuvchi slanetslar, torf, neft, asfalt va
boshqalar kiradi.
Diatomit - bo‘shroq tsementlangan diatom suv o‘tlaridan tarkib topgan, sergovak, oq, och ko‘lrang
sargish kremniyli jins. Har doim tarkibida gil loyqalari uchraydi. Kremniyning miqdori 80 -95 % ni tashkil
etadi.
Tryepyel tashqi ko‘rinishidan diatomitdan uncha farq qilmaydigan, oq, och kulrang yoki sarg‘ish tusli,
ko‘lda tez uqalanadigan, namni o‘ziga tez yo‘tuvchi kremniyli jins. Trepel yengil, tuproqsimon jins bo‘lib, gil
zarralari bilan aralashgan opal mineralidan tarkib topgan. Hajmiy og‘irligi 250 - 1000 kgG`m3 .
Opoka trepelga nisbatan zich va qattiq, och hamda to‘q bo‘zrangli, g‘ovakli jins. Tarkibi asosan, opal
minerali zarrachalaridaan iborat bo‘lib, ba'zan bunga juda ko‘p qum kremniyli organizm qoldiqlari aralashgan
bo‘ladi.
Ko‘mir tarkibidagi uglerod strukturasi va miqdoriga ko‘ra ko‘ngir ko‘mir, toshko‘mir va antratsitga
bo‘linadi.
Ko’ngir ko’mir tarkibida 69 % karbon bo‘lib, qolgan qismi vodorod, kislorod, azotdan iborat. U
tarkibida o‘simlik qoldiqlari saqlangan torfning tosh ko‘mirga o‘tish bosqichida to‘planadi. U qo‘ngir-qora,
qo‘ngir-jigarrang bo‘lib, yahshi maydalanadi.
Toshko’mir tarkibida karbon 80%, kislorod 13%, vodorod 5%, azotning miqdori juda ham kam.
Tuzilishi zich, qo‘ngir ko‘mirga nisbatan qattiq, sirti moylangandek, yaltiraydi, rangi qora, qoramtir kulrang.
Antratsit tarkibida 95 % karbon bo‘lib, qolgan qismi kislorod va vodoroddan iborat. Uning tarkibida azot
juda oz bo‘ladi. toshko‘mirga nisbatan juda ham qattiq bo‘lib, tuzilishi zich va qat-qat,juda yaltiroqdir. Rangi
qora bo‘lib, ko‘lga yo‘qmaydi.
Nyeft-mutloq himiyaviy tarkibga ega bo‘lmagan murakkab, o‘ziga hos hidli suyo‘qlik. Neft parafin,
naftalin va aromatik qatoriga qiruvchi suyo‘q uglevodorodlarning aralashmasidan iborat. Bundan tashqari neft
tarkibida ozroq oltingugurt, azot, neft kislotasi, suv noorganik moddalar aralshmasi ham bo‘ladi. u sargish,
yashil, qo‘ngir rangli bo‘lib, moyga uhshab yaltiraydi. Neft tabiatda tarqalgan hamma geologik davr
yotqiziqlari ichida uchraydi.
Asfalt (tog simolasi) - qo‘ngir-qora rangli bitumsimon jins. Himiyaviy tarkibi 80% karbon, 10%
kisloraddan iborat. Zichligi 1 - 1,23 . Rangi qora bo‘lib, smoladik yaltiraydi, bitumning hidini beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |