Navoiy davlat konchili instituti kimyo-metallurgiya fakulteti


) YaIM va aholi jami daromadlarining oʻsish sur’atlari nolga yaqin. Ya’ni, ishlab chiqarish va daromadlar 2019 yilgi darajada qolgan; 2)



Download 4,43 Mb.
bet2/3
Sana04.06.2022
Hajmi4,43 Mb.
#635538
1   2   3
Bog'liq
makro iqtisodiyot

1) YaIM va aholi jami daromadlarining oʻsish sur’atlari nolga yaqin. Ya’ni, ishlab chiqarish va daromadlar 2019 yilgi darajada qolgan;
2) iqtisodiy faollikning pasayishi boʻyicha umumjahon tamoyili Oʻzbekistonning tashqi savdo aylanmasiga, ayniqsa importga ta’sir koʻrsatgan;
3) inflyatsiyaning pasayganligiga хursand boʻlish kerak. Biroq iqtisodiy faollikning pasayishi aholi daromadlarining pasayishiga ta’sir qilmoqda, bu хaridorlik qobiliyatida oʻz aksini topmoqda, inflyatsiya kamaymoqda.
Pandemiya tufayli barcha koʻrsatkichlar pasayib ketmoqda, soliqlar tushumi ortmoqda. Bunday holat yuzaga kelishining sabablarini koʻrib chiqamiz.


Choraklar boʻyicha soliqlar tushumini tahlil qilib koʻramiz.
2020 yilning 9 oyi uchun choraklar boʻyicha soliqlarning Davlat byudjetiga tushishi.

2020 yil I chorakda Davlat byudjetiga soliqlar tushumi oʻtgan yildagi davrdagiga nisbatan 23,4%ga oʻsdi. Pandemiya boshlanishida iqtisodiy faollik va Davlat byudjeti daromadlari kamaydi. II chorak uchun tushumning oʻsishi jami 7,6%ni tashkil etdi.

III chorakda karantin cheklovlari yumshatilishi bilan Davlat byudjetiga tushumlar miqdori koʻpaydi. Bunda tushum oʻsishi I chorakdagi koʻrsatkichlardan oshdi – III chorakda 27,3%ni tashkil etdi. III chorakdagi tushumlarning ortishi II chorakdagi holatning ancha yaхshilanishiga olib keldi.
Umuman olganda, 2020 yilning 9 oyida (II chorakdagi holatni hisobga olgan holda) Davlat byudjetiga soliqlar tushumining tushish darajasi 19,3%ni tashkil etdi. Bu koʻpmi yoki kammi?
9 oy mobaynida oʻsish sur’atlari I chorakdagi darajada saqlanib turgan taqdirda (2019 yilda shunday boʻlgan edi), 9 oy ichida 97,7 trln soʻmga yaqin miqdorda tushum kelib tushardi. Shu tariqa, I, II va III uchinchi choraklardagi daromadning oʻsish darajasiga teng boʻlgan gipotezadan kelib chiqadigan boʻlsak, byudjet hisob-kitobidagi yoʻqotishlar deyarli 3,2 trln soʻmni tashkil etadi. Buning asosiy sababi pandemiya tufayli iqtisodiy faollikning keskin tushib ketishi hisoblanadi.
Yoʻqotishlar qatori tushumlar ortgan holatlar ham kuzatilgan. Buni soliq turlari boʻyicha tushumlardan koʻrsa boʻladi. Davlat byudjeti daromad qismining asosiy hajmini (78%ga yaqin) beshta asosiy soliqlar ta’minlaydi: QQS (23,6%), foyda soligʻi (20,6%), yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq (12,7%), JShDS (11,6%) va aksiz soligʻi (9,1%). Soliq tushumlaridan 48,2 trln soʻm (soliq organlari tomonidan ma’murlashtiriladigan daromadlar summasining umumiy qismidan 66,3%i) yirik soliq toʻlovchilar ulushiga toʻgʻri keladi. Bunda respublikada 300 mingdan ortiq yuridik shaхs roʻyхatga olinganligi, soliqlarning asosiy hajmini 2-3 mingtaga yaqin yirik korхonalardan kelib tushishi hisobga olingan.


Asosiy soliqlar boʻyicha tushumlarning ortishi yoki kamayishiga nimalar ta’sir koʻrsatganligini batafsil koʻrib chiqamiz.
Soliqlar tumumining oʻsishi yoki pasayishi omillari.






Mamlakatimizda olib borilayotgan soliq islohotlari ushbu tizimning samarali ishlashi uchun mavjud muammolarni echishni talab etmoqda. Shu bois soliq tizimining muhim yo’nalishlaridan hisoblangan, xo’jalik sub’ektlaridan olinadigan egri soliqlarni takomillashtirish mamlakat iqtisodiyoti uchun muhim ahamiyatga ega.


Egri soliqlar bo’yicha soliq yukiga soliq stavkalari, berilayotgan imtiyozlar, soliq to’lovchilar soni, soliq to’lovchilari bo’yicha beriladigan ta’tillar ham ta’sir etadi. Egri soliq bo’yicha soliq yukining pasayishi iqtisodiy taraqqiyotning rivojlanishi, inflyatsiyaning kamayganligini ifodalasa, soliq yukining oshishi esa soliq siyosatida korxonalar soliq yukining malum qismini iste’molchilar zimmasiga yuklashga qaratilgan soliq siyosati olib borilayotganligini xarakterlaydi. Bu siyosat bir tomondan, korxonalarning investitsion faoliyatiga ijobiy ta’sir qilsa, boshqa tomondan, iste’molchilarning real daromadlari kamayishiga, narxlar oshishi va korxonalar ishlab chiqargan tovarlar omborlarda qolib ketishiga olib keladi





IQTISODIYOTNI MODERNIZATSIYALASH SHAROITIDA DAVLAT BYUDJETI DAROMADLARINI SHAKLLANTIRISHNI SAMARALI TASHKIL ETISH YO’LLARI.


2014 yil davlat byudjeti daromadlari to’g’ri rejalashtirilmaganligi oqibatida ba’zi Evropa mamlakatlarida (Gretsiya, Gollandiya, Bolgariya, Ruminiya) tasdiqlangan byudjet parametrlari qayta ko’rib chiqilishiga va bir qator muammolarni yuzaga kelishiga sabab bo’lmoqda. Shuning uchun ham davlat byudjeti daromadlari to’g’ri rejalashtirish, ijrosini belgilangan tartibda va miqdorlarda ta’minlash muhim ahamiyat kasb etadi.
Soliqlarni rejalashtirish boshqaruv nazariyasi va amaliyotida muhim o’rinni egallaydi. Soliqlar rejasini ishlab chiqish quyidagilarni o’z ichiga oladi:

  • hudud mulkining daromadliligini baholash bunda hududning moliyaviy ta’minlanganligi koeffitsientlari va byudjet samaradorligidan foydalaniladi, ya’ni ixtisoslashgan hududlar tarmoqlarini texnik yangilash uchun ehtiyojlar, mehnatga haq to’lash holati, hudud resurs bazasi, hududning eksport-import operatsiyalaridagi ishtiroki, ishlab chiqarish va ijtimoiy infrastruktura sifati, avtotransport magistrallari bilan ta’minlanganlik va boshqalardan foydalaniladi.

  • hududning iqtisodiy o’sish darajalarini hisobga olgan holda soliqli daromadlar hajmini tahminlashtirish. Ushbu ma’lumotlar byudjetning barcha bo’g’inlarida kelgusi byudjet loyihasini tayyorlashda muhimdir hamda bunda byudjet subsidiyasi, subventsiyasi, dotatsiyasi va transfertlarni moliyalashtirishga haqiqiy ehtiyojni aks ettiradi. Hudud soliq potentsiali o’rganilayotganda aniq soliq imtiyozlarini ham e’tibordan qochirmaslik kerak. Bu esa soliq qonunchiligini erkinlashtirish muammolari echimini topishda muhim hisoblanadi.

  • hudud iqtisodiyotini aks ettiruvchi mulk va resurslar tarkibiga asoslangan holda hududning ijtimoiy-iqtisodiy iste’molini tahminlashtirish. Bunda hudud mulkidan ichki iste’mol uchun foydalanishdan olingan mablag’lar ulushini aniqlash maqsadga muvofiq.

  • byudjet defitsiti, inflyatsiya darajasi, baho indeksi, bozor indikatorlarini e’tiborga olish.

Bugungi kunda Davlat byudjeti daromadlar tushumi bank muassasalari tomonidan davlat soliq organlarining tranzit hisob raqamlarida to’planib, moliya vazirligining respublika yagona g’azna hisob raqamiga va mahalliy byudjetlar uchun ochilgan g’azna hisob raqamlarga tegishli me’yoriy-xuquqiy hujjatlar doirasida taqsimlanib, o’tkazib beriladi.
G’aznachilik tizimi sharoitida davlat byudjeti daromadlar ijrosining amaldagi mexanizmi:

Bu yerda:

  1. umumdavlat soliqlari;

  2. mahalliy soliq va yig’imlar;

  3. umumdavlat soliqlaridan qonunchilik hujjatlarida belgilangan me’yorlar asosida mahalliy byudjetlarga ajratmalar;

  4. umumdavlat soliqlaridan qonunchilik xujjatlarida belgilangan me’yorlar asosida respublika byudjetiga ajratmalar;

  5. yuqori byudjetlardan quyi byudjetlarga beriladigan subventsiya, dotatsiya, byudjet ssudasi va o’zaro hisob-kitoblar;

  6. xarajatlar to’lovi.

O’z navbatida, bu mexanizmning bir qator kamchiliklari mavjud. Jumladan:
 byudjet resurslarini boshqarishdagi tezkorlikning sustligi;
 byudjet daromadlari to’g’risidagi axborotlarning etarli darajada operativ (tezkor) va anik emasligi;
 mablag’larning korxona va tashkilotlar bo’yicha alohida hisoboti va tahlili yukligi;
 davlat byudjetiga daromad tushumlarini o’z vaqtida kelib tushmasligi natijasida yudjet ijrosi tizimida turli nomutanosiblik va kassa uzilishlari sodir bo’layotganligi.
 hududiy g’aznachilik organlarida byudjet mablag’larini g’aznachilik dasturida to’g’ri hisobga oluvchi kadrlarga ehtiyoj sezilayotganligi.

Davlat byudjeti daromadlari g’azna ijrosining mukammal 3-bosqich istiqboldagi mexanizmini rasmda ko’rishimiz mumkin.

Bu yerda:


1-umumdavlat va mahalliy soliqlar, yig’imlar;
2- xarajatlar to’lovi;
3- byudjetga ortiqcha to’langan soliqlar, yig’imlar va boshqa majburiy to’lovlarni qaytarish;

  • yagona g’azna hisobvarag’iga kelib tushgan soliqlar, yig’imlar va majburiy to’lovlarni Respublika byudjeti, Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjeti, shahar va tuman mahalliy byudjetlarining shartli hisobvaraklarida hisobga olinishi;

  • byudjetga ortiqcha to’langan soliqlar, yig’imlar va boshqa majburiy to’lovlarni qaytarilishi.

Davlat byudjeti daromadlari g’azna ijrosida davlat byudjeti daromadlari bo’yicha barcha tushumlar tijorat banklar tomonidan g’aznachilikning Yagona g’azna hisobvarag’i (YaG’H)ga kirim qilinadi va g’aznachilikda undagi mablag’lar kirimi va chiqimi respublika va mahalliy byudjetlar hisobi shartli hisobravaraqlarda yuritiladi.
Bu esa, o’z navbatida, G’aznachilikni, soliq, bojxona organlari, banklar byudjet mablag’lari taqsimlovchilar va oluvchilar, ya’ni byudjet va soliq jarayonlarining barcha sub’ektlarining axborot va huquqiy o’zaro hamkorligini tashkil qilish masalasini sifat jihatdan ancha yuqori darajada hal qilishni va avtomatlashtirilgan axborot tizimini ham xalqaro standartlarga mos ravishda takomillashtirishni taqozo etadi va yuqorida keltirilgan kamchiliklarni bartaraf etadi. Bundan tashqari Davlat byudjeti daromadlarini amaldagi taqsimoti tartibotlari ham byudjet ijrosini tez, aniq va to’la tukis ijrosini amalga oshirishda muammoli tomonlarga egadir.
Bu holat byudjetning daromad qismiga kiritiladigan o’zgartirishlar bilan bog’liq. Bunda turli byudjetlar o’rtasida o’zaro hisob-kitoblar yuzaga keladi. Bu esa, o’z navbatida, amaldagi soliq tushumlari prognoziga va byudjetlar daromadlari rejasiga o’zgartirishlar kiritishni talab qiladi va davlat soliq tushumlariga ma’sul (davlat soliq xizmati) hamda byudjetlar daromadlari tushumiga ma’sul (xokimlik moliya bo’limlari) shaxslar manfaatdorlik qiziqishlarini o’ziga xos to’qnashuvlarini keltirib chiqaradi. Bu yerda davlat soliq xizmati daromadlar prognozi rejasini bajarilishidan manfaatdor bo’lsa, xokimlik moliya bo’limlari mahalliy byudjetlarga tushishi lozim bo’lgan daromad tushumlaridan manfaatdor bo’ladi.
Bizningcha, bu yerda xokimliklar, soliq, moliya va g’aznachilik organlari tomonidan soliq va majburiy to’lovlarni yig’ish jarayonida kuchlarning birlashtirilishi yuzaga kelgan qiziqishlarni bartaraf etadi va salmoqli darajada davlat byudjeti daromadlari tushumi ijrosini kafolatlaydi. Buning uchun, albatta, byudjet daromadlari prognozlariga yil davomida o’zgartirishlar kiritish hamda umumdavlat va mahalliy byudjetlar daromadlarini shakllantirishni amaldagi mexanizmini takomillashtirish va ko’pgina rivojlangan mamlakatlar tajribasiga tayanib, daromadlarni o’rta va uzoq muddatli byudjetlar bo’yicha rejalashtirish hamda ularni shakllantirishni yangi mexanizmlarini ishlab chiqish lozim. Shuningdek, byudjet daromadlari ijrosining yagona dasturga asoslangan byudjetning g’azna ijrosi bilan qamrab olinishi, birinchidan, moliya organlari hamda soliq xizmati o’rtasidagi manfaatlar qarama-qarshiligini bartaraf etishga, byudjetlar o’rtasida daromadlarni taqsimlash jarayonida tijorat banklarining aralashuviga yo’l qo’ymaslikka xizmat qilsa, ikkinchidan, byudjet daromadlari tushumlarini o’z vaqtida ijrosini aniq va to’g’ri bajarilishiga imkon berib, ularni monitoring va nazorat qilishga zaruriyat qolmaydi, uchinchidan, daromadlarni yig’ish, hisob-kitobini olib borish va byudjetlar o’rtasida taqsimlash jarayonlarida ishtirok etuvchi ma’sul manfaatdor shaxslar tomonidan yo’l qo’yilishi mumkin bo’lgan xato va qonunbuzarliklar bilan bog’liq xavf-xatarlar, ularni topish va to’g’rilashga ketadigan qushimcha vaqt sarflarini ham oldi olinadi. To’rtinchidan, davlat byudjetining ijrosi to’g’risidagi hisob-kitob va hisobot larni sifatini yaxshilash bilan bir qatorda ularni tayyorlash jarayonini ham bir necha martaga qisqartiradi. Bizningcha, Davlat byudjeti g’azna ijrosida daromadlarni kassali rejalashtirish va ijrosini amalga oshirish ham byudjet muvozanatini barqarorlashtirishga xizmat qiladi. Davlat Byudjeti daromadlarini ijrosini kassali rejalashtirish bu daromad tushumlari prognozlari, ularga tuzatishlar kiritishning tezkor mexanizmi bo’lib, kassa rejasi G’aznachilikning Yagona g’azna hisobvaraqlaridan o’tuvchi moliyaviy oqimlarning kunlik prognozlarini ko’rsatadi va mablag’ jalb qilish rejalarini tuzishga asos bo’ladi. Daromadlar kassa rejasida byudjet daromadining har bir turi (soliqlar, soliqdan tashqari tushumlar va bq), aks ettirilib tuziladi va doimiy ravishda monitoring va tahlil natijasida prognoz va amaldagi natijalar o’rtasidagi farqqa qarab har haftada yangilanib borilishni taqozo qiladi. Prognoz qilishni har haftada yangilash jarayoni prognoz va amaldagi natijalar o’rtasidagi farqlar vaqtinchalik yoki doimiy o’zgarishlarni aks ettirish-ettirmasligini aniqlashga qaratiladi.
Daromadlar kassa rejasi kutilayotgan daromadlar va ularning kelgusidagi o’zgarishlari to’g’risida faraz qilish imkonini beradi.
Fiskal xarakterdagi yig’imlar va boshqa daromadlarni ajratishda aniq mezonlarning mavjud emasligi natijasida yuzaga keladigan salbiy oqibatlarni kamaytirish maqsadida quyidagi chora-tadbirlarni amalga oshirish zarur:
 byudjetga tushadigan to’lovlarni soliqli yoki huquqiy-fuqarolik to’lovlar sifatida qayd etib tasniflash;
 kompensatsiya to’lovlarni undirishning huquqiy-fuqarolik rejimidan to’liq voz kechish zarur, chunki byudjetga kelib tushadigan aynan bir xil turdagi to’lovlar ba’zida yig’imlar sifatida, ba’zida boshqa daromadlar sifatida tushishini to’g’ri holat deb bo’lmaydi deb hisoblaymiz. Boshqa daromadlarni shakllantirilishni takomillashtirish yuzasidan quyidagi yo’nalishlarni ko’rsatish mumkin:
 rejalashtirish va prognozlashtirishda yanada takomillashgan uslublarni qo’llash, iqtisodiy-matematik usullar va modellashtirish asosida hisob-kitoblarning bir nechta variantda bo’lishini ta’minlash hamda shu asosida optimal variantni tanlash; bir necha (ko’p) variantli byudjet loyihasini tuzishga o’tish;
 byudjetning boshqa daromadlarini rejalashtirish asosi hisoblangan makroiqtisodiy ko’rsatkichlarni yuqori darajada aniqligini ta’minlash;
 boshqa daromadlarni hisoblash uchun qonunchilikda kutilayotgan o’zgarishlar to’g’risida to’liq va ishonchli ma’lumotlarga ega bo’lish;
 byudjet daromadlari tarkibidagi jarima va sanktsiyalar summasini rejalashtirishdan voz kechish.
Davlat va mahalliy byudjet daromadlarining shakllanishida asosiy o’rinni soliqlar egallaydi. Bozor munosabatlariga asoslangan davlatlarda soliqlar byudjet daromadlarini shakllantirishda va iqtisodiyotni rivojlantirishda muhim vazifalarni amalga oshiradi. Iqtisodiyotni erkinlashtirish va islohotlarni chuqurlashtirish davlatning soliq siyosati bilan bevosita bog’liqdir.
Soliqlar kelib tushishining pasayish omillari quyidagilar hisoblanadi:

  • umuman olganda – pandemiya soliq toʻlovchilarning, ayniqcha kichik biznesdagi iqtisodiy faolligiga sezilarli darajada ta’sir koʻrsatdi;

  • QQS boʻyicha – soliq stavkasining keskin pasayishi va «salbiy» QQSni (shu jumladan asosiy vositalar boʻyicha) qoplashning joriy etilishi. QQS boʻyicha tushumning kamayishi Davlat byudjetining daromad qismiga sezilarli darajada ta’sir koʻrsatdi;

  • tadbirkorlarning faolligiga bogʻliq boʻlmagan soliqlar boʻyicha, shuningdek ijtimoiy soliq va aylanmadan olinadigan soliq boʻyicha imtiyozlar va preferensiyalarning, birinchi navbatda, – kichik biznesga hamda pandemiya davrida zarar koʻrgan tarmoqlarga (turizm, umumiy ovqatlanish va boshqalar) taqdim etilishi.


Download 4,43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish