Navoiy davlat instituti


II BOB. OLIY TA‘LIMDA BAHOLASH



Download 79,08 Kb.
bet10/14
Sana25.02.2022
Hajmi79,08 Kb.
#463671
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
II BOB. OLIY TA‘LIMDA BAHOLASH
2.1.BAHOLASH TURLARI VA SHAKLLARI
5. Har bir ishchi fan dasturi mashg‘ulot va baholash turlari, ularning shakllari va mezonlari ko‘rsatilgan holda kafedra mudiri tavsiyasi bilan oliy ta’lim muassasasi (fakultet)ning o‘quv-uslubiy kengashida muhokama etiladi va oliy ta’lim muassasasi o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori (o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari) tomonidan tasdiqlanadi.
6. Fan bo‘yicha baholash turlari, shakllari, tartibi, soni hamda mezonlari haqidagi ma’lumotlar talabalarga professor-o‘qituvchilar tomonidan dastlabki mashg‘ulotlarda e’lon qilinadi.
7. Talabalarning fan bo‘yicha o‘zlashtirishi oraliq va yakuniy baholash turlari orqali aniqlanadi.
Fan xususiyatidan kelib chiqib, oliy ta’lim muassasasi (fakultet)ning o‘quv-uslubiy kengashi qarori bilan ushbu fandan oraliq baholash o‘tkazilmasligi mumkin.
8. Oraliq baholash (OB) – semestr davomida ishchi fan dasturining tegishli (fanning bir necha mavzularini o‘z ichiga olgan) bo‘limi tugagandan keyin talabaning bilim va amaliy ko‘nikma darajasini aniqlash turi hisoblanadi.
OB talaba tomonidan ishchi fan dasturining tegishli bo‘limlari mazmunini o‘zlashtirish darajasi, talabaning adabiyotlar bilan ishlash amaliy ko‘nikmalari, muammoli vaziyatlarni hal etish (keys-stadi), tahlil, mantiqiy fikrlash, o‘z fikrlarini izchil va aniq bayon qilish qobiliyatini aniqlashga qaratiladi. Har bir fan bo‘yicha OB soni (bir semestrda 2 tadan oshmasligi lozim) va shakli (yozma ish, og‘zaki, test, kollokvium, hisob-grafika ishi, ijodiy topshiriq va hokazo) fan xususiyati va unga ajratilgan umumiy soatlar hajmidan kelib chiqqan holda kafedra tomonidan belgilanadi.
OB ishchi fan dasturiga asosan dekanat tomonidan belgilangan jadval asosida o‘kaziladi. Talaba OBni belgilangan muddatlarda topshirishi shart. Hajmi (umumiy auditoriya soati) semestr davomida haftasiga to‘liq 2 akademik soatdan (tibbiyot oliy ta’lim muassasalarida 4 akademik soatdan) kam bo‘lgan fanlardan OB o‘tkazilmaydi.
Amaliy (seminar), laboratoriya mashg‘ulotlari va mustaqil ta’lim topshiriqlarining natijalari OBda inobatga olinadi.
OB asosan o‘quv mashg‘ulotlari davomida amalga oshiriladi.
Talabaning OBdan olgan ijobiy baholari asosida unga yakuniy baholashni topshirishga ruxsat beriladi.
9. Yakuniy baholash (YAB) – semestr yakunida (tibbiyot oliy ta’lim muassasalarida fan yakunida) muayyan fan bo‘yicha nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalarning talaba tomonidan o‘zlashtirish darajasini aniqlash turi hisoblanadi. YAB talaba tomonidan ishchi fan dasturining semestrga (tibbiyot oliy ta’lim muassasalarida fan yakuniga) mo‘ljallangan bo‘limlari mazmunini o‘zlashtirish darajasi, uning mantiqiy fikrlashi, amaliy ko‘nikmalari, muammoli vaziyatlarni hal etish (keys-stadi), tizimli va tanqidiy tahlil qila olishi, o‘z fikrlarini izchil va aniq bayon qilish qobiliyatini aniqlashgaqaratiladi. YAB tayanch tushuncha va iboralarga asoslangan yozma ish, og‘zaki so‘rov, test, ijodiy ish va kafedra tomonidan belgilangan boshqa shakllarda o‘tkaziladi. YABni o‘tkazish jadvali o‘quv jarayoni grafigiga muvofiq fakultet dekani yoki o‘quv-uslubiy bo‘lim(boshqarma) tomonidan tayyorlangan oliy ta’lim muassasasi o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori tomonidan tasdiqlanagan YAB jadvali asosida o‘tkaziladi. Talaba YABni belgilangan muddatlarda topshirishi shart.
10. Talabalar o‘zlashtirishini baholash yozma ish shaklida o‘tkazilganda:

  • yozma ishning mazmuni mantiqiy bayon etilganligi;

  • savol va topshiriqlarning yechimiga yangicha uslubda yondashilganligi;

  • yozma ishni xato va nuqsonsiz bajarilganligi e’tiborga olinadi.

Yozma ishlarni tekshirish jarayoni dekanat (o‘quv-uslubiy bo‘lim (boshqarma)) tuzgan ishchi guruh tomonidan identifikatsiya raqamlari berish orqali amalga oshiriladi. Oliy ta’lim muassasasining Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi tomonidan nazorat qilinadi.
Yozma ish talaba tomonidan mustaqil ravishda yoziladi. Mualliflikni o‘zlashtirish (plagiat)ga yo‘l qo‘yilmaydi.Yozma ishni tekshirishda plagiat holatlari aniqlanishi, shuningdek ikki yoki undan ortiq yozma ishning mustaqil yozilganligiga shubha uyg‘otadigan darajada o‘xshash bo‘lishi ushbu barcha yozma ishlarga 2 (qoniqarsiz) baho qo‘yish yoki ularga qo‘yilgan ijobiy bahoni bekor qilishga asos bo‘ladi. Baholashlar bo‘yicha o‘tkazilgan yozma ishlar fakultetda (yoki kafedrada) 6 oy saqlanadi va ushbu muddat o‘tganidan so‘ng o‘rnatilgan tartibda yo‘q qilinadi.
11. Tibbiyot oliy ta’lim muassasalari uchun OB va YAB klinik fanlar bo‘yicha – OSCE (obyektiv tizimlashtirilgan klinik sinov) yoki nazariy fanlar bo‘yicha – OSE (obyektiv tizimlashtirilgan imtihon), yozma, og‘zaki, test yoki ularning kombinatsiyalangan shakllarida o‘tkaziladi.
12. OB jarayonlari fakultet dekani va kafedra mudiri tomonidan tuzilgan komissiya hamda ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi ishtirokida davriy ravishda o‘rganib boriladi va uni o‘tkazish tartiblari buzilgan hollarda, komissiya xulosasi asosida OB natijalari bekor qilinadi hamda OB qayta o‘tkaziladi.
13. Oliy ta’lim muassasasi rahbarining buyrug‘i bilan ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi yoki o‘quv-uslubiy boshqarma (bo‘lim, bo‘linma) boshlig‘i rahbarligida tuzilgan komissiya ishtirokida YAB ni o‘tkazish jarayoni davriy ravishda o‘rganib boriladi va uni o‘tkazish tartiblari buzilgan hollarda, komissiya xulosasi asosida YAB natijalar bekor qilinadi hamda YAB qayta o‘tkaziladi.

Download 79,08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish