Irodani tarbiyalash
Inson xulq - atvorining irodaviy boshqarilishi bir necha yo`nalishda amalga oshiriladi:
1. Ixtiyorsiz xatti - harakatlarni ixtiyoriy harakatlarga qayta o`zgartirish.
2. O`z xatti - harakatlari ustidan nazorat o`rnata olish.
3. Shaxsning irodaviy sifatlarini tarbiyalash.
Bu jarayonlar bola tomonidan nutqning o`zlashtirilish va xulq - atvorini boshqara olish bilan boshlanadi. Irodaning rivojlanishida shaxs tomonidan o`z oldiga tobora murakkablashib boruvchi maqsadlarni qo`yib borish muhim ahamiyatga ega. Masalan, o`smir o`z oldiga o`zida layoqat bo`lmagan qobiliyatni rivojlantirishni maqsad qilib qo`yishi mumkin.
Bolalarda irodaning rivojlanishi motivatsion va axloqiy sohaning rivojlanishi bilan bog`liq holda boradi. Faoliyatga yuqori darajadagi motivlar va qadriyatlarning qo`shilishi -irodaviy sifatlarning rivojlanishiga juda katta ta`sir ko`rsatadi. Iroda asosan o`smirlik va o`spirinlik davrida jadal sur`atlar bilan rivojlana boshlaydi. Irodani tarbiyalash va qayta tarbiyalashda badiiy adabiyot va kinofil’mlarning o`rni katta. Biroq ota - ona va pedagoglarning o`rnini hech narsa to`ldira olmaydi. Inson irodasini tarbiyalashning eng muhim sharoitlari - kun tartibiga rioya qilish, butun hayotiy talablarga to`g`ri amal qilishdir. Irodali kishi o`z vaqtining xo`jayinidir. O`z faoliyatini oqilona tashkil etadigan kishi o`z ishini shoshilmay bajarishi, faoliyati esa uyushqoqlik va maqsadga yo`naltirilganligi bilan ajralib turishi mumkin. Shaxsning irodaviy sifatlari har doim boshqalar bilan faol munosabat jarayonida shakllanadi.
Mavzu yuzasidan test savollari:
Maqsadga erishish yo`lida turgan qarama – qarshiliklarni bartaraf qilish uchun zo`r berish bilan bog`liq bo`lgan va ma`lum maqsadga yo`naltirilgan ongli harakatlar nima deb ataladi?
irodaviy harakatlar; v) inson xulqi;
iroda; g) impulsiv harakat.
Irodaviy harakat bosqichlari nechta bosqichdan iborat?
3 ta; b) 4 ta; v) 5 ta; g) 6 ta.
Muammoni hal etishning biror usulini tanlash nima deyiladi?
motivlar kurashi; v) qaror qabul qilish;
maqsad; g) irodaviy harakat.
Inson xulq - atvorining irodaviy boshqarilishi qanday yo`nalishlarda amalga oshiriladi?
a) ixtiyorsiz xatti - harakatlarni ixtiyoriy harakatlarga qayta o`zgartirish;
b) o`z xatti - harakatlari ustidan nazorat o`rnata olish;
v) shaxsning irodaviy sifatlarini tarbiyalash;
g) hamma javoblar to’g’ri
Kishining oldiga qo`ygan maqsadlarining amalga oshirishga qarshilik qiladigan ichki holatini yengishda ko`rinadigan iroda nima deb ataladi?
o’zini tuta bilish; v) maqsad va unga erishishga intilish;
motivlar kurashi; g) irodaviy zo’r berish.
Irodaviy aktning eng muhim bug`ini qaysi?
a) maqsadni anglash; b) qaror qabul qilish; v) motivlar kurashi;
g) irodaviy zo`r berish.
7. Iroda sustligining eng ko`p uchraydigan tipi qaysi?
a) abuliya; b) apraktsiya; v) yalqovlik; g) qat`iyatsizlik.
8. Odam oqilona asoslarga ega bo`lishga qaramay harakat qilish illatidan, ilgari oz o`ylab qabul qilingan qarordan voz kechish qobiliyatiga ega bo`lishi nima deb ataladi?
a) iroda; b) qaysarlik; v) qat’iyat; g) dadillik.
9. . . . – qaror qabul qilish bog`liq bo`lgan irodaviy harakat bosqichi.
a) motivlar kurashi; b) iroda kuchi; v) irodaviy zo’r berish;
g) o’zini tuta bilish.
10. Irodani mustaqil tarbiyalashning qanday usullari samarali?
a) arzimas qiyinchiliklarni engishni odat qilish;
b) ma`lum maqsadga erishish uchun intilish;
v) qabul qilingan qarorlarni bajarish;
g) hamma javoblar to`g`ri;
Foydalanilgan adabiyotlar
SH.X.Abdullayeva “Kasbiy psixologiya”. Toshkent – «Инновацион ривожланиш нашриёт-матбаа уйи» – 2020.
Жалилова С.Х., Ҳайдаров Ф.И., Ҳалилова Н.И. Касб психологияси. – Т.: 2010.
Davletshin M.G., Do‘stmuhamedova Sh., Mavlonov M., To‘ychiyeva S., Djumabayeva M.,Yosh va pedagogik psixologiya. – T.: 2007.
Haydarov F., Halilova N., Umumiy psixologiya. –T.: 2010
G’oziev E.G. Umumiy psixologiya. Toshkent 2010
Elektron resurslar
https//fayllar.org>5-mavzu-shaxsning
http//uz.denemetr.com
http//arxiv.uz
www.ziyonet.uz
Do'stlaringiz bilan baham: |